Mayyalar – Kolumbgacha boʻlgan Amerika xalqlari ichida oʻz yozuviga ega boʻlgan yagona xalq edi. Ularning yozuvi, tadqiqotchi olimlarning tasdiqlashicha, Qadimgi Misr, Shumer va Akkad yozuvlariga oʻxshab ketadi. Mayyalar anchagina boy kutubxonaga, oʻzlarining quyosh taqvimiga ega boʻlishgan. Ularda astronomik bilimlar ham shakllangan boʻlib, Quyosh va Oyning tutilishini oldindan aytib bera olishgan. Ispanlarning qurol-aslahadagi ustunligi va mayya shahar-davlatlari oʻrtasidagi oʻzaro kelishmovchiliklar bu yerlarda ispan hukmronligining oʻrnatilishini tezlashtirdi.

XVI asrning 30 – 40-yillarida hozirgi Ekvador, Peru va Boliviya, keyin esa Chili va Argentina hududlari zabt etildi. Bu yerlarda kechua va ink qabilalarining anchagina taraqqiy etgan davlatlari mavjud boʻlib, ulardan baʼzilari konkistadorlarga katta matonat va jasurlik bilan qarshilik koʻrsatdilar. Masalan, Peruning zabt etilishi 40 yildan ziyodroqqa choʻzildi.

Shu davrdan boshlab mustamlakachilikning mohiyati oʻzgaradi. Konkistadorlar bosib olingan yerlarni xoʻjalik yuritish maqsadida oʻzlashtirishdan voz kechadilar. Endi koʻchib kelgan ispanlar uchun zarur hamma narsa “Yangi Dunyo”ning oltini va kumushi evaziga Yevropadan keltiriladigan boʻldi.