O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirishlar 1. Qarorning nomidan va 1-bandidan “kredit uyushmalari,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. Nizomda:
a) nomidan, muqaddimadan, 1-banddan, 3-bobning nomidan, 6 va 7-bandlardan “kredit uyushmalari,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
b) 4-bandda:
ikkinchi xatboshidan “kredit uyushmasi,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mikrokredit tashkilotidan mikrokredit tashkilotlari ustav fondining belgilangan eng kam miqdorining bir foizigacha bo‘lgan miqdorida
jarima undirish;”;
v) 5-banddan “kredit uyushmasi,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
(11-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son) Oldingi tahrirga qarang. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish
qoidalariga
11a-ILOVA
NAMUNA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING QARORI O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi PQ-4400-son “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga
muvofiq qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.