Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti kafedra : pedagogika va psixologiya



Yüklə 62,65 Kb.
səhifə16/28
tarix09.02.2023
ölçüsü62,65 Kb.
#83578
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
TILNING VAZIFALARI

Tilning eng muhim funktsiyalaridan biri - til IJTIMOIY-TARIXIY TAJRIBANI BERISh VA O`ZLAShTIRISh vositasidir. Har bir kishining hatti-harakati va faoliyati kishilikning ijtimoiy-tarixiy tajribasi bilan bog`liq holda rivojlanadi. Kichkina bola dunyoni mustaqil suratda bilib olmaydi. U bilimlarning bir qismini ota-onalaridan surab, savollar berib o`zlashtiradi. Boshqa bir qismini o`zaro munosabatlarda, asosan, til yordamida o`zlashtiradi. Yana bir qism bilimlarni maktabda, pedagoglardan o`rganadi (til yordamida). Bilimlarning anchagina qismini kitoblardan o`qib o`rganadi (yana til yordamida). Bu tilning KOMMUNIKASIYA funktsiyasidir.

Tilning ikkinchi vazifasi (funktsiyasi) - til INTERAKSIYA vositasidir. Ma`lumki kishining hatti-harakatlari va faoliyati, ko`pincha, ijtimoiy qimmatga ega bo`lmangan o`zga kishilarning bevosita tajribalari bilan ham belgilanadi. Agar biror kishi boshqasiga magazin yoki oshxonaning ishlamayotganligi haqida xabar bersa u o`z hatti-harakatini o`zgartiradi. Boshqa magazin yoki oshxonaga borishi mumkin. Bu erda til yordamida berilayotgan informatsiya kishining hatti-harakatini boshqarmoqda. Bu tilning interaktsiya yoki kishining hatti-harakatini boshqarish vositasi sifatidagi funktsiyasidir.

Tilning uchinchi vazifasi (funktsiyasi) kishining o`z tajribasi, va ijtimoiy tajriba asosida o`z hatti-harakatlarini boshqarishi bilan bog`liq. Odam biror muammoli vaziyatlarda o`z tajribasigagina asoslanib qolmay, boshqa kishilarning tajribalariga, umuman jamiyat tajribasidan ham foydalanadi. Ana shunday vazifalarni o`z oldiga quyish va hal qilish jarayoni INTELLEKTUAL AKT (harakat) deb ataladi. Intellektual harakat uch bosqichdan iborat bo`ladi: faoliyatni REJALASHTIRISH, uni AMALGA OSHIRISH, maqsad bilan SOLISHTIRIB ko`rish. Odamning individual harakatlari, asosan, mana shunday intellektual aktlardan tashqil topgan bo`ladi. Bu erda avvalombor odamlarning REJALASHTIRA OLISH qobiliyati yuzaga chiqmoqda. Bunday rejalashtirish va umuman fikriy masalalarni hal qilishning asosiy quroli TILdir. Bu erda til intellektual faoliyatning (idrok, xotira, tafakkur, xayol) quroli sifatidagi vazifasi bilan to`qnash keldik.





Yüklə 62,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin