Haydaladigan suyuqlikni turiga ko'ra nasos stansiya xonasidagi minimal havo almashinishi
Haydaladigan suyuqlik
|
Bir soat davomida havo almashinishlar soni (marta)
|
Oltingugurt birikmalari bo'lmaganda
|
Oltingugurt birikmalari bo'lganda
|
Neft
|
6,5
|
10
|
Benzin
|
6,0
|
8,0
|
Etillangan benzin
|
13,5
|
13,5
|
Kerosin, dizel va motor yoqilg'isi, bitum va mazut
|
8
|
10
|
Surkovchi yogiar, parafin (erituvchisi bo'lmaganda)
|
3,5
|
5,5
|
Eslatma: Havo almashinishilar soni shartli ravishda balandligi 6 metr bo'lgan xona uchun ko'rsatilgan. Balandligi past bo'lgan xonalar uchun balandligining har bir metriga kamayishida havo almashinishlar soni 15 foizga ortadi.
Nazorat savollari.
1. Nasos va kompressor stansiyalari jihozlari va inshootlariga nimalar kiradi.
2. Klimatik sharoitlarning kompressor va nasos stansilarini loyihalashga ta’siri.
3. Nasos va kompressor stansiyalariga umumiy ta’rif.
Mavzu №3 Nasoslarning texnologik jihozlarining tarkibi.
Reja.
1 Jarayon va uni tartibga solish
2 Asosiy va yordamchi asbob uskunalar.
Nasos va kompressor stansiyalar joylashish o‘rni gidravlik hisoblar orqali aniqlanadi. Quyida nasos va kompressor stansiyalarning joylashish o‘rnini aniqlashdagi asosiy qonuniyatlarni qarab o‘tamiz.
Neft va neft mahsulotlarini quvurlar orqali haydayotgan vaqtda nasos stansiyalar orqali hosil kilingan bosim suyuqliklarning harakatida hosil bo‘lgan ishqalanish kuchini engishga sarf bo‘ladi. SHunga mos ravishda solishtirma energiya balansi formulasini quyidagicha yozish mumkin
n Hst = hr + Z2 – Z1
bunda: n - nasos stansiyalar soni;
Nst = (P1 - R2)/ρ - bitta stansiyada hosil qilingan bosim;
r - haydalayotgan suyuqlik zichligi;
P1 - nasos stansiyalardan chiqishdagi bosim;
R2 - nasos stansiyalarga kirishdagi bosim;
Z1, Z2 - neft quvuri boshlanishi va oxiriga mos keladigan geodezik sath belgisi;
hr - quvurdagi bosim yuqolishi
Nasos stansiyalarining umumiy soni (1) formula orqali aniqlanadi.
ADSORBSIYA - suyuqlikning adsorbent sirtida yig‘ilishi. Adsorbent sifatida xlorli kalsiy, o‘yuvchi natriy qattiq va granular ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Sanoatda odatda alyumogel yoki boksit ishlatiladi.
ABSORBSIYA - namlikni absorbent bilan so‘rib olinishi. Gazlarning kimyoviy tarkibiga qarab, ularni kuro‘tishda turli xil absorbentlar ishlatiladi. Uglevodli gazlar uchun xlorli kalsiy, xlorli litiy, glitserin, dietilenglikol, trietilenglikol va boshqalar ishlatiladi. Gaz qisman quritilib, masalan quritish kalonnasining pastki qismida quritilgan gaz yuqoriga harakatlanadi, bu erda adsorbent sepiladi va gazdagi suyuqlikni o‘ziga yutadi. Quritilgan gaz o‘z yo‘nalishida davom etadi, absorbent esa regeneratsiya, ya’ni absorbentni qayta tozalashga yuboriladi.
PAST HARORATLI SEPARATSIYA - Gazni sovutganda undagi namlik mayda tomchilar ko‘rinishida ajralib chiqadi. Gaz tozalangandan keyin uning hajmi keskin ortiriladi va harorat pasaytirilib, uning tarkibidagi mayda suv tomchilari ajratib olinadi.
Agar bosim etarli bulmasa va gaz drossellanganda kerakli haroratgacha tushirilmasa separatsiya uchun dietilenglikol yoki boshqa obserbentlar qo‘shilidi.
Sovutish tizimi - bosqichlar orasida gaz sovutish uchun va moyni sovutish uchun qo‘llaniladi.
GRADIRNI - uning vazifasi gaz yoki moyni sovutish uchun ishlatilgan suvni sovutish. Odatda gazomotokompressorlarni sovuishda suv oldin moyni, kompressor silindrini so‘ngra ishchi silindrni sovutishga uzatiladi. CHunki sovuq suvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizigan ishchi silindrga uzatib bo‘lmaydi.
Texnologik sxema bilan ishlash
Nazorat savollari.
1. Nasoslar deb nimaga aytiladi.
2. Hajmiy nasoslarga qanday nasoslar kiradi.
3. Nasoslar klasifikatsisini tushuntiring.
4. Porshenli va markazdan qochma nasoslarning matimatik nazariyasi va uni yaratish ustida ishlagan olimlar.
Dostları ilə paylaş: |