Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti kafedra : pedagogika va psixologiya



Yüklə 62,65 Kb.
səhifə22/28
tarix09.02.2023
ölçüsü62,65 Kb.
#83578
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
FAOLIYAT VA SHAXS.

  • Odamning faoliyati hamisha boshqa kishilar bilan ma’lum munosabatlar sistemasida amalga oshiriladi. Odamning faoliyati boshqa kishilarning yordamlashishlarini va qatnashishlarini talab qiladi.

  • Odam faoliyatining natijalari tashqi olamga, turmushga va boshqa kishilarning taqdirlariga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun faoliyatda hamisha odamning narsalarga bo’lgan munosabatlarigina o’z ifodasini topib qolmay, balki odamning boshqa kishilarga bo’lgan munosabatlari ham o’z ifodasini topadi.

  • Jamiyat qurayotgan kishilarning faoliyati uchun mehnatda o’zaro yordamlashish, musobaqa, kollektivchilik va mehnat tashabbuskorligi xarakterlidir.

  • Boshqacha qilib aytganda, faoliyatda insonning shaxsi ifodalanadi va shuning bilan birga, faoliyat odamning shaxsini tarkib toptiradi.

  • Masalan, yaxshi tashkil qilingan do’stona kollektivda bitta maqsadga qaratilgan ijtimoiy foydali faoliyatga qatnashish odamda kollektivizm, uyushqoqlik, o’z manfaatlarini jamiyat manfaatlari bilan uyg’unlashtira olish sifatlarini rivojlantiradi.

  • A.S.Makarenko shaxsning tarkib topishida faoliyatning yetakchilik rolini tushunib, uni o’zi tomonidan sihlangan tarbiyaviy ishlar nazariyasi va amaliyotiga asos qilib olgan edi.

  • A.S.Makarenko bunday deb yozgan edi: “…men bolalar hayotini ma’lum tajriba tariqasida, muayyan odatlar tarbilaydigan qilib tashkil etishini talab qilaman…”

  • Shu talabga muvofiq ravishda o’z koloniyasidagi tarbiyalanuvchilari kollektivining butun hayoti shunday tashkil qilingan ediki, bunda bolalar sahxsning ma’lum sifatlarini namoyon qilishni talab qiladigan har turli faoliyat xillariga jalb qilingan edilar (masalan, bitta maqsadga intilish, intizomga so’zsiz rioya qilish, soflik, javobgarlik, qat’iylik).

  • Mana, masalan, tungi poxodlar (yurishlar) va tungi navbatchiliklar kolonistlardan qo’rqish hissini yengishini, chidam va o’zini tuta bilish sfatlarini namoyon qilishni talab qilar edi.

  • Dadil xulq-atvor aktlari bir necha marta takrorlanishi natijasida odatga aylanib ketar edi. Ma’lum sharoitda amalga oshiriladigan qandaydir ish-harakatlarga bo’lgan talab shaxsning sifatiga aylanuvchi odatlarni yuzaga keltiradi.

  • Odamda har hil turdagi faoliyatlarning paydo bo’lishi va taraqqiyoti juda murakkab va uzoq davom etadigan prosessdir. Bolaning aktivligi uning kamoloti davomida faqat sekin-asta, talim va tarbiyaning ta’siri ostida ongli maqsadga mos faoliyat shaklini ola boradi.

  • Avval bu aktivlik impulse (ya’ni ixtiyorsiz) ish-harakat xarakterida bo’ladi.

  • Bola tug’ilgandan keyingi dastlabki kunlarda uning xatti-harakatlari tug’ma bir necha soda reaksiyalar bilan cheklanadi, chunonchi, mudofaa reaksiyalari (ko’ziga yorug’ nur tushganda yoki qattiq ovoz bilan ta’sir qilganda ko’z qorachig’ining qisqarishi, biror yeri og’riganda yoki qorni ochganda baqirishi va besaranjom harakat qilishi), ovqatlanish (emish) reaksiyalari, labirint reaksiyalri (ya’ni sekin-sekin tebrabganda jim bo’lib qolishi) va bir necha vaqt keyinroq, dastlabki taxminiy-tekshirib ko’rish reaksiyalari (boshini qo’zg’atuvchi tomonga burish, narsaning harakatini kuzatish va boshqalar).

  • Bola 11-20 kunlik bo’lgandan so’ng birinchi shartli reflekslar tarkib topa boshlaydi.

  • Ana shu shartli reflekslar asosida bola yoshiga to’lgunga qadar ish-harakatning tekshirib o’radigan formalari rivojlanadi (changallab olish, ko’zdan kechirish, timirskilab ko’rish kabi) bunday harakatlar yordami bilan bola tashqi olamdagi narsalarning xususiyatlari tog’risida ma’lumotlar to’playdi va harakatlarning boshqarishni o’zlashtirib oladi.

  • Bola bir yoshga to’lgandan so’zng ta’lim va taqlidning ta’siri bilan unda ish-harakatning amaliy formalari tarkib topa boshlaydi.

  • Buning yordami bilan bola narsalardan insoniy tarzda foydalanishni va ularning ijtimoiy amaliy ahamiyatini uqib ola boshlaydi (krovatchaga yotib uxlaydi; stulchalarga o’tiradigan bo’ladi; kranni ochishni o’rganadi; koptok bilan o’ynaydi; qalam bilan rasm soladi va boshqa shu kabilar).

  • Ana shu shakllardagi aktivlik bilan birgalikda bolalarda kommunikativ xulq-atvor rivojlanadi, kommunikativ, ya’ni aloqa bog’lashga qaratilgan xulq-atvor shaklllari bolaning o’z ehtiyojlarini va hohishlarini qondirishda foydalanadigan hamda ijtimoiy talab va informasiyalarni o’zlasjtirishda yordam beradigan asosiy vositadir.

  • Bunday xulq-atvor avval benutq formda amalga oshiriladi (bolaning baqirishi, yuz harakati-mimika, qo’l hamda yuz-ko’zlari bilan qiladigan ifodali harakatlari).

  • Bola 7-8 oylik davridan boshlab, oldin passiv, undan so’ng esa aktiv tarzda, insonlar o’rtasidagi aloqaning, o’zaro munosabat va informasiya almashishning eng asosiy vositasi bo’lgan nutq orqali aloqa qilishni bilib oladi.

  • Nutqni o’zlashtirish obrazlarni narsalar va harakatlardan ajratish, narsalarning mazmunini farq qilishi hamda ularni xotirada mustahlab, ish-harakatlarni boshqarishda foydalanishning eng muhim shart-sharoitlarini yuzaga keltiradi.


  • O’YIN

  • Bola bir yoshga to’lgan yillardan boshlaboq unda faoliyatning eng soda shakllarini go’llash uchun shart-sharoitlar yuzaga kela boshlaydi. Bunday shart-sharoitlardan birichisi o’yindir.

  • Ma’lumki, o’yin faoliyatini hayvonlarning bolalarida ham kuzatish mumkin. Hayvonlarning yosh bolalarida kuzatiladigan o’yin faoliyatiga har hil narsalar bilan shug’ullanishi, yolg’ondakam urushishni, yugurishni va shu kabilarni kiritish mumkin.

  • Ayrim hayvonlarda narsalar bilan o’ynash holatini ham kuzatish mumkin. Masalan, mushuk bolasi ipdan qilingan koptokning harakatiga qiziqib qaraydi, unga tashlanadi, uni polda sudrab mahkam ushlab oladi; kuchuk bolasi esa, topib olgan lattani sudrab yuradi, yirtib tashlaydi va hokazo.

  • Bola “doktod-doktor” o’yinini o’ynar ekan, u o’zini “xuddi doktordek” tutadi. Qalamdan stetoskop tariqasida foydalanadi, qo’g’irchoqni yotqizadi, boshini chayqab, “Senga ukol qilish kerak” va boshqa shu kabi so’zlarni aytadi. Bunda bolaning xatti-harakatlari u foydalanayotgan narsalarning xususiyatlari bilan emas, balki doktorning vazifalari haqidagi tasavvurlari bilan boshqariladi. Boshqacha qilib aytganda, bolada o’z xatti-harakatini o’yinning sosial roli va unga tegishli harakatlar haqidagi tasavvurlar bilan boshqarish qobiliyati tarkib topadi.

  • Bola rolli o’yinlarning rivojlangan bosqichiga kelib, boshqa bolalar bilan o’zaro munosabatga kirishadi. O’yin paytida rollarni taqsimlab, qabul qilingan rollarga mos holda bir-birlariga murojaat etib, (“ona-qizlar”, “doktor-kasal”), bolalar sosial xatti-harakatlarni, o’z harakatlarini kollektiv talabiga bo’ysundirishni bilib oladilar.

  • O’yinlarning navbatdagi bosqichida-qoidali o’yinalrda – ish-harakatlarning mazkur xislatlari yanada rivojlanadi. Lekin endilikda ish-harakatlar abstrakt talablar yoki qoidalar asosida boshqariladi. Atrofdagi odamlar, o’yinga qatnashuvchilar ana shu o’yin qoidalarini amalga oshiruvchilar sifatida chiqa boshlaydilar. Faoliyatning o’zidan ko’zlangan maqsad sosial jihatdan mustahkamlangan natijaga (ya’ni yutuqqa) ko’chadi.

  • Aslini olganda bu o’rinda o’yindan xulosa boshlanadi. Ijtimoiy belgisiga ko’ra u o’yinga o’xshab qolsa ham (faoliyat hali ham foydali mahsulot bermaydi), lekin psixologik strukturasiga ko’ra, faoliyat mehnatga (maqsad faoliyatning o’zi emas, balki uning natijasiga qaratilgan) va o’qishga (maqsad o’yinni o’zalshtirishdan iborat) yaqinlashadi.

  • Shunday qilib, o’yin narsa va hodisalarning mazmunini bolaning o’z tajribasi miqyosida bilib olishga (bu mazmunlar til praktikasida mustahkamlangan) mazkur mazmunlarni ishlata bilishga mashq qildiradi. O’yin bajarayotgan harakatlarni ayni birov ish sifatida (“yolg’ondan bo’lsa ham”) anglashni rivojlantiradi, bundan tashqari, o’yin o’z-o’zini boshqarish (qoidalar) asosida ish qilishni o’rgatadi, nihoyat, o’yin bolaning o’zini narsalar bilan harakat qiluvchi sub’ekt sifatida idrok qilishdan sosial rollarni bajaruvchi, ya’ni inson shaxsiy munosabatlarini amalga oshiruvchi sub’ekt sifatida idrok qilishga ko’tarilib, bolaning o’z-o’zini anglashni kengaytiradi.

  • TA’LIM

  • Bolada bir necha elementlar shartsiz reflekslardan tashqari, biz keyinchalik kuzatishimiz mumkin bo’lgan hamma ish-harakat va faoliyat turlari avval mutlaqo bo’lmaydi. Amaliy va kommunikativ ish-harakatlar, mo’ljallash va tadqiqot faoliyatlari, chang solib olish va timirskilash, emaklash, yurish, nutq va o’yin, mehnat va sosial o’zaro munosabatlar bola tug’ilgandan so’ng, ma’lum vaqt o’tgach, paydo bo’ladi va rivojlana boshlaydi, lekin ish-harakatning har bir shakli va faoliyatning har bir turi o’zining paydo bo’lish jihatidan “kritik” davrlarga, tarkib topish sur’atlariga va o’zining o’zgarishi va murakkablashish bosqichlariga egadir.

  • Ana shu nuqtai nazardan bular bolaning ma’lum tug’ma asoslar va genetik programmalar bilan, o’sish ba organizmning anatomik hamda fiziologik jihatdan yetilishi, uninh yuksak nerv faoliyati mexanizmlari funksiyalarining tarkib topishi va mutakkablashuvi bilan bog’liq bo’lgan kamol topishi faktidan iboratdir.

  • Shuning bilan birga, mana shu ish-harakat formalaridan birortasi, bu faoliyat turlarining birortasi ham, tashqi muhit sharoitiga bog’liq bo’lmagan holda, avtomatik ravishda o’z-o’zidan yuzaga kelmaydi. Bularning hammasi bolaning amaliy va sosial tajribasi asosida, uning tevarak-atrofdagi odamlar va narsalar bilan qiladigan o’zaro munsoabati natijasida paydo bo’ladi va rivojlanadi.

  • Ana shu nuqtai nazardan olganda, bolaning “odamga aylanguncha” egallagan hamma narsani o’rganishdan, ya’ni tajribani o’zlashtirib olishdan iboratdir. Insonning xatti-harakatlari biologik tajriba bilan belgilanmaydi, balki sosial tajriba bilan belgilanadi. Lekin sosial tajribani biologik yo’l bilan berib bo’lmaydi. Sosial tajriba organizmning xususiyatlariga bog’liq bo’lmay, balki inson xususiaytlariga bog’liqdir.

  • Biologik yo’l bilan nasliy jihatdan sosial tajribani va insoniy ish-harakat shakllari hamda faoliyatlarni organizmning amaliy o’zlashtirish uchun kerakli bo’lgan faqat ma’lum xususiyatlari berilishi mumkin. Ish-harakatlarning mana shunday oldindan belgilangan tug’ma biologik xususiyatlardan ozod bo’lishi juda muhim afzallikka egadir.

  • Lekin shunday bir vaqt keladiki, unda bolaning hayotiga alohida faoliyat turi kirib keladi. Bu faoliyatning shunday turiki, uning bevosita maqsadi ma’lum informasiyalar, harakatlar va ish –harakatlar shakllarini o’zlashtirishdan iboratdir. Sub’ektning o’z maqsadi o’rganishdan iborat bo’lgan mana shunday maxsus faoliyatini ta’lim (o’quv) deb ataladi.

  • Ta’lim faoliyati o’z tarkibiga quyidagilarni oladi: a) ma’lum bir ideal va amaliy faoliyat turini muvaffaqiyat bilan tashkil qilish ushun olamning zarur xususiyatlari haqidagi informasiyalarni o’zlashtirish (bu prosessning mahsuloti bilimdir); b) mana shu faoliayt turlarini yuzaga keltiradigan usul va operasiyalarni o’zlashtirish (bu prosesslarning mahsuloti malakalardan iborat bo’ladi); v) ko’zlangan maqsad va berilgan masala shartiga mos ravishda to’g’ri yo’q va operasiya tanlash hamda nazorat qilish uchun ko’rsatilgan informasiyalardan foydalanish ushullarini egallash (bu prosessning mahsuli-malakadan iborat bo’ladi).

  • Shunday qilib, insonning ma’lum bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishda ongli maqsad bilan boshqariladigan barcha harakatlari ta’lim bilan bog’liq bo’ladi.

  • O’quv faoliyati odamni ijtimoiy foydali aktivlikning har xil turlari uchun zarur bo’lgan bilimlar, ko’nikma va malakalar bilan faqat qurollantirib qolmaydi. O’quv faoliyati, shuning bilan birga, hal qilinayotgan masalalarga mos ravishda o’z psixik prosesslarini boshqa olishni, o’z harakatlari va operasiyalari, malaka va tajribalarini tanlab olish, tashkil qilish hamda yo’naltira olishni odamda tarkib toptiradi. Shudnay qilib, o’quv faoliyati odamni mehnatga tayyorlaydi.

  • MEHNAT

  • Mehnat ma’lum ijtimoiy foydali (yoki hech bo’lmaganda, jamiyat tomonidan iste’mol qilinadigan) moddiy yoki ma’naviy mahsulot ishlan chiqarishga qaratilgan faoliyatdan iboratdir.

  • Mehnat faoliyati odamning asosiy, yetakchi faoliyatdir. Agar mehnat qilishdan to’xtab qoladigan bo’linsa, insoniyat zoti o’z hayotini tugatgan bo’lar edi. Shuning uchun mehnat faoliyatiga odamning yashashini ta’minlovchi, boshqa turlar ustidan g’alaba qozontiruvchi hamda tabiat kuchlari va narsalardan odamni foydalantiruvchi maxsus insoniy xatti-harakat turi deb qarash mumkin.

  • Mehnat faoliyatining maqsadi kishilar iste’mol qiladigan narsalar va shunday iste’mol qilinadigan narsalarni, ya’ni non va mashinalar, mebel va qurollar, kiyimlar, avtomobillar va boshqa shular kabilarni ishlab chiqarish uchun zarur narsalar bo’lishi mumkin.

  • Quvvat (issiqlik, yorug’lik, elektr, harakat va shu kabilar) hamda informasiya vositalari (kitoblar, chizmalar, filmlar) mehnat faoliyatining maqsadi bo’lishi mumkin. Nihoyat, mehnat faoliyatining maqsadi ideologiya mahsulotlari (fan, san’at, g’oyalar) va kishilarning mehnat va boshqa xatti-harakatlarini tashkil qiluvchi ish-amallar (boshqarishm nazorat, muhofaza, tarbiya va boshqa shu kabilar) bo’lishi mumkin.

  • Shunday qilib, kishilarning mehnat faoliyati o’z mohiyati e’tibori bilan ijtimoidir. Jamiyat ehtiyojlari mehnat faoliyatini tarkib toptiradi, uni aniqlaydi, yo’naltiradi va boshqaradi.



  • Yüklə 62,65 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin