Buxoro muhandislik-texnologiya instituti


Fanning oliy ta’limdagi o‘rni hamda maqsadi va vazifalari



Yüklə 105 Kb.
səhifə2/5
tarix22.09.2023
ölçüsü105 Kb.
#146609
1   2   3   4   5
Kompyuterli loyihalash ESKET

1.Fanning oliy ta’limdagi o‘rni hamda maqsadi va vazifalari.
“Kompyuterli loyihalash (CAD, CAM, CAE)” fani energetik sohasida loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish jarayonlari bilan bevosita bog‘liq. Fan o‘zlashtirilishi natijasida loyihalashni uslubiy ta’minoti, programmalari, servislari, avtomatlashtirishning texnik vositalari, qurilmalarini tahlil qilish uchun zaruriy bilimlarni shakllantirdi.
Fanni o‘qitilishidan maqsad- energetika sohasida loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish usullari, loyihalashtirishni avtomatlashtirish tarixi, qo‘llash doirasi, dasturlari, usullari, loyihalashtirishning avtomatlashtirish maqsadi va prinsipi bilan tanishtirishdan iborat.
Fanning vazifasi- talabalarga kompyuterda loyiha tuzish prinsiplari, bank va baza tushunchalari, energetik tizimlarni avtomatik loyihalash bosqichlari, tashqi va ichki loyihalash, matematik modellar, blok sxemalar va logik elementlarini o‘rgatishdan iborat, zamonaviy CAD, CAM, CAE dasturlari yordamida texnologik jarayonlarni loyihalash ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Texnologik jarayonlarni qanday ketayotganligini nazorat qilish vazifasi kompyuter dasturlari yordamida bajariladi. Ma’lumki boshqarish asosi axborotdir. Loyihalash texnologik parametrlarni har bir vaqtdagi qiymatlarni hisoblash, boshqarish tizimlariga jarayon to‘g‘risida ma’lumot berilib boriladi. “Kompyuterli loyihalash (CAD, CAM, CAE)” fani asosiy elektr energetika fanlaridan hisoblanadi.
Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan umutexnika fanlaridan – informatika, energetikaning matematik masalalari, umuiy elektrotexnikadan yetarli bilim va ko‘nikmalakrga ega bo‘lishi talab etiladi.
Talabalarga “Kompyuterli loyihalash (CAD, CAM, CAE)” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informasion – pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir.
Ushbu fan talabaga yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun zaruriy bilimlarni beradi. Shuning uchun ushbu fan elektr energetika asoslari fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo‘g‘inidir.

Yüklə 105 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin