Tekshirish uchun savollar 1. Qaysi turdagi nasoslar shtangasiz nasoslar deb ataladi?
2. CHo‘kma markazdan qochma elektr nasosini (CHMQE) tuzilishi va ishlash prinsipini gapirib bering?
3. CHMQE diametri bo‘yicha necha guruhga bo‘linadi?
4. CHMQE nasoslari O‘zbyokistondagi qaysi konlarda ishlatilgan?
5. Vintli nasos bilan CHMQE ning farqini tushuntirib bering?
Tayanch iboralar: SHtangasiz nasoslar, markazdan qochma elektronasos, gidroporshenli nasos, vintli nasos, tebratma nasoslar, kompleksator, elektrodvigatel, nasos suzgichi, tajovuzkor gazlar, gaz omili.
Mavzu 30 Yordamchi uskunalarni tekshirish va ta’mirlash.
Reja .
1 Uskunalarni to‘xtatish
2 Jixozlarga ajratish.
Markazdan qochirma nasoslar nasos stansiyasming asosiy jihoz-laridan bo'lib, ular agregat-uzel usuli yordamida ta'mirlanadilar. Agregat va uzellarni ta'mirlash, xizmat ko'rsatish tarmoqlarining markazlashtirilgan bazalarida amalga oshiriladi. Bazalar tarkibi sayyor (ko'chma) va operativ ta'mirlash brigadasidan tashkil topgan bo'ladi. Sayyor ta'mirlash brigadasi 7—10 kishidan iborat. Mexanik jihozlarni ta'mirlash bo'yicha chilangarlar (IV—V razryadli, 2—3 odam); elektr tok kuchi bilan ishlaydigan jihozlarni va elektr ta'minoti tizimi bo'yicha (IV—VI razryadli, 3—4 odam) hamda КИП va avtomatika jihozlarini ta'mirlash bo'yicha chilangarlar (IV—VI razryadli, 2—3 odam). Bu brigada rejalashtirilgan ishlarni bajaradi. Rejalashtirilmagan ishlarni bajarish uchun 4—5 odamdan tashkil topgan operativ brigada tashkil qilinadi.
КИП va avtomatika vositalarining texnologiya va elektronika jihozlarini ta'mirlash, ularning ishlagan vaqtini hamda sinash va o'lchashlarda olingan natijalarni hisobga olinib tuzilgan jadval (grafik) bo'yicha bajariladi. Nasoslar bo'yicha ta'mirlash sikli 20-jadvalda keltirilgan.
Asosiy ta'mirlash — kapital va joriy ta'mirlash bo'lib, ta'mirlash sikllari o'rtasida texnik xizmat ko'rsatish (THK) ishlari bajariladi.
Joriy ta 'mirlash — jihozlaming ishdan chiqishining oldini olish, texnik holatining tezda yomonlashuvini kamaytirish va jihozlaming ish qobiliyatini tiklash uchun kerak. Joriy ta'mirlash ikki ko'rinishda amalga oshiriladi. Ular ishlatiladigan texnik vositalar va ishni bajarish davri bilan farq qiladi. Joriy ta'mirlashning birinchi ko'rinishida nasosning biror-bir bog'lami (uzeli) markazlashtirilgan bazaga olib kelinmaydi. Bog'lam (uzel)ni nasos qopqog'ini ochmay ta'mirlanadi. Joriy ta'mirlashning ikkinchi ko'rinishida nasosni bo'laklarga ajratish (funda-mentdan yechmagan holda) va rotomi rezervdagi yoki ta'mir-langaniga almashtirish bajariladi. Chiqarib olingan rotor markazlashtirilgan bazaga olib kelinadi.
Kapital ta'mirlash — uning asosiy maqsadi jihozlaming ish holatini va resurslarini tiklashdan iborat. Bunda jihozlaming istalgan elementlari almashtiriladi yoki ta'mirlanadi va keyin moslanadi. Nasoslarni kapital ta'mirlash, qoidaga ko'ra, markaz-I lashtirilgan ta'mirlash bazasida bajariladi. Fundamentni ta'mirlash, qaytadan montaj qilish va keyin imga nasosni montaj I qilish sayyor (ko'chma) brigada tomonidan amalga oshiriladi. Jihozlar avariya sababli ishlamaganda rejalashtirilmagan ta'mirlash ishlarini bajarish kerak bo'ladi. Buni sayyor brigada tarkibi-dagi xodim bajaradi.
Ta'mirlash siklining davom etish me'yorlari asosiy va yordam-chi nasoslarni ikki ta'mirlash o'rtasidagi ishlash vaqti quyida keltirilgan:
А B
Ikki texnik xizmat ko'rsatish (THK)
orasidagi vaqt, soat 700—1000 700
Bu ham ikki joriy ta'mirlash o'rtasidagi
birinchi ko'rinish 4200—6000 4200
ikkinchi ko'rinish 8400—12000 -
Ta'mirlash siklining davom etish vaqti,
yillar 5-10 4-5
Izoh: A — HM seriyali magistral va НМП seriyali bosim beruvchi nasoslar; В — yordamchi tizim nasoslari.
HM va НМП seriyali yangi nasoslarning kafolatli xizmat qilish vaqtini ishlab chiqargan korxona belgilaydi. U 2 yildan kam bo'lmasligi kerak. Birinchi kapital ta'mirlashgacha bo'lgan kafolatli ishlash vaqti 8 yildan kam bo'lmasligi kerak. Ularga texnik xizmat ko'rsatish vaxtada turgan xodim (mexanik) tomonidan amalga oshiriladi. Texnik xizmat ko'rsatish quyidagi ishlarni o'z ichiga oladi: flanslar va rezbali ulanishlar holatini; magistral nasos blokidagi ventilatsiya tizimini; yog' blokidagi yog'ni; rotor nasosi zichlgini; ko'taruvchi va ta'mirlovchi moslama qurilmalarining ish holatini tekshirish.
Birinchi joriy ta'mirlashda, texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha rejalashtirilgan barcha ishlar bajariladi. Joriy ta'mirlashning birinchi ko'rinishida podshipniklar holati, tishli nasos muftasimng holati tekshiriladi va muftaning yog'lovchisi almashtiriladi. Joriy ta'mirlashning ikkinchi ko'rinishda oldingi bajanlgan hamma operatsiyalarni bajarish bilan bir qatorda, rotor, sirpanuvchi va shar ko'rinishidagi podshipniklarni almashtirish bilan nasosni ochish, detallarning holatidan qat’iy nazar, val bo'yicha yangi vkladish o'rnatish kabi ishlar bajariladi.
Kapital ta'mirlashda sirpanuvchi val, tebratuvchi podshipniklar, ishchi g'ildirak, zichlovchi vtulka va boshqalar almash-tiriladi hamda nasos klaponi va quvurlarnirig holati tekshiriladi.
Flansli ulanishlarda va nasosni yechiladigan cho'yan korpusda yorilishlar kuzatilsa, ular yangisi bilan almashtiriladi. Po'lat кофизН nasoslardagi aniqlangan nuqsonlar payvandlash orqali bartaraf etiladi. Bu ishlarni sayyor ta'mirlash brigadasi amalga oshiradi. Shu bilan bir qatorda, kerak bo'lsa, anker boltini almashtirish; nuqsonlar bo'yicha fundamental ta'mirlash; qurilma va nasosni montaj qilish; agregatni markazlashtirish; ortiqcha bosimda gidravlik sinashlar va 24 soat davomida nasosning ishlashini kuzatish kabi ishlar bajariladi.