Integral mikrosxemalar. Reja



Yüklə 63 Kb.
səhifə3/5
tarix05.05.2023
ölçüsü63 Kb.
#108035
1   2   3   4   5
Integral mikrosxemalar

3.3. Yarim o’tazgichli IMSlar
Tranzistorning ishlatilish turiga ko’ra yarim o’tkazgichli IMSlarni bipolyar va MDYa IMS larga ajratish qabul qilingan. Bundan tashqari, oxirgi vaqtlarda boshqariluvchi o’tishli maydoniy tranzistorlar yasalgan IMSlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu sinfga galliy arsenidida yasalgan IMSlar, zatvori Shottki diodi ko’rinishida bajarilgan maydoniy tranzistorlar kiradi. Hozirgi kunda bir vaqtning o’zida ham bipolyar, ham maydoniy tranzistorlar qo’llanilgan IMSlar yaratish tendentsiyasi belgilanmoqda.
Ikkala sinfga mansub yarim o’tkazgichli ISlar texnologiyasi yarim o’tkazgich kristallini galma – gal donor va aktseptor kiritmalar bilan legirlash (kiritish)ga asoslangan. Natijada sirt ostida turli o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan yupqa qatlamlar, ya’ni n–p–n yoki p–n–p tuzilmali tranzistorlar hosil bo’ladi. Bir tranzistorning o’lchamlari enigi bir necha mikrometrlarni tashkil etadi. Alohida elementlarning izolyatsiyasi yoki r-n o’tish yordamida, yoki dielektrik parda yordamida amalga oshirilishi mumkin. Tranzistorli tuzilma faqat tranzistorlarni emas, balki boshqa elementlar (diodlar, rezistorlar, kondensatorlar) yasashda ham qo’llaniladi.
Mikroelektronikada bipolyar tranzistorlardan tashqari ko’p emitterli va ko’p kollektorli tranzistorlar ham qo’llaniladi.
Ko’p emitterli tranzistorlar (KET) umumiy baza qatlami bilan birlashtirilgan bir kollektor va bir necha (8-10 gacha va ko’p) emitterdan tashkil topgan. Ular tranzistor – tranzistorli mantiq (TTM) sxemalarni yaratishda qo’llaniladi.
Ko’p kollektorli tranzistor tuzilmasi ham, KET tuzilmasiga o’xshash bo’ladi, lekin integral – injektsion mantiq (I2M) deb ataluvchi injektsion manbali mantiqiy sxemalar yasashda qo’llaniladi.
Diodlar. Diodlar bitta r-n o’tishga ega. Lekin bipolyar tranzistorli IMSlarda asosiy tuzilma sifatida tranzistor tanlangan, shuning uchun diodlar tranzistorning diod ulanishi yordamida hosil qilinadi. Bunday ulanishlarning beshta varianti mavjud. Agar diod yasash uchun emitter – baza o’tishdagi r-n o’tish qo’llanilsa, u holda kollektor – baza o’tishdagi r-n o’tish uziq bo’lishi kerak.
Rezistorlar. Bipolyar tranzistorli IMSlarda rezistor hosil qilish uchun bipolyar tranzistor tuzilmasining biror sohasi: emitter, kollektor yoki baza qo’llaniladi. Emitter sohalari asosida kichik qarshilikka ega bo’lgan rezistorlar hosil qilinadi. Baza qatlami asosida bajarilgan rezistorlarda ancha katta qarshiliklar olinadi.

Yüklə 63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin