Buyuk Britaniyada ish haqi o'sishining o'rtacha ulushi
«Pensiya» so‘zi lotincha «pension» – to‘lov so‘zidan olingan. Tarixda ilk pensiya Rim imperiyasida Yuliy Tsezar tomonidan to‘langan. Shuningdek, hazrati Umar (raziyallohu anhu) xalifaligi davrida ham odamlarga nafaqa to‘lash joriy qilingan. O‘rta asrlarda pensiya birinchi marta 1673 yil Fransiyada harbiy dengiz floti zobitlariga to‘langan. 1790 yil Buyuk fransuz revolyutsiyasi paytida «Pensiya to‘g‘risida» qonun qabul qilingan. Unga ko‘ra, yoshi 50 dan oshgan va 30 yil mehnat staji bo‘lgan davlat xizmatchilari pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan.
1825 yilda Prussiyada davlat amaldorlariga pensiya to‘lash uchun ilk pensiya fondi tuzildi.
Ommaviy pensiya to‘lash. Kim qachondan boshlagan?
Ommaviy tarzda barchaga pensiya to‘lash tartibi Germaniyada 1889 yildan boshlangan. Keyinchalik bu tartib Yevropaning boshqa davlatlarida ham joriy qilinadi. Jumladan, Daniyada 1891 yil, Yangi Zelandiyada 1898 yil, Avstraliyada 1908 yil, Buyuk Britaniyada 1908 yil, Fransiyada 1910 yil, Niderlandiya va Shvetsiyada 1913 yildan boshlab ommaviy pensiya to‘lash tizimiga o‘tilgan.
Ilk pensiyalar pensiya sug‘urtasini to‘lagan holda ishlab keksaygan, boquvchisini yo‘qotgan, ish jarayonida nogiron bo‘lganlarga to‘langan.
Ommaviy pensiya to‘lash tizimi keyinchalik Italiyada 1919 yil, Kanadada 1927 yil, AQShda 1935 yilda joriy etiladi.
Yaponiyada 1942 yil joriy etilgan pensiya to‘lash tizimi biroz o‘tib mamlakat II jahon urushida qatnashayotgani sabab to‘xtatilib, 1954 yildan boshlab qayta yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda «qariyalar o‘lkasi» Yaponiya YaIM hajmining 2 foizini pensiya to‘lovlari uchun ajratadi. Chunki bu mamlakatda qari fuqarolar soni juda ko‘p. Shu sabab ayollar 65 yoshdan, erkaklar esa 70 yoshdan pensiyaga chiqishga majbur.
Pensiya to‘lash tizimi Janubiy Amerikada: Chili va Urugvayda 1928 yil, Braziliyada 1934 yil, Ekvadorda 1935 yil, Peruda 1936 yil, Venesuelada 1940 yil, Panama va Kosta-Rikada 1941 yil, Meksika va Paragvayda 1943, Kolumbiyada 1946 yil, Dominikanda 1947 yil, Salvador va Boliviyada 1949 yilda joriy qilingan.
Osiyo davlatlarida pensiya to‘lash tizimlari boshqa qit'alarnikidan boshqacharoq. Masalan, Xitoy va Hindistonda pensiya hanuzgacha faqat davlat xizmatida ishlab keksaygan, nogiron bo‘lgan va boquvchisini yo‘qotgan shaxslarga to‘lanadi. Oddiy fuqarolarga pensiya to‘lanmaydi. Hindistonning har bir shtatida alohida pensiya qonunchiligi amal qiladi.
Dostları ilə paylaş: |