27
borki, yurtimizning, jondan aziz farzandlarimizning bugungi va ertangi
kuni ana shu masalalarni qanchalik muvaffaqiyat bilan hal etishimizga
bog‘liqdir» der ekan, mutlaqo haq edi.
3
Darhaqiqat, XX asrning so‘nggi
o‘n yilligida jahon geosiyosiy maydonidagi o‘zgarishlarni o‘rganish va
tahlil etish shu davrda endigina istiqlolga erishgan O‘zbekiston uchun
mustaqil tashqi siyosatini yuritishda katta ahamiyatga ega edi. Jumladan,
mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi ham ayni shu sohadagi
bilimlar, ko‘nikmalar, tajribalarga bevosita bog‘liqligini unutmaslik
lozim.
BMI uchun tanlab olingan mavzuning dolzarbligi, avvalo,
dunyodagi davlatlar o‘rtasida kechgan eng muvaffaqiyatli integratsiya
jarayonlarini bosib o‘tgan xalqaro tashkilot - Evropa ittifoqi, uning
shakllanishi va rivojlanishini o‘rganish bevosita shu tashkilot bilan
aloqalari kengayib borayotgan mamlakatimiz uchun katta ahamiyatga
ega ekanligi bilan bog‘liq. Qolaversa, bu xalqaro tashkilotning
shakllanishi tarixini o‘rganish boshqa mamlakatlar o‘rtasidagi
integratsion jarayonlarni tahlil qilishga va tegishli xulosalar chiqarish
imkonini beradi. Shu bilan birga Evropaning ikkinchi jahon urushidan
keyingi bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lini tahlil qilish imkonini tug‘diradi.
Bundan tashqari, tanlab olingan mavzuning dolzarbligini uni ilmiy
va amaliy tadqiq etish hamda tizimli o‘rganishga doir xulosa, taklif va
tavsiyalarni ishlab chiqishga bo‘lgan ehtiyoj bilan asoslash mumkin.
Dostları ilə paylaş: