Buxoro muhandislik-texnologiya instituti


Laboratoriya ishlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar



Yüklə 105 Kb.
səhifə4/5
tarix22.09.2023
ölçüsü105 Kb.
#146609
1   2   3   4   5
Kompyuterli loyihalash ESKET

2.3. Laboratoriya ishlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Fan bo‘yicha laboratoriya ishlari namunaviy va ishchi o’quv rejada nazarda tutilmagan.
2.4. Kurs loyihasi ( ishi) bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Fan bo‘yicha kurs loyihasi ( ishi) namunaviy va ishchi o’quv rejada nazarda tutilmagan.
2.5 . Mustaqil ishlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
“Kompyuterli loyixalash (CAD, CAM, CAE)” fani bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan seminar va mustaqil ish bo‘yicha referatlar tayyorlaydi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning hususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
•tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
• avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
•talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;
• masofaviy (distansion) ta’lim.
“Kompyuterli loyixalash (CAD, CAM, CAE)” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi 11 ta mavzu ko‘rinishida shakllantirilgan.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:

  1. Ob’ekt haqida dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha modellashga texnik topshiriq tuzish

  2. MathCAD dasturi interfeysi bilan tanishish.

  3. MATLAB dasturi interfeysi bilan tanishish.

  4. SIMULINK dasturi interfeysi bilan tanishish.

  5. SIM POWER SYSTEM dasturi interfeysi bilan tanishish

  6. SIM POWER SYSTEM da ETK modellarini tuzish

  7. Modelni tuzish. COURSES signallar manbai

  8. MATLABni MathCAD bilan bog‘liq MATHCONNEXilovalar integratori

  9. MATLABni CONTROL SYSTEM TOOLBOX paketi sinflari

  10. MATLABni CONTROL SYSTEM TOOLBOX paketini yordamchi protseduralari

  11. LABVIEW muhitida asboblar va tizimlarni vertual qurish prinsiplari.



3. O‘quv-uslubiy va axborot ta’minoti

Yüklə 105 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin