Buxoro davlat universitetining pedagogika


Shim belbog’ini karsaj lenta bilan ishlov berish



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/87
tarix28.11.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#168260
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   87
Bahronova ShaxloTexnik ijodkorlik va konstruksiyalash MAJMUA

Shim belbog’ini karsaj lenta bilan ishlov berish
Belbog’ni shimning 
yuqori qismiga 0,7-0,8 sm da biriktiriladi. Chok belbog’ tomonga bukib 
dazmollanadi. Belbog’ kengligi belgilanib, belgilangan chiziqdan 0,2 sm 
tashqarida karsaj lenta qo’yma chok bilan biriktiriladi va belbog’ tomondan ziy 
chiqarib dazmollanadi. Karsaj lentani 2-ochiq qirqimi belbog’ biriktirma chok 
ustidan bostirma baxya chok bilan biriktiriladi. Belbog’ oxiri ikki bukilgan holda, 
0,5 sm kenglikda bichiladi. Burchagida kertim berib, yorib dazmollanadi va 
o’ngini o’ngiga ag’darilgan holda dazmollanadi. Burchak ochiq qirqimi puxtalama 
chok bilan 1 sm kenglikda mahkamlanadi.


Yangi texnologiya bo’yicha, ignali maxsus mashina bilan karsaj lentali 
belbog’ni moslama yordamida(mashinaning orqa tomoniga o’rnatilgan) va bir 
paytda kichik moslama orqali o’tkazib,shim yuqorisiga karsaj lentani o’ragan holda 
biriktiriladi va belbog’ namlab- isitib, press yordamida presslanadi.
 

 
46 – rasm.
Avarsiga qotirma qo’yilgan astarli belbog’ni yoki tasmali belbog’ni 
shimga ulash: 
Shim poychasiga ishlov berish 
Qaytarma manjetli pochaga tasma bilan ishlov berish
. Shimning yuqori 
qismi tayyor bo’lgandan so’ng ,shim uzunligi razmeri olinadi va shu yerdan 
gorizontal chiziq bo’ylab bukish joyi belgilanadi. Agar shim qaytarma manjetli 
bo’lsa, u holda manjetni kengligi ikki baravar o’lchamda farq qiladi.
Manjetni ikkiga buklab, bukish burchagi tasmadan o’rtasi pocha qirqimiga 
to’g’rilanib, ikki ignali mashinada tasma shim pochasiga biriktiriladi.
Tasmadan 0,1-0,2 sm ziy chiqarib manjetni o’ng tomonga bukilgan holda 
dazmollanadi. 
Agarda, shim manjetsiz bo’lsa, bukish burchagiga tasma ziy chiqaradigan 
masofa shim tomonga qo’yilib, ikki ignali mashinada biriktiriladi. Tasmadan ziy 
chiqarilib, shim pocha qirqimi dazmollanadi. Shimning ochiq joyi yo’rmalanadi va 
maxsus mashinada yashirin ko’rinmas chok bilan biriktiriladi.



Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin