“Soliq to‘lovchilarga nol darajali stavkani qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini qaytarish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga (ro‘yxat raqami 1807, 2008-yil 16-may) RASMIY ShARH 1. Soliq to‘lovchilarga nol darajali stavkani qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini qaytarish
to‘g‘risidagi nizomning (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) 4-bandiga muvofiq soliqlardan qarzi bo‘lmagan korxonaga qo‘shilgan qiymat
solig‘i (bundan buyon matnda QQS deb yuritiladi) summasini qaytarish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi korxonaning bank hisob
raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiradi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 23-moddasiga asosan soliqlarga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4) aksiz solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
10) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
3. QQS summasini qaytarish usullari va ketma-ketligi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 227-moddasida belgilab berilgan va
Nizomning 2-bandida aks ettirilgan:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 207-moddasiga asosan to‘lanishi kerak bo‘lgan QQS summasini qoplash;
korxonaning boshqa soliqlardan bo‘lgan qarzlarini qoplash;
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 228-moddasiga muvofiq soliq to‘lovchilarning bankdagi hisob raqamlariga pul mablag‘larini
o‘tkazib berish.
4. Nizomning 17-bandiga muvofiq davlat soliq xizmati organlari, Moliya vazirligi QQSning ortiqcha summasini qaytarishga rad javobini
berish to‘g‘risida, jumladan, soliq to‘lovchining soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq qarzdorligi mavjud bo‘lgan holatda, qaror qabul
qilishga haqli.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Nizomga muvofiq boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikning mavjud bo‘lishi
QQSning ortiqcha summasini soliq to‘lovchining bankdagi hisob raqamiga qaytarishga majburiy ravishda rad javobini berish uchun asos
bo‘lmaydi.
Nizomning 15-bandida soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yozma murojaati bo‘yicha QQSning ortiqcha
summasini qaytarish soliq to‘lovchining Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda
budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasi oldidagi qarzlarini so‘ndirishga, shuningdek yetkazib beruvchi korxonalar soliq bo‘yicha qarzlarni
hamda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda budjetdan tashqari Maktab ta’limi
jamg‘armasi oldidagi qarzlarini so‘ndirish orqali tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun ularga soliq to‘lovchining to‘lovlarini (shu jumladan bo‘nak
to‘lovlarini) to‘lash hisobiga amalga oshirilishi mumkinligi nazarda tutilgan.