Buxoro davlat universitetining pedagogika


Andazalar gradatsiyasining tipaviy sxemalari



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/87
tarix28.11.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#168260
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   87
Bahronova ShaxloTexnik ijodkorlik va konstruksiyalash MAJMUA

Andazalar gradatsiyasining tipaviy sxemalari:
Ma'lumki, konstruksiyalash 
metodikalarning hisoblash formulalarida tipaviy figuralar o'lchamlariga xos 
o'zgaruvchanlik ishlatilgan. Andazalar gradatsiyasida ham, shu o'zgaruvchanlikka 
mos o'lchamlararo orttirmalardan foydalaniladi. Hisobli ravishda va gradatsiya 
orqali tuzilgan eng katta hamda eng kichik razmerlar chizmalari bir-biridan 
farqlanishi 0,2 sm dan oshmasligi kerak. 
Gradatsiyaning tipaviy sxemalari asosiy konstruktiv nuqtalaming orttirmalari 
bir hil prinsip asosida hisoblangan holda tipaviy bichimlaiga moslab tuziladi. 
Gradatsiyaga oid nuqtalar qatoriga konstruktiv chiziqlar kesishgan nuqtalari 
va andazalar ko'paytirilganda dastlabki o'qlariga nisbatan o'z joyini o'zgartiradigan 
detal nuqtalari kiradi. Shu bois gradatsiya nuqtalari bazaviy asosning konstruktiv 
nuqtalari bilan bir xil belgilanadi. 
Konstruktiv 
nuqtalar 
orttirmalarining 
qiymati 
nafaqat 
o'lchamlar 
o'zgaruvchanligiga, balki ularning dastlabki gradatsiya o'qlariga nisbatan 
joylanishiga ham bog'liq. 
 
2-rasm.
Ayollar kiyimiga doir asosiy detallar razmerlar bo'yicha
 


(X -strelkali belgilangan) bo'ylar bo'yicha (Y- aylanali strelka bilan 
belgilangan) 
gradatsiyasining sxemasi 
Gradatsiya dastlabki o‘qlari — bu shartli ravishda qabul qilingan chiziqlar. 
Ularga nisbatan bazaviy razmerli andazaning kontur chiziqlari har qanday o'lcham 
va bo'yga o'zgartiriladi. 
Tipaviy konstruksiya detallarida dastlabki o‘qlar sifatida bazis to'rining 
konstruktiv chiziqlari qabul qilingan. 
IIHMMLLin uslubi bo'yicha ust kiyimlarning asosiy detallari uchun quyidagi 
gradatsiya o'qlari qabul qilingan: 
-
orqa bo'lakda vertikal o‘q o‘rta chiziq bilan ustma-ust tushadi yoki unga urinib 
o‘tadi, gorizontal o‘q esa ko‘krak yoki bel chizig‘i bilan ustma-ust tushadi; 
-
old bo'lakda vertikal o'q o'miz chizig'iga urinib o'tadi, gorizontal o'q ko'krak chizig'i 
(o'miz chuqurligi) yoki bel chizig'i bilan ustma- ust tushadi; 
-
yengda vertikal o'q old o'tar chiziqning uchlarini birlashtirib o'tadi, gorizontal o'q-
old bo'lak o'miz chuqurligiga mos holda yeng ko'tarmasi balandligining chizig'i 
bilan ustma-ust tushadi; 
-
Yoqada faqat uzunligi o'zgaradi, shu bois o'q sifatida yelka chokiga mos kertikdan 
o'tadigan vertikal chiziq hisoblanadi. 
Gradatsiya sxemasidan foydalanib istalgan razmerdagi detal chizmasini 
qurish mumkin. 
Masalan, dastlabki 96-razmerli konstruksiyadan 108 razmerga o'tish kerak; 
dcmak, razmerlararo interval — 4 sm ni, ya'ni 3 marta razmerdan razmerga o'tish 
kerak. Ayni holda har bir nuqtaga xos vertikal va gorizontal orttirmalar qiymati 
gradatsiya chizmasida uch marta oshirilgan holda ishlatiladi 2-rasm). Dastlabki 
gradatsiya chiziqlarida joylashgan nuqtalar faqat bir yo'nalishda gradatsiya chizig'i 
bo'yicha gorizontal yoki vertikal yo'nalishda suriladi. Qolgan barcha konstruktiv 
nuqtalar tomonlari gorizontal va vertikal orttirmalarga teng bo'lgan to'g'ri 
burchakning diagonali bo'yicha suriladi. Konstruktiv nuqtalarni siljitish yo'na- 


lishlari 2-jadvalda keltirilgan. 
O'lchamlar gradatsiyasida dastlabki gorizontal orttirma sifatida 2 sm ga teng 
bo'lgan razmerlararo farq olinadi. Razmerlararo farq old, orqa va o'miz uchastkalari 
o'rtasida shu uchastkalar kengligiga proporsional ravishda hamda old va orqa 
kengligi o'lchamlarining o'zgaruvchanligiga bog'liq holda taqsimlanadi. 
Konstruktiv nuqtalarni siljitish yo'nalishlarining sistemasi.3 -jadval 
Old va orqa bo'laklarning Yoqa o'mizlarida, yelka hamda yon chiziqlarida 
joylashgan konstruktiv nuqtalaming gorizontal orttirmalari ularga mos 
o'lchamlarning o'zgaruvchanligi va nuqtalaming dastlabki o'qlardan masofasiga 
bog'lab hisoblanadi. 
Vertikal orttirmalar qiymati ham figura o'lchamlarining o'zgaruvchanligiga va 
nuqtalarni o'qlarga nisbatan joylanishiga qarab aniqlanadi. 
Konstruktiv nuqtalaming aksariyati katta razmerlar uchun dastlabki o'qqa 
nisbatan joylanishiga qaramasdan, vertikal orttirmalari tepaga yo'nalgan, kichik 
razmerlar uchun esa pastga. 
Gorizontal orttirmalar yo'nalishi razmerga va nuqtalaming o'qlarga nisbatan 
joylanishiga bog'liq 
3 -rasm. Gradatsiya sxemasi.
 


1-jadval 
UHMHUin metodikasiga ko'ra erkaklar pidjakining asosiy detallari andazalarini 
razmerlar bo'yicha gradatsiyasida qirqma yon bo'lak mavjudligida orqa o'rta chiziq 
va old bo'lakning yon chizig'i barcha razmerlarda gorizontal orttirmalarsiz chiziladi. 
Shunga o'xshash yeng andazalari gradatsiyasida old chiziqlar o'zgartirilmaydi, yeng 
faqat tirsak chizig'ining nuqtalari siljishi natijasida kengaytiriladi. 
Yengni o'matish vaqtida kirishtirish haqini saqlab qolish maqsadida yeng 
kengligining umumiy gorizontal orttirmasi o'mizning umumiy orttirmasidan 0,1—
0,15 sm ga kattaroq olinadi. 
Bo'ylar gradatsiyasida dastlabki orttirma sifatida tayyor buyumlar bo'ylararo 
orttirmalar olinadi. Mavjud uslublarda tayyor buyumlarda bo'ylararo orttirmalar 
quyidagicha qabul qilingan: ko'ylak va palto uchun 3-4 sm; shimlarga — 4 sm; 
yubkalarga — 2-3 sm; pidjakka — 2 sm, uzun yeng uchun — 2 sm. 
Amaliyotda old va orqa bo'laklar gradatsiyasini osonlashtirish maqsadida 
detallar bo'ylama razmerlarining ko'krak chizig'idan pasti o'zgartiriladi, ya'ni bel va 
etak nuqtalari siljitiladi. Lekin bunday yondashuv bo'ylar kattalashganda ko'ndalang 
o'lchamlar o'zgarishini hisobga olmaydi. 
Ba'zi uslublarda bo'ylar o'zgaruvchanligiga qarab orqa, ko'krak kengligi 
hamda yeng o'mizlari kengligi o'zgarishi ta'kidlangan. Konstruksiyalash uslublarda 
tikuv buyumlarining asosiy detallariga har bir konstruktiv nuqta uchun razmerlararo 
va bo'ylararo orttirmalar qiymati buyumlarning yelkali hamda belli guruhlariga 
moslab ikkita jamlama jadvalda tuzilgan. Jadvalda har bir nuqta uchun yonma-yon 
razmer va bo'y uchun gorizontal hamda vertikal orttirmalar keltirilgan. 
Ko'p omillar ta'siri ostida ommaviy tarzda tayyorlangan kiyimning shakli va 
Belgi 
Ishorasi 
Gorizontal bo Slab 
Vertikal bo'ylab 
Razmer yoki 
bo'y 
kattalash- 
tirilganda 
Razmer 
yoki 
bo'y 
kichray- 
tirilganda 
Razmer 
yoki 
bo'y 
kattalash- 
tirilganda 
Razmer 
yoki 
bo'y 
kichray- 
tirilganda 

O'ngga 
Chapga 
Tepaga 
Pastga 

Chapga 
O'ngga 
Pastga 
Tepaga 


o'lchamlarida har xil og'ishlar yuz berishi mumkin. Lekin ushbu og'ishlar tayyor 
kiyim sifatini modelning namuna-etalonidagi darajadan pasaytirishi mumkin emas. 
Ma'lumki, tayyor buyumning sifati loyiha sifatiga bog'liq. Shuning uchun 
modelning namuna-etaloni har jihatdan yuqori sifatga ega bo'lishi kerak. Yoqa, bort, 
qaytarmasining chiziqlari, etak chizig'i, bo'rtma choklar chiziqlari benuqson 
bajarilgan va ifodali bo'lishi kerak. Kiyim ko'rinishi ajinsiz, tekis, yaxshi 
dazmollangan bo'lib, hajmiy joylari loyihalangan shaklga ega bo'lishi kerak.Chiziqli 
og'ishlar miqdoriy xarakterlanadi, lekin yuzasidagi nuqsonlar ko'rilgach, ayon 
bo'ladi. 
Kiyim nuqsonlari tasnifi: Kiyim loyihalashda qo'llanadigan konstruktorlik 
hisoblashlar odam tanasining tuzilishi, kiyim paketini tashkil etuvchi 
gazlamalarning xususiyatlari va boshqa omillar to'g'risida chegaralangan 
ma'lumotlarda asoslangan. Odam tanasining oqilona yoyilmasini tuzish shu qadar 
murakkabki, to'liq ma'lumotlarni yig'ilishiga sarflangan xarajatlar modellarni oson 
usullar orqali loyihalab, keyin ularni namunalarda aniqlashga nisbatan ancha-
muncha oshadi. Shu bois hozirgi paytda yangi model namunasini benuqson 
tayyorlash konstruksiyalashning zarur qismi hisoblanadi. 
Konstruksiyaga o'zgarishlar kiritish nuqsonlarni paydo bo'lish sabablarini 
bilishni va ularni bartaraf etuvchi samarali choralarni birma- bir tanlashni talab 
qiladi. Shu bois, konstruktor har xil nuqsonlarning tashqi belgilarini, ularni tahlil 
qilish yo'llarini, nuqsonlar sabablarini va tayyor kiyimda ularni bartaraf etadigan 
usullarini topa bilishi kerak. Tikuv buyumi benuqson bo'lishi uchun texnologik 
jarayonning barcha bosqichida nazorat kuchaytiriladi. 
Nuqsonlarning sababi ko'p. Ular taranglik, g'ijim, keraksiz taxlamalar, 
qiyshayishlar sifatida namoyon bo'lib, qomatda kiyim o'rnashuvini va muvozanatini 
buzadi. Kiyim nuqsonlarini osonroq aniqlash va bartaraf etish maqsadida ularning 
tasnifi tuzilgan. 
Kiyimda uchraydigan nuqsonlar konstruktiv, texnologik va modellash 
nuqsonlari guruhlariga bo'linadi. 
Konstruktiv nuqsonlar kiyimning o'lehami va shakli qomat shakliga mos 


emasligidan paydo bo'ladi. Ular kiyim muvozanatini buzib gorizontal, vertikal, qiya 
taxlama, g'ijimlar, burchak taxlamalari va dinaniik nomoslik nuqsonlari sifatida 
namoyon bo'ladi. 
Texnologik nuqsonlar detallar noto'g'ri bichilishi, biriktiriladigan detallar 
tutashmalarining noto'g'riligi, biriktiruvchi kertiklar bir-biriga nisbatan surilishi 
natijasida konstruktiv chiziqlar shakli buzilganda namoyon bo'ladi. Detallar qirqimi 
biriktirishda kam kirishtirilsa yoki 
Hetarli cho'zilmasa, choklar qiyshaysa, paketni tuzuvchi astar va qotirma detallar 
bir-biriga shakli va tanda ipining yo'nalishida mos kelmasa, tikish texnologiyasining 
nuqsonlari paydo bo'ladi. 
Shakl hosil qilish uslubining buzilishi namlab-isitib ishlov berishda namoyon 
bo'ladi. 
Modellash nuqsonlari bazaviy konstruksiya xususiyati buzilishiga olib 
keladigan texnik modellash xatolari natijasida paydo bo'ladi. 
Tikuv mahsulotlarining Konstruktorlik ishchi hujjatlari tarkibi 
2-jadval 
Shifr

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin