TA’LIM Prezident maktablarining tashkil etilishi Xalq ta’limi tizimidan 790 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning boshqaruvi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar agentligi ILM 2021-yildan OTMlarga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yosh uchun Prezident granti joriy etildi.
Prezident stipendiyasi grant mablag‘lari 4 yil davomida to‘lab boriladi.
IELTS, TOEFL, GMAT va SAT kabi imtihonlarda maksimal ballning kamida 75%i to‘plagan yoshlarning imtihon xarajatlari to‘liq qoplab beriladi
Kasb-hunar hamda tadbirkorlik ko’nikmalariga o‘qitish orqali maxsus sertifikat olgan yoshlarga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past stavkada mikrokreditlar ajratilmoqda. Bu kreditlar 7 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan beriladi. maktab o‘quvchilari va oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida «Bo‘lajak olim» tanlovining tashkil qilindi/
Magistraturada o‘qiydigan barcha xotin-qizlarning to‘lov kontrakt pullari byudjet hisobidan to‘lab beriladi. Talaba xotin-qizlar uchun 7 yil muddatga foizsiz ta’lim kreditlarini berish tartibi joriy qilindi. 2021-yilda 45 million dollar ajratildi.
ТИНЧЛИКНИ АСРАШ, ТИНЧЛИК УЧУН КУРАШИШ – БАХТИЁР ҲАЁТНИНГ АСОСИЙ МЕЗОНИ
Tinchlikni asrash va himoya qilishga qaratilgan faoliyat ta’lim sohasidagi natijadorlikning amaliy-pragmatik asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
O‘g‘il-qizlarimiz xalqaro fan olimpiadalari, ijodiy festival va tanlovlarda yuqori o‘rinlarni egallamoqda, mamlakatimiz va xorijdagi nufuzli oliygohlarga kirib o‘qish huquqini qo‘lga kiritdi
2020-yilda iqtidorli o‘quvchilarimiz xalqaro olimpiadalarda 4 ta oltin, 18ta kumush, 30 ta bronza medalini qo‘lga kiritgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.
TINCHLIK BEBAHO NE’MAT, ULUG’ SAODATDIR
Ogoh va sergak bo’lish, eng asosiy boyligimiz bo’lgan va biz haqli ravishda faxrlanadigan ko’p millatli xalqimizning birdamligi va tinchligini ko’z qorachig’idek asrash hamda yanada mustahkamlash O’zbekistonni o’z Vatani, deb biladigan har bir insonning muqaddas burchidir