Byudjet daromadlarini byudjetlararo oqilona taqsimlash yo’llari



Yüklə 382,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix11.11.2022
ölçüsü382,94 Kb.
#68646
1   2   3
3648-Article Text-7196-1-10-20220529

Tahlillar va natijalar 
Davlat byudjeti daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, 
mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish shakli, ularni 
byudjetga undirish metodlari va hokazolarga muvofiq tasniflanishi (klassifikatsiya 
qilinishi) mumkin.
Soliqlar byudjet daromadlarini salmoqli qismini tashkil etar ekan, ularni 
byudjetlar o’rtasida taqsimlanishi haqida iqtisodchi olimlarning fikrlarini ko’rib 
o’tamiz.
Professor Sh.A.Toshmatov, mahalliy byudjetga soliq tushumlarini oshirishga 
yo’naltirilgan bir qator tadbirlarni keltirib, unda soliqlarni turli darajadagi byudjetlar 
o’rtasida taqsimlash tizimini mahalliy hokimiyatlarning soliq tushumlarini 
maksimallashtirishdan manfaatdorligini ta’minlash kontekstida takomillashtirish 
bo’yicha fikr mulohazalarni berib o’tadi. Shuningdek, hududiy soliq salohiyatni 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1783


baholash va mahalliy soliqlarni undirish mexanizmini takomillashtirish zarurligini 
ilgari suradi[7] . 
A.X.Islamqulov respublikamizda davlat byudjeti daromadlari barqarorligi, turli 
darajadagi byudjet daromadlari mutanosibligini ta’minlash maqsadida markaziy va 
mahalliy davlat hokimiyatlarining moliya-byudjet, byudjet-soliq sohalarida 
vakolatlarini aniq belgilab olish lozimligini ta’kidlaydi. Bunda muallif byudjet 
tizimining bo’g’inlari o’rtasida daromad vakolatlari va xarajat majburiyatlarini optimal 
taqsimlash tizimini mahalliy byudjetlar barqarorligini ta’minlash gorizontida amalga 
oshirishni ilgari suradi[[8].
Q.A.Usmonov esa, byudjet daromadlarini rejalashtirishning ahamiyati to’g’risida 
to’xtalib, hozirgi kunda byudjet daromadlarini rejalashtirish uchun zarur ma’lumotlar 
bazasini yetarli va sifatli darajada shakllantirish hamda bu boradagi huquqiy hujjatlarni 
qayta ko’rib chiqish va byudjet daromadlarini rejalashtirish jarayoni tartibi, usuli, 
muddati hamda ishtirokchilar vazifalarini aniq ko’rsatib beruvchi huquqiy hujjat qabul 
qilish lozimligini ilgari suradi[9] .
Byudjet daromadlarini byudjetlararo taqsimlash natijasida byudjetlararo 
munosabatlar yuzaga keladi. 
T.Malikov, O.Olimjonovlarning fikricha “Byudjetlararo munosabatlar - davlat 
hokimiyat organlari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari o’rtasida 
munosabatlardir” [6]. 
Respublikamizda markaziy darajada byudjetlararo munosabatlar tizimi nisbatan 
barqarorlashtirilgan bo’lsa-da, mahalliy darajadagi byudjetlararo munosabatlar 
tizimida echimini kutayotgan muammolar mavjuddir. Ayniqsa nisbatan iqtisodiy 
salohiyati yuqori bo’lgan hududlarimizda, manzilli byudjet transfertlariga ehtiyojmand 
tuman va shaharlarimizning mavjudligi ushbu sohadagi islohotlarni tizimli ravishda 
kuchaytirishni talab qilmoqda. 
1-rasm. Mahalliy byudjetlar daromadlarining tarkibi 
Amaliyotda mahalliy byudjetlari daromadlari o’z daromadlari, biriktirilgan 
daromadlari, tartibga soluvchi daromadlari va moliyaviy transfertlardan tashkil topadi 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1784


(1-rasm). Mahalliy byudjetlarning o’z daromadlarini yetishmasligi biriktirilgan va 
tartibga soluvchi daromadlardan foydalanishga sabab bo’ladi. 
Mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishda bir byudjetdan boshqa 
byudjetga muayyan maqsadda yoki maqsadni ko’rsatmagan holda mablag’larning 
o’tkazilishini o’zida ifodalovchi byudjetlararo transfertlar muhim ahamiyatga ega. 
Demak, byudjetlararo transfertlardan foydalanish byudjetni tartibga solishning asosiy 
maqsadi bo’lgan mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi 
muvozanatni ta’minlashga qaratilgan. Xorijiy tajribani o’rganish byudjet amaliyotida 
umumqabul qilingan ikkita usul faol qo’llanilishini ko’rsatmoqda. Birinchi usul 
byudjetning har bir darajasiga soliq solinadigan bazalarni biriktirish yoki barcha 
daromadlarni safarbar qilish va keyinchalik quyi byudjetlarga taqsimlash tartibida 
daromad manbalarini byudjet tizimining bo’g’inlariga qarab taqsimlashni o’z ichiga 
oladi. Ikkinchi usul esa byudjet tizimi byudjetlarining yuzaga keladigan vertikal 
nomutanosibligi masalalarini hal qilishga qaratilgan transfertlar shaklida grantlar 
ajratishni o’z ichiga oladi.
Byudjet tizimi rivojlanishining yangi bosqichi mahalliy byudjetlarning 
mustaqilligini ta’minlash va moliyaviy nomarkazlashtirish masalalarida mahalliy 
hokimiyat organlarining vakolatlarining kengayishi bilan izohlanadi. 2017 yildan 
boshlab daromadlar bazasini mustahkamlash, mahalliy byudjetlarning moliyaviy 
mustaqilligini ta’minlash siyosati doirasida mahalliy byudjetlarning nisbiy 
ko’rsatkichlari mutlaq ko’rsatkichlar oshgani sayin sezilarli darajada pasaya boshladi. 
2018-2021 yillarda davlat byudjeti daromadining o’sish sur’atlari mahalliy 
byudjetlar daromadlarining o’sish sur’atlaridan yuqori bo’lgan. Bunday holat 
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish nuqtai nazaridan ijobiy holat hisoblanadi 
(2-rasm). 
 
2-rasm. Davlat byudjeti tarkibida mahalliy byudjetlar daromad va xarajatlari 
ulushining o’zgarishi [10] (foizda) 
Tahlil qilingan davrda mahalliy byudjetlar daromadlarining davlat byudjeti 
daromadlari tarkibidagi ulushi 2019 yilda 31,3 foizni va 2021 yilda 18,4 foizni tashkil 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1785


qilmoqda. Bu holat bir tomondan, mahalliy byudjet daromadlarining xarajatlariga 
mutanosib emasligini ko’rsatsa, ikkinchi tomondan, mamlakatda ijtimoiy soha 
taraqqiyotiga ustuvor ahamiyat berilayotganligidan darak beradi. O’z navbatida, 
byudjet qonunchiligiga ko’ra, mahalliy byudjetlar taqchillik bilan moliya yilini 
yakunlashiga yo’l qo’yilmaydi. Shu munosabat bilan moliyaviy transfertlar orqali 
mahalliy byudjetlarning taqchilligi qoplanib kelinmoqda. 
Soliqlarning byudjet tizimi byudjetlariga biriktirilishida aholi soni, zichligi va 
soliq to’lovchilar soni inobatga olinadi. Ushbu mezonlar asosida quyi turuvchi 
byudjetlar daromadi xarajatlarini qoplash uchun yetmasa, shuningdek, respublikada 
ijtimoiy 
ne’matlarning 
adolatli 
taqsimlanishiga 
erishishda 
byudjetlararo 
mutanosiblikni ta’minlash dastaklaridan foydalaniladi. Respublikada iqtisodiy 
islohotlar natijasida mahalliy byudjetlar: viloyat hamda tuman va shaharlar mahalliy 
byudjetlari daromad vakolatlari belgilab berildi. Shundan kelib chiqib, mahalliy davlat 
hokimiyati organlarining ushbu soliqlarni to’liq va o’z vaqtida tushishi uchun qulay 
ishbilarmonlik muhitini yaratib, ular bo’yicha ortiqcha tushumlar ta’minlashidan 
manfaatdorligi kuchaytirildi.
Umumdavlat soliqlarining (yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i, jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz va b.) bir 
qismi qonunchilikda belgilangan normativ me’yorlar asosida mahalliy byudjetlarga 
o’tkaziladi. Umumdavlat soliqlaridan ajratma me’yorlarining o’zgarib turishi mahalliy 
byudjetlar moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shu bois, qo’shilgan 
qiymat solig’i, daromad solig’i, foyda solig’idan tushumlarni ulushli tarzda mahalliy 
byudjetlarda qoldirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Soliq vakolatlarining hukumatning turli bo’g’inlari o’rtasida taqsimlanishi 
byudjetlararo munosabatlarni tashkil etishda muhim o’rin egallaydi. Shuni ta’kidlash 
joizki, daromadlarning davlat hokmiyatining turli bo’g’inlari o’rtasida taqsimlanishi 
xarajat vakolatlarini nomarkazlashtirish tamoyilidan kelib chiqadi hamda mos 
ravishda, hududiy va mahalliy hukumat organlarining funksiyalarini kengaytirish 
orqali amalaga oshiriladi.
Bunda hukumatning turli bo’g’inlari o’rtasida soliqli daromadlarning ma’lum 
turlarini to’liq biriktirib qo’yish bilan muammo hal etilmaydi. Aksariyat hollarda, 
soliqli daromadlarni va soliq vaoklatlarini biriktirishning turli sxemalari mavjudligi va 
uni tatbiq etish muammoning yechimi bo’lishi mumkin. 
Soliqlar va to’lovlarni byudjetlar o’rtasida taqsimlanishi natijasida mahalliy 
hokimiyat organlari o’zlarining vakolatlari doirasida mahalliy soliq va yig’imlarni 
tushum darajasini oshirish yo’li bilan daromadlar bazasini oshirishga manfaati 
kuchaydi va mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini hamda yig’uvchanlik 
darajasini solishtirish yo’li bilan mahalliy hokimliklarning faoliyatini real baholash 
imkoniyati paydo bo’ldi. [13] 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1786


1-jadval 
Umudavlat soliqlaridan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahar byudjetlariga ajratmalar me’yori[10] (foizda) 
2018 yilda yagona soliqdan meyoriy ajratma hamma hududlar uchun 100 foiz 
qilib belgilangan (Toshkent shahridan tashqari). 2018 yilda foyda soligʼi 
Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Namangan viloyati va Surxondaryo viloyayatlarida 
100 foiz hududlarning ixtiyorida qoldirilgan boʼlsa, Аndijon (65%), Buxoro (79%), 
Jizzax (81%), Qashqadaryo (32%), Navoiy (92%), Sirdaryo (90%), Fargʼona (85%) va 
Xorazm (83%) viloyatlarida 32-92 foizlarni tashkil etgan va 2019-2020 yillarda 
Toshkent shahar va Toshkent viloyatidan tashqari hamma hududlarda 100 foizni 
tashkil etgan. Jismoniy shaxslarning daromad soligʼidan meʼyoriy ajratma 2018-2020 
yillarda foizgacha Toshkent shahar va Toshkent viloyatidan tashqari hamma 
hududlarda 100 foizni tashkil etgan. QQSdan ajartma esa 2020 yilda faqatgina 
Qoraqalpogʼiston Respublikasida 100 foizni tashkil etgan. 
2020 yil 25 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun 
O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risida” Qonunida Byudjetlararo 
munosabatlarni tartibga solishning, xususani 2021 yil uchun Qoraqalpog’iston 
Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va 
shaharlar byudjetlari daromadlarini shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari 
keltirilgan
1
va unga ko’ra soliqlarning bir necha turlari tumanlar va shaharlar 
byudjetlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyat byudjetlari va Toshkent 
shahar byudjetiga to’liq hajmda o’tkazilishi belgilandi (2-jadval). 
1
O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi “2021-yil uchun O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti 
to’g’risida” O’RQ-657-son Qonuni
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1787


2-jadval 
2021 yilda soliqlarni byudjet darajalari o’rtasida taqsimlanishi [10] 
Byudjet darajalari 
Soliq turlari 
tumanlar va 
shaharlar byudjetlari 
➢ jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i; 
➢ jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i; 
➢ jismoniy shaxslarga tegishli mol-mulkni ijaraga berishdan oladigan yillik daromadi 
to’g’risidagi deklaratsiyaga asosan to’laydigan, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar 
to’laydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
➢ suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan 
to’lanadigan soliq mustasno; 
➢ qurilish materiallari bo’yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq. 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi 
byudjeti, viloyat 
byudjetlari va 
Toshkent shahar 
byudjeti 
➢ yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq; 
➢ yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i; 
➢ elektr stansiyalari tomonidan to’lanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
➢ benzinni, dizel yoqilg’isini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz 
solig’i; 
➢ aylanmadan olinadigan soliq;
➢ qonunchilikda belgilangan miqdorlardagi davlat bojlari (patent bojlaridan va litsenziyalar 
berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari); 
➢ qonunchilikda belgilangan miqdorlarda O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga 
undiriladigan jarimalar; 
➢ ayrim turdagi tovarlarning chakana savdosiga doir huquq uchun yig’imlar; 
➢ qonunchilikda belgilangan miqdorlarda O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga 
undiriladigan boshqa yig’imlar (bojxona organlari tomonidan undiriladigan yig’imlar va 
g’ildirakli transport vositalari, o’ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun undiriladigan 
utilizatsiya yig’imidan tashqari); 
➢ avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududiga 
vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig’imlar; 
➢ qonunchilikda belgilangan miqdorlarda davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulkni 
realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi 
bo’yicha dividendlar (daromadlar) va ajratmalar; 
➢ davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga (ijaraga) berishdan va sotishdan 
qonunchilikda belgilangan normativlar bo’yicha olingan daromadlar; 
➢ mobil aloqa xizmatlari va alkogol mahsuloti, shu jumladan pivo uchun aksiz solig’i bo’yicha 
tushumlar tegishincha 2020 yilning 1 iyul holatiga ko’ra Qoraqalpog’iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahri aholisi sonining respublika aholisi sonidagi ulushiga muvofiq. 
O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 134-moddasida byudjetlararo 
transfertlarning shakllari keltirilgan bo’lib, ular subvensiyalar, o’tkazib beriladigan 
daromadlar, dotatsiyalar, byudjet ssudasi o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar, 
tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar va maqsadli ijtimoiy transfertlar shaklida 
amalga oshiriladi. 
3-jadval 
Byudjetlararo transfertlarning turlari[11] 
Subvensiyalar 
O’tkazib 
beriladigan 
daromadlar 
Dotatsiya 
Byudjetlararo 
o’zaro hisob-
kitoblar 
Transfertlar 
Maqsadli 
ijtimoiy 
transfertlar 
Tartibga soluvchi 
byudjetlararo 
transfertlar 
asosiy 
makroiqtisodiy 
ko’rsatkichlar 
prognozi va 
tegishli 
ma’muriy-
hududiy birliklar 
hududida 
yuqori turuvchi 
byudjetdan quyi 
turuvchi 
byudjetga 
Byudjetlararo 
o’zaro hisob-
kitoblar moliya 
yili mobaynida 
yuqori turuvchi 
byudjetdan quyi 
turuvchi 
byudjetga ta’lim 
qaytarilmaslik 
sharti bilan 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1788


Davlat 
byudjetining 
asosiy 
parametrlari 
tasdiqlanayotgan
da belgilangan 
xarajatlarni 
amalga oshirish 
uchun ajratiladi. 
shakllantiriladiga
n va yuqori 
turuvchi 
byudjetga 
o’tkaziladigan 
daromadlar ular 
qaysi ma’muriy-
hududiy birlikda 
shakllantirilgan 
bo’lsa, o’sha 
ma’muriy-
hududiy birlik 
byudjetiga 
o’tkazib berilishi 
mumkin. 
dotatsiya quyi 
turuvchi byudjet 
xarajatlarining 
rejalashtirilgan 
hajmi 
subvensiyalar va 
o’tkazib 
beriladigan 
daromadlar 
hisobga olingan 
holda mazkur 
byudjet 
daromadlarining 
prognoz qilingan 
hajmidan oshib 
ketgan taqdirda 
ajratiladi. 
byudjetlar 
parametrlari 
o’zgarganda 
yuqori va quyi 
turuvchi 
byudjetlar 
o’rtasida yuzaga 
keladigan o‘zaro 
pul 
munosabatlaridi
r. 
va tibbiyot 
muassasalarinin
g ish haqi va 
ijtimoiy soliq 
bo’yicha 
xarajatlarini 
qoplash uchun 
ajratiladi. 
byudjeti, 
viloyatlar va 
Toshkent shahar 
mahalliy 
byudjetlari, davlat 
maqsadli 
jamg’armalari 
byudjetlari 
xarajatlarining 
tegishli 
daromadlar 
prognozlaridan 
oshgan qismini 
qoplash uchun 
beriladi.
Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan viloyatlar 
mahalliy budjetlari daromadlari tarkibida maqsadli ijtimoiy (tartibga soluvchi 
budjetlararo) transfertlarning ulushini ko’rib chiqamiz. 
4-jadval 
O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan viloyatlar mahalliy budjetlari 
daromadlari tarkibida maqsadli ijtimoiy (tartibga soluvchi budjetlararo) 
transfertlarning ulushi[10] %da 
T/r 
Hududlar nomi 
Maqsadli ijtimoiy 
taransfertlar 
Tartibga soluvchi budjetlararo 
transfertlar 
2018 yil 
2019 yil 
2020 yil 
2021 yil 
1. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi 
34,9 


44,6 
2. 
Andijon viloyati 
40,3 
41,9 
22,0 
27,2 
3. 
Buxoro viloyati 
15,9 


18,5 
4. 
Jizzax viloyati 
35,7 
39,8 
29,9 
28,8 
5. 
Qashqadaryo viloyati 
14,1 

20,5 
38,03 
6. 
Navoiy viloyati 
13,9 



7. 
Namangan viloyati 
44,3 
42,4 
32,7 
39,5 

Samarqand viloyati 
37,7 
43,7 
10,6 
29,3 
9. 
Surxondaryo viloyati 
44,0 
42,3 
32,5 
42,4 
10. 
Sirdaryo viloyati 
33,6 
39,5 
31,4 
41,8 
11. 
Toshkent viloyati 
18,1 



12. 
Farg‘ona viloyati 
39,4 

10,5 
23,9 
13. 
Xorazm viloyati 
36,8 
41,8 
24,6 
30,5 
14. 
Toshkent shahri 




Jami 
29,3 
20,0 
14,5 
26,0 
2019 yilda maqsadli ijtimoiy tarnsfertlar tuman va shahar byudjetlaridan 
moliyalashtiriladigan xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim va sog’liqni saqlash 
muassasalarining yagona ijtimoiy to’lov va ish haqlarini moliyalashtirish uchun 
ajratilgan [12]. 
Globallashuv sharoitida davlat moliyasini boshqarish sohasida olib borilayotgan 
tadqiqotlarda byudjet tizimi byudjetlari daromad manbalarini ilmiy asoslangan holda 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1789


belgilash, soliqlar vositasida byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish, turli 
darajadagi byudjetlar o’rtasida soliqlarni taqsimlash, byudjet transfertlarini ajratishda 
hududlarning byudjet bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga katta e’tibor 
qaratilmoqda. Soliqlar tizimini takomillashtirish orqali byudjetlararo mutanosiblikka 
erishish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqil byudjet-soliq siyosatini 
yuritishini tashkil etish, mahalliy byudjetlarning moliyaviy mustaqilligi darajasini 
oshirish, davlat byudjeti daromadlari va qo’shimcha manbalarini shakllantirishga oid 
samarali fiskal siyosat yuritish, byudjetlararo munosabatlarda soliqlarni ulushli tartibda 
taqsimlash kabi yo’nalishlarda ishlar olib borilmoqda. 
Davlat moliyasini boshqarish tizimini yangi bosqichga olib chiqish va byudjet 
intizomini yanada mustahkamlash, soliq-byudjet tizimining shaffofligini oshirish, 
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’laridan foydalanish samaradorligi 
va natijadorligini oshirish, Davlat byudjetini o’rta muddatli davr uchun 
rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etish hamda O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O’zbekiston 
Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-
tadbirlari to’g’risida” 2019 yil 30 dekabrdagi PQ-4555-son qarori ijrosini ta’minlash 
maqsadida Vazirlar Mahkamasining “2020-2024 yillarda O’zbekiston Respublikasi 
davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish Strategiyasini tasdiqlash 
to’g’risida” qaror qilindi va ushbu qaror bilan 2020-2024 yillarda O’zbekiston 
Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish Strategiyasi 
qabul qilindi. 
2020-2024 yillarda O’zbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish 
tizimini takomillashtirish Strategiyasida davlat byudjeti darajalari o’rtasida 
majburiyatlarni taqsimlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Davlat moliyasini 
boshqarishning yanada oqilona va samarali tizimini ta’minlash maqsadida byudjet 
tizimining byudjetlari o’rtasida ulardan har birining xarajatlar bo’yicha 
majburiyatlarini aniq ajratishni va daromad olish manbalarini mustahkamlashni 
nazarda tutuvchi byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish zarur bo’lib, 
byudjetlararo transfertlar miqdorini hisoblash va ajratishning yagona va shaffof 
uslubiyati joriy etiladi.
Xulosa 
Byudjetlararo munosabatlar o’z mohiyatiga ko’ra davlat moliya tizimining o’zagi 
- byudjetni shakllantirish va amalga oshirish jarayonining alohida bosqichini nazarda 
tutadi. Bu munosabatlarning mazmunini ushbu bosqichning ob’ektiv funktsiyasi, ya’ni 
davlat hokimiyati va boshqaruvini tashkil etish uslubiga adekvat bo’lgan turli 
darajadagi davlat byudjetlari ishtirokida moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash 
belgilanadi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1790


Yuqoridagi holatda umumdavlat soliqlari va boshqa daromadlar, jumladan, suv 
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari 
bo’yicha yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat’iy 
belgilangan soliq, mahalliy ishlab chiqariladigan pivo va o’simlik yog’iga aksiz solig’i, 
davlat bojlari, yig’imlar va jarimalar to’liq hajmda mahalliy byudjetlar daromadlariga 
o’tkazilishi hisobiga yuz bergan. Mamlakatda byudjetlararo mutanosiblikni ta’minlash, 
hududlarning byudjet bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga qaratilgan siyosat 
yuritilishiga qaramay, mahalliy byudjetlar ixtiyoridagi daromadlar ulushi pastligicha 
saqlanib qolayotganini ijobiy baholab bo’lmaydi hamda mahalliy byudjetlar uchun 
yetarli darajada emas. 
Mahalliy byudjetlarning daromadlari barqarorligini oshirish, ular mustaqilligini 
ta’minlash uchun soliqlardan berilayotgan ajratmalar byudjet qonunchiligiga muvofiq 
hududlarning viloyat byudjetida qoldirilmoqda. Qayd etish joizki, mahalliy byudjetlar 
balansligini ta’minlash ular daromadlarining xarajatlariga mutanosib bo‘lishini taqozo 
etadi va xarajatlar tarkibini tahlil qilish, shu asosda ularni optimallashtirish mahalliy 
byudjetlar mustaqilligini oshirishda hal qiluvchi rol o’ynaydi. 

Yüklə 382,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin