Buxoro innovatsiyalar universiteti


Fuqarolik jamiyatining siyosiy va davlat tuzilishi



Yüklə 137 Kb.
səhifə2/10
tarix04.10.2023
ölçüsü137 Kb.
#152337
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O`zbekiston tarixi. D.Xojiyeva

Fuqarolik jamiyatining siyosiy va davlat tuzilishi insonga barcha sohalarda turmush tarzini erkin tanlab olish imkoniyatini kafolatlashi kerak. Jumladan, bu siyosiy sohada quyidagilarni bildiradi: xalq ham bevosita, ham o‘z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etishi lozimligini; hokimiyatlar taqsimlanishi tamoyilini joriy etish asosida demokratiyani chuqurlashtirish va milliy davlatchilikni barpo qilishni; jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralari tuzilmasini tubdan yangilashni; bir mafkura yakka hokimligidan voz kechish, siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olishni; demokratiyaning qonuniy tarkibi sifatida ko‘p partiyaviylikni shakllantirishni; fuqarolarning qonun oldida tenglik va qonun ustuvorligini bildiradi.

  1. Milliy davlat boshqaruv hokimiyati tizimining shakllantirilishi.

Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv hokimiyati tubdan isloh qilindi. Avvalo, sobiq Ittifoq davrida faoliyat yuritib kelgan O‘zbekiston davlat hokimiyatining ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi - Ministrlar Sovetining maqomi tubdan o‘zgartirildi. 1990 - yil 24 - martda O‘zbekistonda prezidentlik lavozimi ta’sis etilgandan keyin hayotning o‘zi ijro etuvchi hokimiyat maqomini o‘zgartirishni talab qildi. 1990 - yil 15 noyabrda O‘zbekiston Prezidentining „O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida“ Farmoni chiqdi. Unga muvofiq O‘zbekiston Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident uning Raisi bo‘ldi. Respublikada vitse-prezident lavozimi ta’sis etilib, uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi yuklandi. 1992- yil 4 yanvarda vitse-prezident lavozimi tugatildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish, uning ishini tashkil etish vazifasi yuklandi. O‘zbekistonda davlat ijroiya hokimiyatini takomillashtirishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim omil bo‘ldi. Konstitutsiyaning 98-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri nomzodi Prezident taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi a’zolari tarkibiga Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi kiradi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining hukumati bo‘lib, ijro etuvchi hokimiyatdir.

Yüklə 137 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin