Buxoro viloyati hududiy



Yüklə 8,88 Mb.
səhifə14/60
tarix07.10.2023
ölçüsü8,88 Mb.
#152828
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60
maruza

Mavzu№ 9
Quvurlarning korroziyasi haqida tushuncha.
Reja.

  1. Quvurlar izolyatsiyasi,

  2. Korroziyning turlari.

  3. Korroziyaga qarshi kurash choralari.

Qazib olingan gaz konlaridan boshlang‘ich kompressor stansiyalar orqali tarmoqli magistral quvurlar yordamida uzoq masofaga tashishda oxirgi magistral nuqtasining ishlab chiqarish joylariga va iste’mol qilish joylariga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan yuqori bosimli quvurlar mo‘ljallangan tarmoqli shoxobchalar.


Siqilgan uglevodorod gazlarini (propan, butan va ularning ara-lashmalarini) 45°C haroratda to‘yingan bug‘larining qayishqoqligi 1,6 MPa dan ortiq bo‘lmagan boshqa siqilgan uglevodorodlarni tashish uchun mo‘ljallangan magistral quvurlar tarmoqlariga ularni ishlab chiqarish joylaridan (tabiiy va sun’iy uglevodorod gazlarini siqish zavodlaridan) iste’mol qilish joylarigacha (qabul qilish va uzatish bazalari, gaz quyish bekatlari, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari, portlar, gaz tarqatish stansiyalari, jo‘natish
bazalari) bo‘lgan quvurlar tarmoqlari va shoxchalanishlari kiradi.
Magistral gaz quvur tarmoqlariga quyidagi obyektlar kiradi: (1.1-rasm): gaz qazib olish joyida gaz yer qatlami bosimining ta’siri ostida quduqlardan yig‘uvchi individual gaz quvurlari bo‘ylab gaz to‘plash punktlariga keladi, bu yerda u birinchi marta o‘lchanadi va zarur bo‘lgan hollarda redutsiyalanadi. Gaz
to‘plash punktlaridan gaz qazib olish va gaz to‘plash kollektoriga, u bo‘ylab esa bosh inshootga – gazni majmuaviy tayyorlash qurilmasiga (rus. UKPG) yo‘naltiriladi, bu yerda gaz tozalanadi, suv-sizlantiriladi, ikkinchi marta o‘lchanadi va tovar konditsiyasi holatiga keltiriladi. Bosh kompressor stansiyasida gaz gaz maydalashagregatlari bilan nominal ishchi bosimigacha (7,5 MPa) siqiladi, so‘ngra esa magistral gaz quvurlari tarmog‘ining chiziqli qismiga keladi. Gaz quvurlari tarmog‘ining chiziqli qismiga chiziqli arma-
tura bilan magistral quvurlar tarmog‘ining o‘zi, tabiiy va sun’iy to‘siqlardan o‘tish joylari, texnologik aloqa va elektr uzatish liniyalari, trassa bo‘ylab o‘tgan va trassaga keluvchi yo‘llar, himoyalash inshootlari, oraliq iste’molchilarga ajralish shoxobchalari, suv va kondensat to‘plagichlar, elektrokimyoviy himo yalash tizimi kiradi. Magistral gaz quvurlari tarmog‘ining chiziqli qismiga, shu- ningdek, lupinglar, ehtiyot quvurlarini zaxiralash omborlari, vertolyot maydonchalari va chiziqli qismda ishlaydigan ta’mirlovchi-aloqachilar uchun mo‘ljallangan uylar kiradi. Magistral gaz quvurlari tarmog‘ining yer usti obyektlariga kompressor stansiyalari va gaz taqsimlash stansiyalari kiradi. Kompressor stansi-yalari yonida, qoidaga ko‘ra yashash posyolkasi quriladi. Kom-pressor stansiyalari gidravlik hisob-kitoblarga muvofiq bir-biridan 120–150 km uzoqlikda joylashadi. Katta diametrli (1220–1420) magistral gaz quvurlari (MG) tarmog‘ining kompressor stansi-yalarida (KS) gazni siqish hozirgi kunda, qoidaga ko‘ra, oshiril-gan foydali ish koeffitsientiga ega bo‘lgan gazoturbina dvigateli
GPA–TS-16A, GPA-TS-25 va GPU–16A gaz haydash agregatlari bilan amalga oshiriladi.

1.1-rasm. Magistral gaz quvur tarmoqlarining tarkibi:
1 – gazni qayta ishlash zavodi (GPZ); 2 – hisobga olish uzeli;
3 – kompressor stansiyasi; 4 – redutsiyalash stansiyasi; 5 – gazni
siqish stansiyasi; 6 – yer osti gaz ombori; 7 – avtomobilga gaz
to‘ldirish kompressor stansiyasi (AGNKS); 8 – ajralishlar; 9 – dyuker;
10 – elektrokimyoviy himoya EXZ; 11 – suv o‘zani; 12 – operatorlik
punkti; 13 – dispetcherlik-boshqarish punkti; 14 – ajratuvchi zulfinlar
(zad vijkalar); 15 – ishlab chiqarish ta’minoti bloki; 16 – temiryo‘l va
avtomobil yo‘llaridan o‘tish joylari; 17 – intellektual qo‘yilma.
Kompressor stansiyasining tiplashgan maydonchasidagi binolar va inshootlarning qurilish yechimi 1.1-jadvalda keltirilgan, bunda obyektlarning nomerlari kompressor stansiyasining bosh planiga mos keladi ( GPA–TS-16A yoki GPA-TS-16S tipidagi 7 ta agregat-lar) 1.2-rasm.




1



Kompressor agregatlari maydonchasi

2



Gaz tozalash qurilmasi

3



Gazni sovitish qurilmasi

4



Gazni tayyorlash qurilmasi

5



Gazni havo bilan sovitish apparatlari

6



Siqilgan havoni kompressiyalash inshooti

7



Yoqilg‘i moylash materiallari ombori

8



Yoqilg‘i quyish punkti

9



Qozonxona

10



Ishlab chiqarish – energetika bloki (rus. PEB)

11



Avariyali dizel elektrostansiyasi

13



TP 10/0.4

14

Kichik gabaritli avtomobil gaz to‘ldirish kompressori stansiyasi
(rus. AGNKS)



15



Metanol ombori

16

Oshxona va dispetcherlik punkti bilan xizmat ko‘rsatish-eksplu-
atatsiya bloki (rus. SEB)



17



Zaxira dvigatellar ombori bilan garaj – ta’mirlash bloki

18



Oshxonaning qo‘shimcha binosi

19



Materiallar va balonlarni saqlash bloki qurilmasi

20

Yerto‘la-ombor



21



ZRU

22



Alohida joylashgan isitiladigan omborxona

23



Mashinalarni yuvish joyi – tozalash inshootlari bilan

24



15 ta mashina uchun isitilgan qo‘yish joyi

25



Ko‘pikli-yong‘in o‘chirish qurilmasi

26



Maishiy-xo‘jalik oqovalari kanalizatsion-nasos stansiyasi (KNS)

27



Yomg‘ir suvlarini tozalash inshooti

28



Yomg‘ir suvlari kanalizatsion-nasos stansiyasi (KNS)

29



Vodoprovod tozalash inshooti (rus. VOS)

30

Bosh pasaytiruvchi podstansiya (rus. GPP)

Bosh rejada ko‘rsatilgan:


– kompressor agregatlarining maydonchasi gazni haydash qurilmalarini va moy drenajining yer ostidagi sig‘imini (idishini) o‘z ichiga oladi;
– gazni tozalash qurilmasi changtutkich (GP-628 tipidagi) va gaz kondensatini to‘plash sig‘imi blokini o‘z ichiga oladi;
– gazni sovitish qurilmasi gazni havo bilan sovitish apparatlari – AVO bilan jihozlangan;
– gazni tayyorlash qurilmasi gazni tayyorlash binosi, isitkich, yoqilg‘i uchun mo‘ljallangan va jo‘natiladigan gaz hamda gazni regeneratsiyalashni isitish blokidan tarkib topgan;
– yoqilg‘i moylash materiallari ombori moy haydash nasos-larini, 2x25 m 3 sig‘imli rezervuarlar blokini, dizel yoqilg‘isi uchun mo‘ljallangan 10 m 3 sig‘imli rezervuarni, nasosli quduqni o‘z ichi-ga oladi;
– yoqilg‘i quyish punkti yoqilg‘i quyish «orolchalaridan»(2 ta), dizel yoqilg‘isi (2 ta) va benzin (2 ta) uchun mo‘ljallangan 10 m 3 sig‘imli yer osti gorizontal rezervuarlarining filtrlari joylashgan quduqdan tarkib topgan;
– qozonxona tutun chiqish trubasi, yumshoqlashtirilgan suv baki, tuzni ho‘l holda saqlash bunkeri va sovitadigan quduq bilan jihozlangan;
– vodoprovod-tozalash inshooti (rus. VOS) nasos stansiyasini, suv zaxirasi rezervuarlarini (2 ta) va 2 ta yutuvchi filtrnio‘zida taqdim qiladi.
Kompressor stansiyasi maydonchasining tasnifi 1.2-jadvalda
keltirilgan.

1.2. jadval


Kompressor stansiyasidan tashqarida radio relyef stansiyasini (RRS) va vertolyotlarning uchish-qo‘nish maydonchasini (rus. PPV), artezian quduqlari maydonchasini, kanalizatsiya-to-
zalash inshootlari maydonchasini (rus. KOS), yong‘in xavfsizligi deposini, buyurtmachi bazasini joylashtirish ko‘zda tutiladi, bularning barchasi kompressor stansiyasi obyektlari majmuasiga kiradi.
Xuddi asosiy ishlab chiqarish belgilanishidagi obyektlar kabi yordamchi belgilanishdagi obyektlar ham, qoidaga ko‘ra, karkas tipida, g‘isht va panellardan, to‘suvchi konstruksiyalar bilan quri-ladi, ba’zi bir inshootlar esa g‘ishtdan quriladi. Gaz taqsimlash stansiyalarida kelayotgan gaz qo‘shimcha ra-
vishda suvsizlantiriladi, tozalanadi, yuqori bosimgacha redutsiya-lanadi (shahar gaz quvurlari tarmoqlari klassifikatsiyasi bo‘yicha 1,2 MPa), odorizatsiyalanadi, o‘lchanadi va alohida iste’molchilar yoki ularning guruhlari quvurlar tarmoqlari bo‘yicha taqsimlanadi

Yüklə 8,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin