intellektual tizimlar fanining ekspert tizimlar bolimi bojicha elektron modul yaratish
Flash texnologiyasiga kirish. Flash texnologiyasi Shockwave Flash (SWF)
formatidagi vektor grafikadan foydalanishga asoslangan. Albatta bu format eng
kuchli formatlardan bo’lmasada, SWF yaratuvchilariga grafikani imkoniyatlari,
grafika bilan ishlovchi vositalar va natijani Web-saxifalarga qo’shish mexanizmlarini
birlashtirish o’rtasida eng qulay yechimi topilgan. SWF ni qo’shimcha
imkoniyatlardan yana biri bu uning moslashuvchanligidir, ya’ni bu format barcha
platformalarda (MacOS sistemali Macintosh kompyuterlari yoki Windows sistemali
IBM kompyuterlarida) ishlatilishi mumkin. SWF ning yana bir qulay imkoniyati
uning yordamida yaratilgan tasvirlar nafaqat animasiyali bo’lishi, balki interaktiv
elementlar va tovush bilan boyitilishi mumkin [13].
Moslashuvchanlik va interaktiv multimediya dasturlarini yaratish imkoniyati SWF
formatining Web-dizaynerlar o’rtasidagi mashxurligini oshishiga imkon berdi.
Shuning uchun bu format yaratilishi bilan bir vaqtda Macromedia firmasi (hozirda bu
dasturlar Adobe firmasiga tegishli) tomonidan ikki asosiy tarmoq brauzerlari, Internet
Explorer va Netscape Communicatorlar uchun komponentlar (Plug-In) yaratildi.
FIO
Imzo
“Intellektual tizimlar” fanining “Ekspert tizimlar”
bo`limi bo`yicha elektron modul yaratish.
bet
Rahbar Nurullayev M.M.
Talaba
Najmiddinov J.R.
Bu esa, o’z navbatida SWF ni Internetda yana ham keng tarqalishiga olib keldi.
Natijada ushbu brauzerlar yaratuvchilari SWF formatini o’z dasturlarini asosiy
formatlar bazasiga kiritishdi. Bu yo’lni boshqa yirik dasturiy ta’minot yaratuvchilar
(masalan, Adobe firmasi) ham tutishdi.
Yana bir bor aytish kerakki, agar Macromedia SWF formatini juda oddiy va
qulay uskunalar bilan ta’minlamaganda bu format shunchalik ko’p muxlis
orttirmagan bo’lardi. Hozirgi vaqtda ushbu uskunalarni bir qancha to’liq to’plamlari
mavjud.
Ushbu uskunalarni bir turi (Director Shockwave Studio) multimediyali
prezentasiyalar yaratish, boshqalari (FreeHand va Fireworks) grafik tasvirlar,
uchinchilari esa (Authorware va CourseBuilder) interaktiv o’rgatuvchi kurslarni
yaratish imkoniyatini beradi. Lekin Web-yaratuvchilar orasida eng ko’p
ishlatiladigani bu Adobe Flash dir, chunki ushbu dastur har qanday saytga mashhurlik
olib keluvchi Web-sahifalar yaratish imkonini beradi. Balki shuning uchundir SWF
formatini oddiy qilib Flash deb atalishi odatga kirib qolgan. Shunday qilib Flash-
texnologiyalari quyidagilardan iborat:
vektorli grafika;
animasiyani bir qancha turlarida ishlash imkoniyati;
interfeysni interaktiv elementlarini yaratish imkoniyati;
sinxron ovoz qo’shish imkoniyati;
HTML formati va boshqa Internetda ishlatiluvchi barcha formatlarga eksportni
ta’minlash;
platformali mustaqillik
Flash-filmlarni avtonom rejimda ham, Web-brauzer yordamida ham
ko’rishning imkoniyati mavjud.
Vizual yaratish uskunalari mavjudligi Flash-film yaratuvchilarini ko’plab
murakkab operasiyalardan xalos etadi, shuningdek Flash-texnologiyalarning texnik
aspektlarini o’rganish zarur bo’lmaydi
Flash - bugungi kunda bu texnologiyani qo’llanilishining asosiy yo’nalishi bu
chiroyli va dinamik Web-saxifalar yaratishdir.
FIO
Imzo
“Intellektual tizimlar” fanining “Ekspert tizimlar”
bo`limi bo`yicha elektron modul yaratish.
bet
Rahbar Nurullayev M.M.
Talaba
Najmiddinov J.R.
Flash-filmni brauzerda namoyish etilishini ikki usuli mavjud:
uni SWF formatida saqlash, so’ng sichqoncha yordamida fayl belgisini shu
fayl saqlanadigan katalogdan brauzer oynasiga o’tkazish .
Flash-filmni HTML formatiga eksport qilish, so’ng oddiy usul bilan brauzerda
o’chish.
Flash-filmni HTML-kodga o’tkazish mexanizmi ActiveX elementlarini ishlatish
yoki Plug-in komponentlarini qo’shishga o’xshashdir. Internet Explorer brauzeri
uchun HTML-kodiga o’tkazish