Mavzuni boshlashdan oldin o‘qituvchi o‘quvchilarga: - eshik- ni yop, - derazani och, - deb buyruq beradi va qanday mazmundagi gap aytgani to‘g‘risida o‘quvchilarga savol beradi. Iltimos mazmunini bildirgan gap ham tuziladi va mavzu ochib beriladi.
topshiriq (animatsiya)da matn beriladi.
Matn ostida «Darak gap», «So‘roq gap» sarlavhalari beriladi. Sarlavhalar yonida doirachada ranglar berilib, o‘quvchi topshiriqni bajarish uchun shu ranglar foydalanadi. Buning uchun gaplar rangsiz tasmada bo‘ladi. Darak gapni ajratish uchun o‘quvchi sarlavha yonidagi rangni tanlab, gapning boshini belgilaganda gapning tasmasi shu rangga bo‘yaladi. Faqat oxirgi gap har ikkala guruhga kirmaydi. Qoida bilan tanishtirilgandan so‘ng «Buyruq gap» sarlavhasi va rangi paydo bo‘ladi va oxirgi gap tasmasi shu rangga bo‘yaladi. VAQT - BEBAHO BOYLIK Inson uchun eng qimmatli boylik vaqtdir. Donishmandlar vaqtni oltindan ham qimmat deb bilganlar. Vaqlni inson foydasiga qanday xizmat qildirish mumkin? Vaqtni inson manfaatlariga xizmat qildirishning yagona уo`li- doimo ezgu maqsadlar bilan yashash, ilm va kasb-hunarlarni о‘rganish, el-u yurtga halol xizmat qilishdan iboratdir.