20
dolzarbligini, maqsadi va vazifalarini, ishning tarkibini, olingan asosiy
natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyatini, ilgari surilayotgan takliflar
hamda tavsiyalarni bayon etib berishi lozim.
Ma’ruzadan so‘ng talabaga DAK a’zolari tomonidan mavzuga oid
savollar beriladi. Talaba berilgan savollarga aniq va tushunarli qilib
javob berishi lozim. Agar DAK a’zolari talabaning berilgan savollarga
javobidan qoniqish hosil qilsalar, talabaga himoyani yakunlashga ruxsat
beriladi.
Bitiruv malakaviy ishi ochiq himoya qilingandan so‘ng DAKning
yopiq kengashida himoya natijasi muhokama qilinib 100 balli sistemada
baholanadi. Bunda bitiruv malakaviy ishining to‘g‘ri rasmiylashtirilgani,
rejada belgilangan maqsad va vazifalarga qay darajada erishilgani,
mavzuni to‘liq ochib berilganligi, BMI natijalarining nazariy-uslubiy va
amaliy ahamiyati, himoya jarayonida qilingan ma’ruzaning sifati,
ma’ruza jarayonida tarqatma materiallar, ko‘rgazmali vositalar va
taqdimot slaydlaridan qay darajada foydalanilgani, talabaning berilgan
savollarga to‘g‘ri javob bergani kabi bir qator mezonlarga ahamiyat
beriladi.
BMI mazmuni va uning himoyasi natijalarini baholashda maksimal
100 ball quyidagicha taqsimlanadi:
№
Dostları ilə paylaş: