Buxoro viloyati hududiy



Yüklə 8,88 Mb.
səhifə15/60
tarix07.10.2023
ölçüsü8,88 Mb.
#152828
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60
maruza

Sinov savollari


1. So‘rishning geometrik balandligini aniqlash.
2. Vakuumetrik so‘rish balandligini aniqlash.
3. Nasos sarfini hisoblash formulasi qanday bo‘ladi?
4. Kurakli nasoslarda aylanish soni o‘zgarganda uning boshqa ko‘rsatgichlari qanday o‘zgaradi?

Tayanch iboralar:


So‘rishning geometrik balandligi, monometrik napor, suv haydash va so‘rish balandligi, markazdan qochma nasoslarning quvurda ishlashi.
Mavzu 10
Quvur armaturalarinig maqsadi va belgilanishi.
Reja.

  1. . Berkitish armaturalarini o‘rnatish qoidalari va joylari.

  2. Kranlar, ventillar, zadvijkalar va saqlash klapanlari..

  3. Elektr, gidravlik va pnevmatik armaturalar tushunchasi.

Gaz quvur tarmoqlarining yer usti o‘tishlari: a) balkali, b) vintli.


Suv osti o‘tishlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha reglamentda belgilangan davriylik va talablarga muvofiq ixtisosla shtirilgan tashkilotlar tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim. 1,5 m chuqurlikkacha bo‘lgan o‘tishlar (suv sathining pasaygan davrida) chiziqli ishlatish xizmati xodimlari tomonidan reglament-
ga muvofiq, qoidaga ko‘ra yoz davrida tekshiruvdan o‘tkaziladi. Gaz quvur tarmog‘ining yotqizilishi amaldagi chuqurligi dav-riy ravishda tekshirib turilishi lozim, chunki uning loyihaga nisba-tan kamayishida namlikning muzlashi, qo‘shimcha zo‘riqishlarning vujudga kelishi sodir bo‘lishi mumkin, bunda tarmoqning shikast-lanishlar ehtimoli oshadi. Trassaning yotqizilish chuqurligini tekshirish muddatlari texnik ishlatish qoidalarida belgilangan va quyidagilardan iborat bo‘ladi:
haydalmagan yerlarda – har uch yilda bir martadan kam bo‘lmagan davriylikda;
haydaladigan yerlarda – yiliga bir marta bahorgi ekish ish- laridan oldin;
ko‘chma qumli uchastkalarda va dambalarda – yiliga bir marta.
Nazorat qilish har 500 m oraliqda va trassaning xarakterli nuq-talarida, ayniqsa yer ko‘chishi, yuvilib ketishlar, tuproqning cho‘kishi va hokazolar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylarda amalga oshiriladi.
Avtomobil yo‘llari va temiryo‘llar orqali himoyalash g‘iloflarida (kojuxlarda) yotqizilgan gaz quvur tarmoqlarini tekshirishda yili-ga ikki marta ko‘chma gazoanalizatorlar (gaz tahlil qilish qurilma-
lari) yordamida quvurlar orasidagi kenglikda (makonda) tarmoq-ni qurshab turuvchi havo muhitida uglevodorodlarning bo‘lishi mumkinligi tezkor tahlil qilinishi lozim.
2. Magistral gaz quvur tarmoqlarini chiziqli qismining tarkibiga quyidagilar kiradi:
– ajratishli va lupingli quvurlar tarmog‘i, berkituvchi armatu-rasi;
– tabiiy va sun’iy to‘siqlardan o‘tish joylari;
– gaz o‘lchash stansiyalari;
– gaz bosimini rostlash punktlari;
– tozalash qurilmalari va quvurlar ichini tashxislash vositala-rini qabul qilish va ishga tushirish qismlari;
– kondensat yig‘uvchilar va kondensatni yig‘ish hamda saqlash qismlari;
– gaz quvurlari tarmog‘iga metanolni kiritish qurilmasi;
– gaz quvurlari tarmoqlarini yemirilishdan saqlaydigan elek-trokimyoviy himoyalash qurilmalari;
– tezkor-texnologik va dispetcherlik aloqa tarmoqlari va in-shootlari;
– telemexanik tizimlarga ega bo‘lgan nazorat qilish va av-tomatika qurilmalari;
– tarmoq iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlash tizimi;
– eroziyaga qarshi va himoyalash inshootlari; chiziqli qismga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan binolar va inshootlar (yo‘llar, vertolyot maydonchalari, chiziqli qism xizmatchilari uchun mo‘ljallangan uylar va boshqalar);
– trassani tanib olish belgilari va trassani bildiruvchi signal belgilari.
Bu obyektlarni ishlatayotganda tasdiqlangan qoidalarga mu-vofiq qabul qilish komissiyasi tomonidan qurilish tugallangandan keyin ularni ishlatish to‘g‘risidagi dalolatnomani imzolanish pay-tidan (momentidan) boshlanadi. Shaharlar va aholi punkt hududlari bo‘ylab o‘tkaziladigan gaz
tarmoqlar quvurlari, quvurlar metalliga yemiruvchi ta’sir ko‘rsata-digan, gaz qazib olish va ransportirovka qiluvchi yoki –40°C dan past haroratgacha sovitilgan gaz quvurlar tarmoqlari uchun ishla-tilishining maxsus qoidalari ishlab chiqilishi lozim. Magistral gaz quvurlar tarmoqlari obyektlariga nisbatan
Gaz quvur tarmoqlari trassasini davriy ravishda ko‘zdan kechirishlari, magistral gaz quvurlarining chiziqli qismini texnik boshqarish boshqarmasi (rus. LTUMG) tomonidan ishlab chiqil-gan va korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan grafik bo‘yicha amalga oshiriladi. Rejalashtirilgan ko‘zdan kechirishlar bir yilda ikki martadan kam bo‘lmagan davriylikda: bahorda va kuzda o‘tkazilishi lozim. Gaz quvur tarmoqlarini ko‘zdan kechirish muddatlari har yili ish-
latilish sharoitlarining o‘zgarishini va ishlatilishi jarayonida to‘plan-gan tajribani hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqilishi lozim. Ko‘zdan kechirishlar, tashish vositalaridan foydalanish yoki piyoda aylanib chiqish bilan bajariladi. Rejalashtirilgan ko‘zdan kechirishlarda quyidagilarni tekshiriladi:
muhofaza zonasi va minimal masofalar zonasi;
suv to‘siqlari orqali o‘tish joylari;
reper belgilari;
jarliklar;
temiryo‘llar va avtomobil yo‘llari;
kran maydonchalari va ehtiyot quvurlarini zaxiralash may-donchalari;
tozalash qurilmalarini qabul qilish va ishga tushirish qismlari;
trassa bo‘ylab yurish joylari va gaz quvurlari tarmoqlariga kelish joylari;
ko‘priklar va suv dambalari;
gaz quvur tarmoqlarini kesib o‘tish joylari;
suv o‘tkazish inshootlari va boshqa inshootlar;
elektr aloqa va elektr uzatishning trassa bo‘ylab ketgan lini-yalari;
kuchlanishli transformator podstansiyalarining holati;
trassani bildiruvchi belgilar va kemalar suzishi uchun zarur bo‘lgan belgilar;
gaz quvurlari tarmoqlarining boshqa tashkilotlar kommu-nikatsiyalari bilan kesilishi (elektr uzatish liniyalari, neft mahsu-lotlari quvurlari tarmoqlari va boshqalar);
muhofaza zonasida va minimal masofalar zonasida ruxsat berilmagan ishlarning bajarilishi (gaz quvurlari tarmoqlari orqali jihozlanmagan o‘tish joylarining bo‘lishi).
Ko‘zdan kechirish jarayonida gaz quvur tarmoqlarining alo-hida qismlarini, uchastkalarini yoki boshqa obyektlarning holatini texnik jihatdan baholash maqsadida texnik vositalar va asbob-uskunalarni qo‘llash bilan turli xil tekshiruvlar o‘tkazilishi mum-kin. Bu tekshiruvlar jarayonida gazning sizib chiqishi, korrozion
va erozion shikastlanishlari, darz ketishlar va metallning boshqa nuqsonlari aniqlanishi lozim. Zarur bo‘lgan hollarda avariya va avariya oldi holatlarini aniqlash maqsadida metallning mexanik zo‘riqishlari, deformatsiyalari, gaz quvur tarmoqlar uchastkalari-ning siljishlari o‘lchanadi, boshqa nosozliklar va nuqsonlar aniq-lanadi. Ustunlarning, mustahkamlash joylarining, fundamental asoslarining va boshqa konstruktiv elementlarni, gaz quvur tarmoq-larining chiqish joylarining texnik holati albatta tekshirilishi
zarur. Gaz quvur tarmoqlarining obyektlari yaqinida, minimal maso-falar zonasida, shuningdek shleyflar va texnologik kommunikat-siyalarning muhofaza zonalarida boshqa kommunikatsiyalar bi-lan kesishish joylarida joylashgan uchastkalarida maxsus apparaturani qo‘llagan holda har kvartalda bir martadan kam
bo‘lmagan davriylikda gaz sizib chiqishini aniqlashga tekshirish-lar o‘tkazilishi lozim.

Yüklə 8,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin