Buyuk Britaniya, ingl. Great Britain


O’zbeknston — B. B. munosabatlari



Yüklə 417,5 Kb.
səhifə6/6
tarix18.09.2023
ölçüsü417,5 Kb.
#144928
1   2   3   4   5   6
Buyuk Britaniya

O’zbeknston — B. B. munosabatlari. O’zR bilan B. B. o’rtasidagi savdoiqtisodiy hamkorlik 1993 y. noyabrda O’zR Prezidenti I. A. Karimovning B. B.ga qilgan tashrifi chog’ida imzolangan „Savdoiqtisodiy hamkorlik to’g’risida“, „Kapital qo’yilmalar sarflanishini rag’batlantirish va o’zaro himoya qilish haqida“ hamda „Ikki yoqlama soliq solinishiga yo’l qo’ymaslik to’g’risidagi shartnomalarga asoslanadi.
1996 y. yakunlariga ko’ra B. B. O’zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tovar aylanmasi hajmi bo’yicha 2-o’rinda turadi (Germaniyadan keyin). O’zbekistondan B. B.ga paxta tolasi, qimmatbaho toshlar, qora metallar, volfram va ulardan yasalgan buyumlar yuborilsa, B. B.dan mexanik va elektr asbobuskunalar, qandshakar va qandolat mahsulotlari, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, mineral yoqilg’i, farmatsevtika mahsulotlari, shu jumladan dori-darmon, qog’oz va karton, mebel, optik priborlar va apparatlar, tamaki, sut mahsulotlari, kimyoviy birikmalar, noorganik kimyo mahsulotlari va b. keltiriladi.
O’zR 1992 y.da jahon paxta savdosi me’yorlari va qoidalarini muvofiqlashtirib turadigan muhim nohukumat tashkiloti — Liverpul paxta uyushmasiga a’zo bo’ldi. O’zbekiston shu uyushma bilan birgalikda mamlakatimizda paxtani sertifikatsiyalashning xalqaro tizimini joriy etish bo’yicha ish olib bordi.
Keyingi yillarda ikkala mamlakatning turli darajalardagi delegatsiyalari o’zaro tashriflari natijasida hamkorlik tobora yaxshilana bordi. 1994 y. 14 okt.da Londondagi asil metallar bozori uyushmasi Zarafshon affinaj (oltin tozalash) zavodiga eng maqbul oltin quymalar maqomini tasdiqlovchi sertifikat berdi, bu esa O’zbekistonning tamg’asi butun dunyoda eng yuqori sifat belgisi ekanini bildiradi. 1996 y. okt.da esa mazkur uyushma huzurida yuqori sifatli kumush quymalar ishlab chiqaruvchi Olmaliq konmetallurgiya k-ti vakolatxonasi rasmiylashtirildi.
1997 y. 4—12 okt. kunlari Toshkentda „Britaniya festivali“ o’tkazildi. Festival dasturi doirasida B. B.ning 30 ga yaqin kompaniyasi mahsulotlari ko’rgazmasi, „Britaniya qirollari xonadoni merosi“ ko’rgazmasi, to’qimachilik mashina uskunalari va me’morlikka bag’ishlangan seminar o’tkazildi, B. B. filmlari namoyish qilindi va h.k.
O’zbekiston—Britaniya savdo va sanoat kengashining majlislari muntazam ravishda o’tkazilib turibdi. Bu majlislarda iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari, savdo-sotiq, iqtisodiyot va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Ayrim yirik firma, kompaniya va banklar o’rtasidagi hamkorlik ham rivojlangan. „British Eyrveyz“ kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga binoan 1992 y. 31 dek.dan boshlab „O’zbekiston havo yo’llari“ milliy aviatsiya kompaniyasining samolyotlari haftasiga 4 marta Londonga qatnab turibdi.
1994 y.da „O’zbekiston havo yo’llari“ milliy aviatsiya kompaniyasi B. B. transport departamenti bilan kelishib, Toshkent—Manchester—Toshkent o’rtasida muntazam reyslar bajarish huquqini oldi.
„O’zyog’-moytamakisanoat“ uyushmasi xorijiy sarmoya yordamida o’z korxonalarini yangilab va ta’mirlab, jahon andozalari darajasiga yetkazish maqsadida „Kraun“ kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi. Shartnomaga binoan Qo’qon yog’moy k-tini ingliz sarmoyasi hisobiga qayta qurib, asbobuskunalarini zamonaviylashtirishga kirishildi.
O’zbekistonda tamaki sanoatini rivojlantirish uchun tamaki bargi yetishtirish, uni qayta ishlash va sigareta i. ch. Bo’yicha „British Ameriken Tobakko“ kompaniyasi bilan qo’shma korxona barpo etish to’g’risidagi bitimga muvofiq 232 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag’ sarflandi. Bu mablag’ asosan Toshkent tamaki fkasini, Urgut tamaki fermentatsiyasi fkasini rekonstruksiyalash va modernizatsiyalashga, Samarqand tamaki fkasini qurishga, ijtimoiy tadbirlarga va mutaxassislar tayyorlashgaishlatildi. Toshkent tamaki fkasida „Saraton“ va „Xon“ sigaretalarini i. ch. Yo’lga qo’yilgan.
1996 y. oxirida Surxondaryo viloyatining Xandiz konida rangli metallarni qidirish haqida „Oxus Resonrses Corporation“ korporashyasi bilan dastlabki bitim imzolandi. Bitimga ko’ra, B. B. firmasi yil davomida o’z mablag’i hisobidan konni uzilkesil o’rganishi, rangli metallarni kompleks qazib olishni tashkil etishga oid texnikaviyiqtisodiy asoslamalarni tayyorlashi, so’ngra taxm. 100—150 mln. AQSH dollari qiymatiga ega bo’lgan loyiha asosida qo’rg’oshin, rux, mis, kumush qazib chiqaradigan qo’shma korxona barpo etishi lozim. 1997 y.ning 10 iyulida B. B.ning mazkur korporatsiyasi bilan Navoiy viloyatidagi Aristantov va Balpantov konlarini o’rganib, aniqlash to’g’risida ham dastlabki bitim imzolandi. O’zbekiston g’arbiy qismida geol. Ma’lumotlarini birgalikda o’rganish borasida ham hamkorlik o’rnatilgan.
O’zR Qishloq va suv xo’jaligi vazirligida „Meredit Jons“ kompaniyasi bilan paxta seleksiyasi, uni yetishtirish va qayta ishlashning ilg’or usullari asosida ishlaydigan agrofirma barpo etish rejasi mavjud. Farg’ona viloyati Yozyovon tumanining 11 xo’jaligini o’z ichiga oladigan bu firma paxta hosildorligini ko’paytirishga, tola sifatini oshirishga va tuproq unumdorligini yaxshilashga olib borishi lozim.
„O’zbektelekom“ konserni „Jeneral Plassi Telekommunikeyshnz“ („JiPiTi“) kompaniyasi bilan birgalikda Toshkent uchun zamonaviy raqamli aloqani tashkil etuvchi „Buzton“ qo’shma korxonasini barpo qildi. Bu loyiha muassislar mablag’i, shuningdek eksport kreditlarni kafolatlash departamenti sug’urtasi asosida olingan kredit hisobidan ta’minlandi.
O’zR Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki B. B.ning 5 ta banki bilan va xorijiy banklarning Londondagi 11 ta bo’limi bilan vakillik munosabatlari o’rnatdi. „Barklayz Bank“ tijorat to’lovlari bo’yicha asosiy vakil hisoblanadi. Navoiy viloyatidagi oltin konini o’zlashtirish bo’yicha „NyumontZarafshon“ loyihasi amalga oshirilishi Milliy bank bilan „Barklayz Bank“ qo’shma faoliyatining yo’nalishlaridan biri bo’ldi. „Barklayz Bank“ 161 mln. fransuz franki (salkam 32 mln. AQSH dollari miqdoridagi) kreditni „Sosyete Jeneral“ banki bilan birgalikda yangi „Metropol“ mehmonxonasi qurilishi uchun 10 y. muddatga, ikkinchi kreditni 1,7 mln. AQSH dollari miqaorida Toshkent to’qimachilik k-tiga B. B.ning „Krosrol“ firmasi yuboradigan asbobuskunalar haqini to’lash uchun berdi.
Toshkent sh. hokimligining kapital qurilish bosh boshqarmasi „Handy Hayl“ firmasi bilan birgalikda diplomatiya korpusi xodimlari, xorijiy firmalarning vakillari yashaydigan 22 ta 2 qavatli kottej qurishni mo’ljallagan. Bu yerda kichik supermarket, kafe, bar, 2 ta tennis korti bo’ladi (1998).
O’zRda B. B. sarmoyasi ishtirokidagi 115 ta korxona mavjud, shundan 34 tasida ingliz kapitali 100 % ni tashkil etadi. B. B.ning 36 ta firmasi vakolatxonasi rasmiylashtirilgan.

Adabiyotlar


  • O’zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Toshkent arxitektura qurilish instituti qoshidagi akademik litsey iqtisodiy fanlar kafedrasi


1-11 guruh

Mustaqil ish

Mavzu: Buyuk Britaniya

Bajardi:______________


Tekshirdi:______________
Toshkent - 2014
Yüklə 417,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin