Yelimlab ulash usuli.
Yelimlab ulashdan oldin, ikkala old bo’lak ularning
teskarisi tashqarisiga qaratilib juftlanadi, ustiga andaza qo’yib, yoqa o’mizining ,
adip qaytarmasi, borti va etagining konturlari aniq belgilab chiqiladi. Old bo’laklar
cheti bichish mashinasida yoki qaychida belgi chiziqlar bo’ylab qirqib tashlanadi.
(49 – b rasm)
Old bo’lakka bort qotirmasi quyidagicha yelimlab ulanadi:
1.Old bo’lakning yuqori vitachkasi va bo’rtma choki bor joylariga teskarisi
tomondan yelka qirqimidan 7-8 sm qochirib yelim plyonka qo’yiladi;
2. Old bo’lak bilan bort qotirmasi maxsus yostiqlari bor pressda ulanadi.
Buning uchun, old bo’lak teskarisi yuqoriga qaratilibmoslanib qo’yiladi. Bunda,
qotirma bilan old bo’lak chetlari ulanish oldidan qirqib qo’yilgan bo’lsa, bort
qotirmasiga qo’yilgan uqaning chetlari old bo’lak qirqimlaridan quyidagicha
oraliqda joylashtiriladi:
a) Bort chetlari uqaga yaqinlashtirilib, ag’darma chok bilan tikiladigan bo’lsa,
yoqa o’mizida 0,7-1 sm, adip qaytarmasi uchi va adip qaytarmasidan 0,5 sm , bortda
0,7 sm, etakda , etakning bukish chizig’i bo’ylab;
b) Bort chetlari uqa ustidan ag’darma chok bilan tikiladigan bo’lsa, yoqa
o’mizida 0,6-0,9 sm, adip qaytarmasi uchidan, adip qaytarmasida, bortda 0,4 sm,
etakda etakning bukish chizig’idan 0.4 sm pastda bo’ladi.
Old bo’lakka bort qotirmasi, izmalar teshigiga qo’yilgan gazlamalar
parchalari, yon cho’ntak bo’ylamasi presslab yopishtiriladi. Bort qotirmasining adip
qaytarma qismi oldindan qotirmaga yopishtirmagan bo’lsa, old bo’lakka qabariq
shaklidagi maxsus yostiqli pressda yopishtiriladi.
Dostları ilə paylaş: