Buxoro davlat universitetining pedagogika



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/87
tarix28.11.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#168260
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87
Bahronova ShaxloTexnik ijodkorlik va konstruksiyalash MAJMUA

 
MA’RUZA № 4 
Mavzu:
Oshxona uchun kiyimlarning xususiyatlari. Oshxonada kiyiladigan 
fartuk, ro‘mol ushlagichlarni asos chizmalarini qurish.
Reja: 
1. Oshxona uchun kiyimlarning xususiyatlari. 


2. Choynak uchun qozon, isitish yostig'i va stendning chizmasini qurish. 
3. Fartukning chizmasini qurish uchun o'lchovlarni olish. 
4. Fartuk va ro'mol chizmasini qurish. 
Tayanch so‘zlar: 
fartuk, asos chizmalar, bog’ish, o’lchovlar, kiyim uzunligi, 
bel yarim aylanasi, stendlar, gavdadan o’lchov olish.
 
 
 Ishni bajarish tartibi 
.
1.
Uy-ro‘zg‘or buyumlarining turlari. 
 2.
Uy-ro‘zg‘or buyumlardan fartuk tayyorlash texnologiyasi.
 
3.
Uy-ro‘zg‘or buyumlaridan fartuk tayyorlash texnologiyasi ketma-ketligini tuzi 
shva uni tikish. 
Ishga tayyorlanish uchun savollar: 


1.
Fartuk tikish uchun kanday matolar tanlanadi? 
2.Oshxona va uy-ro‘zg‘or buyumlaridan biri fartukni tikishda kanday bezaklardan
foydalaniladi?
Kerakli asbob-uskuna va jixozlar:
1. Moda jurnallari, 6.Qaychi 
2. Format A4 7.Naqshlar to‘plami 
3. Qalam-oddiy qora 8.Santimetr lenta 
4. O‘chirg‘ich 9. Bezak beruvchi yaltiroq 
5. Akvarel bo‘yoq 10. Mato 
Adabiyotlar: 
1.M.SH.Jabborova «Tikuvchilik texnologiyasi», T., «O‘zbekiston», 1994. 
2.M.SH.Jabborova «Tikuvchilik texnologiyasi», T., «O‘qituvchi», 1989. 
3.G.K.Kulidjanova, S.S.Musaev «engil sanoat mahsulotlari texnologiyasi», 
T.,«G‘afur G‘ulom», 2002. 
Ayollar vaqtining ko‘p qismini oshxonada o‘tkazishi hech kimga sir emas. 
Oshxona ayollarimiz uchun qulay bo‘lishi bilan bir qatorda foydali, ishni 
osonlashtiruvchi buyumlar bilan jihozlangani nafaqat ayollarimizga balki barcha 
oila a’zolarimizga qulaylik tugdiradi. Ovqatning qozondan toshib ketishi, yog‘ni 
skovorodkadan sachrashi, qozonning issiq qopqog‘ini qo‘yishda tezda joy izlash, 
makaronlarni qaynagan suvini to‘kayotganimizda tushib ketishi kabi xolatlar tez – 
tez uchrab turadi. Bu holarda bizga ushbu ajoyib buyumlar yordamga keladi. 
Siz oshxona fartuklarini tikishni rejalashtirayotgan bo‘sangiz, u holda 
dizaynerlik fartuklar ya’ni o‘zgacha ko‘rinish va bezaklarda bo‘lgan fartuklarni 
tanlashingiz mumkin. Bunday oshxona fartuklari mijozlar e’tiborini jalb qilib
qiziqishini oshiradi, natijada mahsulotingiz raqobatbardosh va talabning ortishiga 
sabab bo‘ladi. 
Oshxona fartuklarining aksariyat hollarda bir xil o‘lchamda bo‘lishi ishlab chiqish 
jarayonini bir oz bo‘lsa ham engillashtiradi. Ularni bel va bo‘yin qismidagi bog‘lari 
orqali katta yoki kichik qilish mumkin. 


Dizaynerlik oshxona fartuklarini ishlab chiqarish uchun oldik fartuklarni 
kichik hajda ishlab chiqishdan boshlaganingiz ma’qul. Bu orqali siz bozordagi 
talabni bilib olishingiz, fartuk assortimenti va modeli bo‘yicha bir qarorga 
kelishingiz mumkin. Bu orada bir oz sarmoya ham ishlab olasiz. Oshxona fartugini 
tikish uchun eng ko‘p xarajat fartuk matosiga va furnitura (tugma, lenta, krujeva 
va.b) sotib olishga ketadi. 
Oshxona fartuklarini oddiy tikuv mashinalarida ham tikish mumkin. 
Matolarni ulgurji savdo do‘konlaridan sotib olgan ma’qul, bu xarajatni bir oz tejaydi. 
Dizaynerlik oshxona fartuklari bozordagi bir xillik fartuklardan farq qilishi uchun 
tikiladigan matoga e’tibor qaratish lozim. Matoni tanlashda namlik va kirlarni 
o‘tkazmasligi uchun qalinroq bo‘lishi, paxta, lyon matolari gulli, chiroyli rangli 
bo‘lishi yanada fartukka bo‘lgan talabni oshirishga yordamlashadi. 
Dizaynerlik oshxona fartuklarini tikishda dizaynerning ishlari e’tiborga 
sazovordir. Albatta oshxona fartugining konstruksiyasi va texnologiyasi jihatdan 
juda sodda bo‘lib, biznesingizni rivojlanishi fartuk uchun tanlangan mato va 
bezaklarga bog‘liq. Demak oshxona fartuklari matosining gullari, rangi, bezaklari 
nafaqat kiyimlarni himoyalashi, balki estetik zavq bag‘ishlashi muhimdir. Oshxona 
fartuklarini tikish uchun malakali tikuvchi bo‘lish shart emas. Oshxona fartuklari 
30-40 yillardan beri o‘z bichimlarini saqlab qolgan, uning eski andazalaridan ham 
foydalansa bo‘ladi. 
Siz tikayotgan oshxona fartuklarining qay birga talabni ko‘p bo‘lishi internet 
tarmog‘idagi ijtimoiy tarmoqlardan ham bilish mumkin. Buning uchun oshxona 
fartuklarini bir necha xil ranglarda va matolarda tiking va chiroyli fonlarda, sifatli 
qilib suratga oling, bunda mahsulot to‘liq ko‘rishini hisobga oling. Rasmlarni 
ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib talabni o‘rganing.Mana shu talab asosida 
mahsulotlaringizni ishlab chiqarishingiz mumkin. 
Oshxona fartuklarini ishlab chiqarish uchun tikuv mashinasi, overlok 
mashinasi, bichish stoli va pichog‘i, dazmollash uskunalari darkor. Agar siz 
fartuklarni vishuvkali gullar bilan bezamoqchi bo‘lsangiz, unda ishlatiladigan 
vishivka mashinka sotib olishingiz kerak bo‘ladi. Bu xarajatlarni oshiradi. Uning 


o‘rniga turli xildagi tugmalar, broshkalar, lentalar, krujivalar bilan ham bezash 
ishlarini bajarish mumkin. 
Agar siz tikayotgan oshxona fartuklarining matolari va furniturasiga ancha pul 
sarflagan bo‘lsangiz, u holda ularning o‘ramlarini oddiy qilib emas, chiroyli, gulli 
oramlardan foydalansangiz mahsulotni sifatli ekanligidan dalolat beradi. Oshxona 
fartuklarini restoranlardan ham buyurtma asosida tikish mumkin. O‘zgacha 
uslubdagi va chiroyli ranglarda bo‘lgan fartuklar esda qolarli va restoran mijozlariga 
estetik zavq bag‘ishlaydi. 



Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin