Buyruq loyihasi



Yüklə 25,15 Kb.
tarix15.10.2023
ölçüsü25,15 Kb.
#155629
BUYRUQ LOYIXA


Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti
BUYRUQ LOYIHASI


19.09.2023 yil Fargona shahar


Institutda ta’lim sifatini muntazam o‘rganishni

tashkil etish va uni baholab borish bo‘yicha ishchi

guruhi ish faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida


Institutda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun talablari asosida ta’lim sifati va samaradorligini muntazam baholash, professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tilayotgan darslarning (ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari) sifatini muntazam va tizimli o‘rganish maqsadida


B U Y U R A M A N:
1. Institutda professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tilayotgan darslarning (ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya) sifatini muntazam va tizimli o‘rganish, ularning baholab borish maqsadida quyidagi tarkibda doimiy ishlovchi ishchi guruhi quyidagi tarkibda tasdiqlansin:

  1. Sh.Xamdamova – O‘IB prorektori, ishchi guruh raisi;

  2. U.Qaxxorov – O‘UB boshlig‘i, a’zo;

  3. A.Xoshimov – TSNQB boshlig‘i, a’zo;




  1. Ishchi guruh a’zolariga quyidagi vazifalar yuklatilsin:

  • professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tilayotgan darslarning (ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari) sifatini professor-o‘qituvchi darsining ta’lim sifatiga baho berish varaqasi asosida muntazam va tizimli o‘rganishni tashkil qilish;

  • darslardagi talabalarning davomatlari, professor-o‘qituvchilar tomonidan darslarni o‘z vaqtida va muntazam o‘tkazilishini nazorat qilish;

  • professor-o‘qituvchilar tomonidan darslarni uzilish holatlari qayd etilgan taqdirda tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha taqdimnomalar kiritish;

  • ta’lim sifatini o‘rganish bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni muntazam ravishda institut rektoriga kiritishni tashkil etish.
  1. Fakultet dekaniga:


- har haftaning shanba kuni ta’lim sifatini oshirish va mustaqil ta’limni tashkil etishga bag‘ishlangan master klasslarni tajribali professor-o‘qituvchilarni jalb qilgan holda muntazam tashkil etilishi belgilab o‘tilsin.

- 2023-yil 22-sentabrga qadar master klasslarni tashkil etish bo‘yicha fakultet rejasi ishlab chiqilib, fakultet dekani tomonidan tasdiqlanib, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limiga topshirish vazifasi yuklatilsin.

  1. Master klasslar tashkil etilishini monitoring qilib borish O‘quv uslubiy boshqarma hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatib o‘tilsin.

  2. O‘rganishlar asosida darslarning ta’lim sifati va monitoring natijalari bo‘yicha umumiy ma’lumotlarini institut rektoriga kiritish belgilab qo‘yilsin.

  3. Mazkur buyruqning nazorati O‘IB prorektori Sh.Xamdamova zimmasiga yuklatilsin.


Buyuruq loyihasi tayyorlovchi, A.Xoshimov
TSNQB boshlig’i
Yüklə 25,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin