Buxoro viloyati hududiy



Yüklə 8,88 Mb.
səhifə20/60
tarix07.10.2023
ölçüsü8,88 Mb.
#152828
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60
maruza

EGXA funksional sxemasi. EGXA ni avtomatik ishga tushirish. EGXAni normal va avariyali to'xtatish
GHA ishga tushirish. Boshqarish qurilmasi GHA ni ishga tushirish bo'yicha ikkita variantini amalga oshirish imkohiyatini ko'zda tutadi — yuklanmagan va yuklangan.
Yuklanmagan holatdagi ishga tushirishda bosim beruvchi moslama uning bo'shlig'idagi bosim atmosferanikiga teng bo'lganda (K5 jo'mrak ochiq) aylana boshlaydi, yuklanish esa g'alayonlashtiruvchi qurilmaning yuritmali elektrodvigateli (ED) (bunda elektrodvigatel sinxron aylanish chastotasiga erishadi) ulangandan va ishga tushirilgan yog'lash nasosi (ITN) to'xtatilgandan keyin boshlanadi.
Yuklangan holatda ishga tushirishda — bosim beruvchi moslama asosiga gaz bosimi ostida ishga tushirisb - elektrodvigatel ulanishga qadar bosim beruvchi moslamaga yuklanadi: uning ulama joyiga jo'mraklarni ulanishi va bosim beruvchi moslama bo'shlig'i gaz bilan to'ldirilishi orqali. Boshqarish nuqtai nazaridan elektrodvigatellar ulanishga qadar jo'mraklarni ulanishi yuklangan holatda ishga tushirishning ijobiy onlaridan biri bo'lib hisoblanadi, chunki bu narsa barcha unchalik ishonchli bo'lmagan operatsiyalarni (jo'mraklarni boshqarish bo'yicha) qo'zg'almas bosim beruvchi moslama bo'lgan paytda bajarishga imkon beradi. Shuning uchun GHA ni ishga tushirish bekor qilinganda, masalan, jo'mraklardan birining ulanishiga imkon bo'lmasa, u holda yuritmali elektrodvigatelni tarmoqqa ulash yoki undan uzish amalga oshirilmaydi.

Elektroyuritmali markazidan qancha bosim beruvchi moslamaning soddalashtirilgan texnologik sxemasi.

Natijada yuklamali elektrodvigatelni ulash (ishga tushirish) umumiy soni kamayadi, bu esa juda muhim ahamiyatga ega, chunki har bir ishga tushirish jarayoni elektrodvigatelning yaroqsiz holga olib kelishini tezlashtiradigan mos holdagi dinamik va termik yuklamalar bilan bog'langan. GHA ni ishga tushirishdan oldin hamma ishga tushirishgacha bo'lgan shartlar bajarilgan bo'lishi kerak, ya'ni ularni nazorat qilish GHA barcha mexanizmlarining boshlang'ich holatini qamrab oladi: «nosozlik» signalining mavjud emasligi, boshqarishning barcha bo'g'inlaridagi tezkorlikning paydo bo'lishi bunga misol bo'ladi. GHA ni ishga tushirishga tayyor ekanligi SBP va JBSH lardagi yashil lampalar orqali signal beriladi. Ishga tushirishgacha bo'lgan shartlarga quyidagilar. sxemaning barcha qismlarida kuchlanish va jo'mraklarning boshlang'ich holatining mavjud ekanligi tegishli.


GHA ishga tushirish JBSH yoki SBP dan beriladigan buyruq bo'yicha amalga oshirilib, bunda bir vaqtning o'zida ishga tushiriluvchi yog'lash nasosi ITN va zichlashtiruvchi nasoslardan (ZN) biri tarmoqqa ulanadi va natijada ular yog' baki (YOB) dan yog'ni olib, uni y( g moylash (YOM) va yog' zichlashtirish (YOZ) tizimiga uzatadi.
Yog' uni moylash bakini 6,0 kPa gacha ko'tarilgandan keyin va gaz-yog' bosimining tushishi 1,0 kPa ga yetgandan keyin GHA ishga tushirishni avtomatik tarzda amalga oshirish bo'yicha operatsiyalarning bajarilishi uchun avtomatik tizimdan buyruq beriladi. Agar 240 soniya vaqt davomida yog' moylash bosimi ko'tarilmasa va gaz-yog' bosimining tushishi o'rnatilmasa, u holda GHA barcha mexanizm-lari va qurilmasining awalgi holatiga qaytarish bilan to'xtatishga buyruq beriladi (tugallanmagan ishga tushirish deb ataladi).
Bosim beruvchi moslamaning yuritmali portlashdan himoyalangan dam beruvchi elektrodvigateli bo'lganida ishga tushirishning birinchi bosqichidan oldin elektrodvigatelga dam berish bosqichi qo'llaniladi.
Yuritmali elektrodvigatelni ishga tushirish bosqichi uning tokni ulash-uzish kalitini tarmoqqa ulashdan boshlanadi. Asinxron rejimdagi ishga tushirgichning elektrodvigateli g'alayonlantiriladigan qurilmaga ulangandan keyin sinxronlashishga intiladi. Asosiy yoglash nasosi (AN) ishga tushirilishi natijasida yog'moylash bosimi Rs>12,0 kPa gacha ko'tariladi, undan keyin ishga tushiriluvchi moylash nasosi to'xtatiladi. Agar ulash-uzish kalitini ulashdagi vaqtdan I TIN to'xtaguncha 25 soniya dan ortsa, u holda GHA to'xtatiladi.
GHA ishga tushirish jarayoni K3his (yuklanmagan holatda ishga tushirishda) jo'mragi berkitilgandan keyin yoki ITN to'xtatilgandan keyin (yuklangan holatda ishga tushirish) КЗ jo'mragini berkitish bilan tugalianadi. Agar KZ jo'mragi 120 soniya vaqt davomida berkitilmasa, u holda «tugallanmagan ishga tushirish» signali beriladi. Bu holda ishga tushirishni bekor qiluvchi buyruq berilmaydi, chunki GHA da ishga tushirish bo'yicha deyarli barcha operatsiyalar bajarilgan bo'ladi. КЗ jo'mragi avtomatik tarzda qo'shilmagani uchun uni masofadan yoki qo'l bilan berkitish mumkin. GHA ishga tushirish КЗ jo'mragi bilan tugalianadi.

Yüklə 8,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin