Buxoro davlat universitetining pedagogika


Adipni tayyorlash usullari



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/87
tarix28.11.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#168260
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87
Bahronova ShaxloTexnik ijodkorlik va konstruksiyalash MAJMUA

Adipni tayyorlash usullari 


Gazlamani tejash maqsadida adip bir nechta bo’lak qilib bichiladi. Bo’laklar 
gul va yo’llari bir-biriga mos keladigan qilib, kengligi 0,5-0,7 sm chok bilan ulanadi. 
Keyin choklar yorib dazmollanadi. 
Guli yoki yo’li ko’zga aniq tashlanib turadigan gazlamalardan bichilgan 
adiplar old bo’lakka ulanishidan oldin, ular 0,8 -1,2 sm kirishtirib dazmollanib, adip 
qaytarma shakliga keltiriladi. Adipning ichki chetlari yordamchi andazada bo’rlab 
olinib, qirqib tashlanadi. Adipni ild bo’lakka maxsus mashinada ko’klanadigan yoki 
ko’klanmasdan maxsus mashinada ag’darma chok bilan tikilganda, adip old 
bo’lakka to’g’ri ulanishi uchun, uning tashqi qirqimiga andaza qo’yib burlab olinadi 
yoki kontril kertiklar qirqiladi. 
Adipda bezak sifatida yoki tugmalash uchun izmalar bo’lishi mumkin. Bu 
izmalar adipning qaytarma qismida bo’lishi yoki yashirin izma sifatida adipning 
o’zida bo’ladi. 
Bort qotirmasini old bo’lakka ulash usullari
Vitachkalari, cho’ntaklari, bo’rtma choklari, taxlamalari tayyor bo’lgan old 
bo’lakka namlab-isitib ishlov beriladi. Bunda materiali yupqa kiyimlarning o’ng va 
chap old bo’laklari bir vaqtda, ularning teskarisi tashqariga qaratib juftlanib, 
kirishtirib dazmollanadi. Gazlamasi qalin kiyimlar old bo’laklari esa alohida-alohida 
kirishtirib dazmollanadi. 
Old bo’lakning ko’krak atrofidagi joylarini maxsus taxta qolipga qo’yib, 
kirishtirib dazmollash to’rt bosqichda bajariladi: 
1.Old bo’lakning yelka qirqimining yuqori burchagi va bort chetining bel 
chizig’igacha bo’lgan qismi taxta qolipning oval chetiga to’g’rilab qo’yiladi. Bort 
qaytarmasidan hosil bo’lgan solqilik kirishtirib dazmollanadi. 
2.Old bo’lak bort qismi taxta qolip ustiga surilib, bort chetidagi solqi 
kirishtirib dazmollanadi. 
3.Old bo’lak, uning yelka qirqimlari bilan yoqa o’mizini dazmollayotgan 
ishchi tomonga qaratib, taxta qolip ustiga qo’yiladi va yoqa o’mizidagi solqi 
kirishtirilib dazmollanadi. 


4.Old bo’lak, uning yeng o’mizi qirqimini dazmollayotgan ishchi tomonga 
qaratib va ko’krak o’rtasini taxta qolipning oval qismiga to’g’rilab qo’yib, yeng 
o’mizi tomonidagi solqi kirishtirib dazmollanadi. 
Old bo’lakka pressda shakl berishda maxsus qabariq yoki botiq yostiqlar 
ishlatiladi. Bunda, ikkala old bo’lak teskarisi tashqariga qaratib juftlanadi va press 
yostig’iga qo’yib, solqisi bir tekis taqsimlanib, kirishtirib dazmollanadi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin