Integral mikrosxemalar. Reja



Yüklə 63 Kb.
səhifə1/5
tarix05.05.2023
ölçüsü63 Kb.
#108035
  1   2   3   4   5
Integral mikrosxemalar


Integral mikrosxemalar.


Reja:
1. Umumiy ma’lumotlar
2. Pardali va gibrid mikrosxemalar
3. Yarim o’tazgichli IMSlar
Tayanch iboralar: Integral mikrosxema (IMS), IMS asosiy xususiyati, IMS elementi va komponentasi, Pardali, gibrid va yarim o’tkazgichli IMSlar, Integral mikrosxema elementlarini izolyatsiyasi, Planar va planar – epitaksial texnologiyada yasalgan tranzistorlar, Raqamli va analog IMSlarning murakkablik darajasi (integratsiya darajasi), Analog IMSlari.
3.1. Umumiy ma’lumotlar
Integral mikrosxemalar elektr asboblarning sifat darajasidagi yangi turi bo’lib elektron qurilmalarning asosiy negiz elementi hisoblanadilar.
Integral mikrosxema (IMS) elektr jihatdan o’zaro bog’langan elektr radiomateriallar (tranzistorlar, diodlar, rezistorlar, kondensatorlar va boshqalar) majmui bo’lib, yagona texnologik tsiklda bajariladi, ya’ni bir vatqning o’zida yagona konstruktsiya (asos)da ma’lum axborotni qayta ishlash funktsiyasini bajaradi.
IMSlarning asosiy xossasi shundaki, u murakkab funktsiyalarni bajarish bilan birga kuchaytirgich, trigger, hisoblagich, xotira qurilmasi va boshqa funktsiyalarni ham bajaradi. Xuddi shu funktsiyalarni bajarish uchun diskret elementlarda mos keluvchi sxemani yig’ish talab qilinardi.
IMSlar uchun ikki asosiy belgi mavjud: konstruktiv va texnologik. Konstruktiv belgisi shundaki, IMSning barcha elementlari asosiy asos ichida yoki sirtida joylashadi, elektr jihatdan birlashtirilgan va yagona qobiqga joylashtirilgan bo’lib, yagona hisoblanadi. IMS elementlarining hammasi yoki bir qismi va elementlararo bog’lanishlar yagona texnologik tsiklda bajariladi. Shu sababli integral mirosxemalar yuqori ishonchlilikka va kichik tannarxga ega.
Hozirgi kunda yasalish turi va hosil bo’ladigan tuzilmaga ko’ra IMSlarning uchta printsipial turi mavjud: yarim o’tkazgichli, pardali va gibrid. Har bir IMS turi konstruktsiyasi, mikrosxema tarkibiga kiradigan element va komponentlar sonini ifodalovchi integratsiya darajasi bilan xarakterlanadi.
Element deb biror elektroradioelement (tranzistor, diod, rezistor, kondensator va boshqalar) funktsiyasini amalga oshiruvchi IMS qismiga aytiladi va u kristall yoki asosdan ajralmagan konstruktsiyada yasaladi.

Yüklə 63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin