19
kiritish mumkin emas deb hisoblasa, masala kafedra majlisida, rahbar
ishtirokida muhokama etiladi.
Kafedra mudiri bitiruv malakaviy ishlar dastlabki himoyasini qabul
qiluvchi maxsus komissiya tarkibini kafedra majlisiga taqdim etadi va
majlis tasdiqlagan komissiya dastlabki himoyani o‘tkazadi.
Dastlabki himoyani qabul qilgan komissiya xulosasi bayonnoma
(protokol) bilan rasmiylashtiriladi (bayonnoma shakli ilova qilinmoqda).
Bayonnomada dastlabki himoyaga kiritilgan talabaning ismi-sharifi,
BMIning mavzusi, uning asosiy natijalari va kamchiliklari, himoyada
talabaga berilgan savollar, savollarga talaba bergan javoblarning
natijalari qayd etiladi. Komissiya bitiruv malakaviy ishining dastlabki
himoyasi natijalari asosida uni DAKda himoya qilishga kiritish yoki
kiritmaslik haqida qaror qabul qiladi.
Dostları ilə paylaş: