`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA-MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
BUXORO OZIQ-OVQAT VA YENGIL SANOAT TEXNOLOGIYASI INSTITUTI
KAFEDRA : PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA
5140900 – KASB TA’LIMI YO’NALISHINING BARCHA SOHALARI UCHUN
FANIDAN MA`RUZALAR MATNI
Buxoro – 2005
T U Z U V CH I :
Bux. OO va YESTI, "Pedagogika va psixologiya"
kafedrasining k. o`qituvchisi MAVLONOV J.X.
TAQRIZChILAR:
Buxoro davlat universiteti,
“Psixologiya va pedagogika”
kafedrasi mudiri psix. f.d. BARATOV Sh.R.
Bux. OO va YESTI, "Pedagogika va psixologiya"
kafedrasi k. o`qituvchisi psix.f.n. HALIMOV E.Z.
SO`Z BOSHI
Kadrlar tayyorlash bo`yicha milliy dastur va uni amalga oshirishni ta`minlashga yo`naltirilgan barcha meyoriy hujjatlarda o`sib kelayotgan yosh avlodning intellektual imkoniyatlarini, individual-psixologik xususiyatlarini o`rganishga va shu asosda ta`lim va tarbiya ishlarini rejalashtirish va qayta qurishga katta e`tibor berilgan. Bu esa, boshqa fanlar bilan bir qatorda, yosh avlodni tarbiyalashda psixologiya fanining ham alohida o`rni mavjudligini ko`rsatmoqda.
Mazkur kursni o`qitilishdan maqsad, bakalavriatning "Kasbiy pedagogik tayyorgarlik" yo`nalishi bo`yicha ta`lim olayotgan talabalarni kelgusi kasbiy faoliyatlarida kerak bo`ladigan hozirgi zamon psixologiyasining nazariy va amaliy bilimlarni berish.
Psixologiya kursining vazifasi talabalarni o`quv-tarbiya jarayonini o`rganish va boshqarishda qullaniladigan shaxs psixologiyasi, psixik jarayonlar, yosh davrlari psixologiyasi, pedagogik psixologiyaga oid bilimlar, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish.
Kursni o`rganish davomida talabalar psixika va uning taraqqiyoti, shaxsning shakllanishi, shaxsning faoliyati va bilish jarayonlari, ta`lim va tarbiya jarayonining psixologik qonuniyatlari haqida bilimlar oladilar.
Psixik hodisalar, psixik jarayonlar, holatlarni klassifikatsiya qilish, ularning yuzaga chiqishini, rivojlanganlik darajasini diagnostika qilish, psixologik bilimlarga asoslanib o`z pedagogik faoliyatini, o`quvchilarning bilish faoliyatini, ta`lim va tarbiya jarayonini to`g`ri tashkil qilish va boshqarishga doir ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
Ushbu ma`ruzalar majmuida 5140900 – Kasb ta’limi yo’nalishining barcha sohalari bo`yicha ta’lim olayotgan talabalar o`rganishi uchun psixologiya kursining umumiy psixologiya bo’limiga doir mavzular kiritilgan. Bu mavzularda o`tiladigan o`quv materiallarining asosiy mohiyati berilgan bo`lib talab uchun chuqur bilim olishga yo`llanma beradi va mashg`ulotlrga o`tiladigan mavzu bo`yicha yetarli tushuncha bilan kelish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |