Buxoro hukmdorlari



Yüklə 120,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix06.02.2023
ölçüsü120,16 Kb.
#83134
  1   2
Ubaydullaxon II - Vikipediya



Ubaydullaxon II


Buxoro hukmdorlari
1500 — 1510 Muhammad Shayboniy
1511 — 1512 Suyunchxoʻjaxon
1512 — 1530 Koʻchkunchixon
1530 — 1533 Abu Said
1533 — 1540 Ubaydulla I
1540 — 1540 Abdulla I
1540 — 1551 Abdullatif
1540 — 1550 Abdulaziz
1552 — 1556 Navroʻz Ahmad
1552 — 1556 Burhon sulton
1556 — 1561 Pirmuhammad
1561 — 1583 Iskandarxon
1583 — 1598 Abdullaxon II
1598 — 1599 Abdulmoʻmin
1599 — 1601 Pirmuhammad II
1601 — 1605 Boqimuhammad
1605 — 1608 Valimuhammad
1608 — 1650 Imomquli
1640 — 1647 Nadr Muhammadxon
1645 — 1680 Abdulaziz
1680 — 1702 Subhonquli
1702 — 1711 Ubaydullaxon II
1711 — 1747 Abulfayz
1756 — 1758 Muhammad Rahim
1758 — 1785 Doniyolbiy otaliq
1785 — 1800 Amir Shohmurod
1800 — 1826 Amir Haydar
1826 — 1826 Amir Husayn
1826 — 1827 Amir Umar
1827 — 1860 Amir Nasrulloh
1860 — 1885 Amir Muzaffar
1885 — 1910 Amir Abdulahad
1910 — 1920 Amir Olimxon
Ubaydulla II 1681-yil tug'ilgan. 1711-yil
16-mart vafoti. - Buxoro xoni (1702 —
1711), Ubaydullo Muhammad Bahodirxon


(1681 — Buxoro — 1711.16.3) — Buxoro
xoni (1702—11), oʻzbeklarning
Ashtarxoniylar
sulolasidan.
Subhonqulixonning oʻgʻli. Buxoroda
Madrasa tahsilini olgan. Subhonqulixon
vafoti arafasida valiahd qilib nevarasi
Balx hokimi Muhammad Muqimxonni
tayinlaydi. Birok, Buxoro ulamolari va
qoʻshinning madadiga tayangan U. II
Buxoro taxtini egallaydi (1702-yil
sentabr).
Balx hokimi Muhammad Muqimxonning
otaligʻi hisoblangan Mahmud qatagʻon
(qarang Mahmudbiy) Buxoroga
boʻysunmaslikdan tashqari Qubodiyon


(1703), Termiz (1704)ni ham Balxga
qoʻshib olib, Balxni mustaqil deb eʼlon
qilgan. Beklarning saroy fitnasi natijasida
Muhammad Muqimxon oʻldirilgach
(1707-yil mart), U. II Balx ustiga katta
qoʻshin bilan yurish qiladi va shaharni
egallaydi (1707-yil 27 may).
U. II murakkab sharoitda Buxoro xonligini
boshqargan. Iqtisodiy tanazzul va ichki
nizolardan tashqari jungʻorlar
(qalmoklar)ning harbiy bosqinlari (mas,
Samarqandga hujum, qalmoqlar
xurujidan qochgan qozoklar va
qoraqalpoqlarning Movarounnahr hududi
(Toshkent va boshqa joylar)ga koʻchib
kelishi vaziyatni yana ham


murakkablashtirgan. Ana shunday
sharoitda U. II davlatning iqtisodiy
negizini mustahkamlashga qaratilgan
choralar koʻrgan. Avvalo, u maʼmuriy
sohada islohotlar oʻtkazib, davlatni
boshqarishga oʻrta tabaqa: xunarmandlar
va savdogarlarni jalb qilgan. U. II hatto
markaziy hokimiyatni kuchaytirish uchun
yirik yer egalarining imtiyozlarini
qisqartirgan (mas, Joʻybor xojalari soliq
toʻlashga majbur qilingan). Biroq Joʻybor
shayxlari katta siyosiy kuch boʻlib, U. II
oʻtkazayotgan siyosat uchun xatarli
muxolifga aylanishgan.
U. II ning siyosiy faoliyatida pul islohoti
ham aloxida oʻrin tutadi. U. II pul islohoti


oʻtkazish orqali davlat xaziasini
toʻldirishni, bebosh amirlar, beklar va
urugʻ boshliqlari bilan kurashda oʻz
mavqeini kuchaytirish va ayrim mahalliy
hokimlarning ayirmachilik intilishlarini
bartaraf qilib, markaziy hokimiyatni
mustahkamlashga intildi. Biroq U. II ning
islohotlari badavlat tabaqalar va ayrim
oʻrtahol shaharliklar tomonidan noxush
kutib olindi. U. II ga qarshi gʻalayonlar
koʻtarildi.
U. II mamlakatda obodonchilik ishlariga
eʼtibor qaratgan. U Madrasa va
Buxoroning gʻarbida Xonobod chorbogʻi
(1709)ni barpo qilgan. Tarixchi Mir
Muhammad Amin Buxoriy uning saroyida


bosh munshiy boʻlib, U.ning siyosiy
faoliyati haqida "Ubaydullanoma" (1716)
asarini yozgan. Muhammad Yusuf
Munshiyning "Tarixi Muqimxoniy" va
Abdurahmon Tolennng "Tarixi
Abulfayzxon" asarlarida ham U. II faoliyati
aks etgan.
U. II saroy fitnasi natijasida Buxoroning
Piri Mirza chorbogʻida oʻldirilgan. U
Buxoro yaqinida — Bahouddin
majmuasidagi Daxmai shohonda otasi
Subhonqulixon qabri yonida dafn etilgan.


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Yüklə 120,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin