Byudjet daromadlarini byudjetlararo oqilona taqsimlash
yo’llari
M.A.Sharapova
Sh.Ergasheva
TMI
Annotatsiya: Ushbu maqolada mamlakatimizda
daromadlarni byudjetlararo
oqilona taqsimlash yo’llari, xususan soliqlarni byudjetlararo taqsimlash va byudjet
daromadlarini maqsadli tarsfertlar shaklida taqsimlash yollari yoritilgan.
Kalit so’zlar: daromad, byudjetlararo munosabat, soliq, subvensiyalar, o’tkazib
beriladigan daromadlar, dotatsiya, byudjetlararo o’zaro
hisob-kitoblar, maqsadli
ijtimoiy transfertlar
Ways of rational inter-budgetary distribution of state budget
revenues
M.A.Sharapova
Sh.Ergasheva
TFI
Abstract: This article examines the ways of rational inter-budgetary distribution
of income in our country, in particular, inter-budgetary
distribution of taxes and
distribution of budget revenues in the form of targeted transfers.
Keywords: income, inter-budgetary relations, taxes, subventions, transfer
income, subsidies, inter-budgetary settlements, targeted social transfers
KIRISH
Mamlakatimizda erkin bozor munosabatlarini
yuzaga kelishi va bozor
iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish jarayonida, raqobatning kuchayib borishi
davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirishga bo’lgan yangicha
yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Respublikamizda
amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida milliy iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini oshirish va makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash
maqsadida davlat moliyasi tizimini mazmun va sifat jihatdan zamon talablari asosida
takomillashtirish zarurati kelib chiqmoqda.
Mahalliy byudjetlar mahalliy hokimliklarni o’z vazifalarini
amalga oshirishda
moliyaviy dastak hisoblanib, ularning moliyaviy mustaqilligi ushbu hududlarni
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1782
rivojlantirishga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Hududlarni rivojlantirish borasida fikr yurita
turib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev “hududlarni barqaror
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni moliyalashtirish uchun
mahalliy byudjetlarning
mablag’lari yetarli emas” deya ta’kidladilar [1].
Mahalliy byudjetlarning mustaqilligini oshirish va daromad bazasini
mustahkamlash, qo’shimcha daromad manbalarini aniqlash, shuningdek,
ijtimoiy
loyihalarni amalga oshirish uchun qo’shimcha manbalarni jalb etish bo’yicha
ko’rilayotgan chora-tadbirlar Davlat byudjeti parametrlarining ijro etilishiga ijobiy
ta’sir ko’rsatdi. Bugungi kunda hududlarning real imkoniyatlaridan kelib chiqib,
yechimini kutayotgan mavjud muammolarni va joylardagi ishlarning haqiqiy holatini
o’rgangan holda ishlab chiqilgan kelgusi yil mamlakatning asosiy makroiqtisodiy
ko’rsatkichlari
prognozlari, byudjet daromadlari va xarajatlari parametrlari, ularni
byudjetlararo taqsimlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
Davlat byudjeti daromadlarini byudjetlararo taqsimlash,
mahalliy byudjetlarni
samarali boshqarish masalalari xorijlik olimlardan E.A.Morozova, Y.N.Lyubimsev,
O.G.Bejaev, X.V.Bogovlarning ilmiy ishlarida o’rganilgan[2-5].
Shuningdek,
O’zbekiston
Respublikasi
davlat
byudjet
daromadlarini
shakllantirish, ularni byudjetlararo taqsimlash usullari, mahalliy byudjetlarning
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati respublikamiz iqtisodchi
olimlaridan T.Malikov, N.Xaydarov, Sh.Toshmatov, A.Jo’raev, Q.Usmonov
A.Islomqulovlarning ishlarida yoritilgan[6-10].
Shunday bo’lishiga qaramasdan, byudjet daromadlarini byudjetlararo taqsimlash
mexanizmi masalasi yuqoridagi iqtisodchi-olimlarning
ilmiy izlanishlarida maxsus
mustaqil tadqiqot obyekti sifatida tahlil etilmagan.