FIO
Imzo
“Intellektual tizimlar” fanining “Ekspert tizimlar”
bo`limi bo`yicha elektron modul yaratish.
bet
Rahbar Nurullayev M.M.
Talaba
Najmiddinov J.R.
“multimedia vositalari” deb ataymiz. Multimedia vositalari jumlasiga yana bir vosita
– hujjat ta’minoti, boshqacha aytadigan bo‘lsak, tayyor multimedia hujjati ta’minotini
ham kiritishimiz mumkin. Chunki, yangi multimedia hujjatini yaratish chog‘ida eski
ya’ni oldindan bor bo‘lgan mavjud hujjat ta’minotidan ham foydalanish mumkin.
Shunday qilib, multimedia vositalari quyidagi uch guruhga bo‘linadi:
a) texnik multimedia vositalari;
b) dasturiy multimedia vositalati;
d) mavjud multimedia hujjati ta’minoti;
Endi bu vositalardan foydalanish masalasi, aniqroq aytganda foydalana olish
muammosi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, har bir texnik qurilmadan
foydalanishning ham o‘z qonun-qoidalari bor. Har bir dasturiy ta’minotdan
foydalanishning ham o‘ziga yarasha qonun qoidalari bor. Ularni qayerda,
qanday qo‘llash kerakliligining o‘zi alohida metodikani talab etadi. Ana endi,
biror multimedia hujjatini yangidan yaratish uchun multimedia vositalari bilan
birgalikda ularning yoniga ularni qo‘llash bo‘yicha uslub ham qo‘shildi. Demak,
multimedia vositalari va ularni tatbiq etish bo‘yicha uslublar jamlanmasi
birgalikda “multimedia texnologiyalari”ni tashkil etadi. Multimedia texnologiyalari
axborotning ko‘pgina turlarini o‘zida integratsiyalaydi. Masalan:
a) skanerdan olingan tasvirlar;
b) yozib olingan ovoz, musiqaviy effektlar va musiqa;
d) murakkab videoeffektli videolar;
e) turli animatsiyalar.
Dostları ilə paylaş: