Soliqlar va soliqqa tortish



Yüklə 29,18 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü29,18 Kb.
#173584
moliya soliq



Soliqlar va soliqqa tortish


  1. Soliq kodeksiga muvofiq, “Soliqlar” tushunchasiga toʻliq berilgan ta’rifni aniqlang. Soliqlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga yoki Davlat maqsadli jamg‘armasiga Soliq kodeksida belgilangan majburiy xolis to‘lovlardir.


  2. Soliq kodeksida nechta soliq solish prinsiplari belgilangan? 6 ta


  3. Soliqlarning nechta elementi bor? 7 ta


  4. Qaysi vakolatli organ soliq turlarini joriy etish huquqiga ega? O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi.


  5. “Fiskal” soʻzining ma’nosi nima. Xazina


  6. A.Smit tomonidan keltirilgan soliq tamoyillari qaysi qatorda keltirilgan? Tenglik, aniqlik, arzonlik, qulaylik.


  7. Soliqlarning funksiyalari? Fiskal, tartibga solish, rag'batlantirish, nazorat qilish, axborot bilan ta'minlash


  8. “Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lashga majburdirlar” bu jumlalar qayerda qayd etilgan? O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 51-moddasida


  9. “O’zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi” bu jumlalar qayerda qayd keltirilgan? O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 123-moddasida


  10. Qaysi qatorda soliq elementlari to’liq aks ettirilgan? Soliq solish ob'ekti, soliq solinadigan baza, stavka, hisoblash tartibi, soliq davri, soliq hisobotini berish tartibi, to'lash tartibi.


  11. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati nimada? Soliqlar - bu majburiy to'lovlarni ifodalovchi pul munosabatlari.


  12. Soliqlarning tartibga solish funktsiyasi nimani anglatadi? Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shartlarini soliqlar orqali tartibga soladi.


  13. Soliqlarni undirish qaysi organlar vakolatiga kiradi? Soliq xizmati organlari, bojxona xizmati organlari


  14. Soliqqa tortishning qanday usullari mavjud? toʻlov manbaidan deklaratsiya, xabarnoma va kadastr orqali


  15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan ayrim soliq turlari boʻyicha soliq stavkasini kamaytirish qancha muddatga berilishi mumkin? koʻpi bilan uch yil muddatga


  16. Soliqlarga xos belgilarni koʻrsating? majburiyat


  17. Quyidagilarning qaysi biri soliq obyekti hisoblanadi? Daromad


  18. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi qachondan amalga kiritilgan? 2020 yil 1 yanvar


  19. Mahalliy soliqlarga qaysi soliqlar kiradi? Yer solig'i


  20. Soliq to’lovchi bu kim? Soliq kodeksiga muvofiq belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashga majbur bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar.


  21. Soliq imtiyozi bu nima? Soliq qonunchiligining afzalliklari, soliqlarni to'lashdan qochish yoki ularni kamroq miqdorda to'lash imkoniyati.


  22. Soliq sub’ekti bu nima? soliq toʻlashga majbur boʻlgan jismoniy shaxslar


  23. Soliq agenti bu nima? yuridik va jismoniy shaxslardan soliqni ushlab qolish va uni davlat byudjetiga o‘tkazish


  24. Soliq ob’ekti bu nima? soliqqa tortiladigan va soliqqa tortish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi soliq toʻlovchining daromadi, aylanmasi va mulki


  25. Soliq manbai bu nima? soliq toʻlovchi tomonidan toʻlanadigan soliqlar manbai, yaʼni daromad


  26. Soliq bazasi bu nima? soliq ob'ektining soliq stavkasi qo'llaniladigan summa


  27. Soliq qarzi bu nima? Hisoblangan va to‘lanmagan soliqlar, to‘lanmagan moliyaviy sanksiyalar va penyalar summalari


  28. Soliqqa tortish birligi bu nima? bu ob'ektning o'lchov birligi


  29. Soliq stavkasi bu nima? obʼyektning har bir birligi uchun davlat tomonidan belgilangan meʼyor


  30. Soliqqa tortish usullari necha xil ko’rinishda amalga oshiriladi? Kadastr, deklaratsiya va to'lov manbaida soliqqa tortish


  31. Soliq stavkalarini qanday turlarga ajratish mumkin? qattiq, mutanosib, progressiv va regressiv


  32. Bilvosita soliqlar guruhiga qaysi soliqlar kiradi? Qo‘shilgan qiymat solig‘I, Aksiz


  33. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi qaysi guruhga kiradi? To'g'ridan-to'g'ri soliqlar


  34. Foyda soligʻi qaysi soliqlar tarkibiga kiradi? To'g'ridan-to'g'ri soliqlar


  35. Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar qanday soliqlarga bo’linadi. (bilvosita) egri chiziqlar va (bevosita) toʻgʻri soliqlar


  36. To’g’ri soliqlar bevosita daromad oluvchi mulk egasining daromadlaridan (foydalaridan) olinadi. Bunday soliqlarda huquqiy va haqiqiy soliq to'lovchi bitta shaxs bo'ladi.


  37. Egri soliqlar korxona va tashkilotlar faoliyatining moliyaviy yakuniga bog'liq bo'lmaydi. Ular sotilayotgan tovarlar va xizm atlar oborotiga (baohosiga) ustama tarzda belgilanadi.


  38. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentini 29.06.2018 yildagi PF-5468-sonli Farmonning asosiy mazmun va mohiyati nimada? Soliq siyosati konsepsiyasini tasdiqlang va shu asosda strategiya va taktikani belgilang


  39. Soliq kontseptsiyasi? bu soliqlar yoʻnalishlarini aniq ilmiy asosda amalga oshirish gʻoyalari yaxlitligidir


  40. Davlat soliq qo’mitasi tomonidan soliq to’lovchilarning identifikatsiya raqamlarini (STIR)b berish va qo’llash tizimi qachon joriy etildi? 1997 yil 1 aprel.


  41. Jismoniy shaxslar qanday holatda foyda soligʻini toʻlashi mumkin? Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida yillik aylanmasi bir milliard so‘mdan ortiq bo‘lganidan keyin


  42. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining nechanchi moddasida soliqlar tarkibi keltirilgan? 17-modda


  43. Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqning qat’iy belgilangan miqdorlariga nisbatan qoʻllaniladigan 0,7 dan 1,3 gacha pasayib boruvchi yoki oʻsib boruvchi koeffitsientlarni kiritishga qaysi vakolatli shaxslar haqli? Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari


  44. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qachon tashkil etilgan? 1994 yilda


  45. Oʻzbekistonda birinchi Soliq kodeksi qachondan amaliyotga joriy etilgan? 1998 yil 1 yanvar


  46. Oʻzbekiston Respublikasi soliq tizimida 2035 yilgacha kutilayotgan natijalar qaysi bandda toʻgʻri keltirilgan? Egri soliqlar ulushini 35 foizga kamaytirish hisobiga soliq yukini optimallashtirish


  47. Soliq siyosatining tartibga solish vositalari? Soliq imtiyozlari, soliq jarimalari, soliq stavkasi


  48. Quyidagilarning qaysi biri foyda soligʻi toʻlovchisi hisoblanadi? Soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan olingan daromadlari bir milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan yoki daromad solig‘ini ixtiyoriy ravishda to‘lagan yakka tartibdagi tadbirkorlar.


  49. Foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblash uchun ma’lumotnoma qachondan bekor qilindi? 2020 yil 1 yanvar


  50. Tovarlarning (xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi elektron tijorat subyektlarining milliy reestriga kiritilgan soliq toʻlovchilarga foyda soligʻi stavkasi necha foiz? 7,5 foiz


  51. Foyda soligʻining bazaviy stavkasi necha foiz? 15 foiz


  52. 2022 yilda tovarlarni eksport (ishlarni)ga realizatsiya qilishdan olingan foydadan foyda soligʻi stavkasi necha foiz? 0 foiz


  53. 2022 yilda bozor va savdo koplekslarda xizmat koʻrsatishdan olingan foydadan olinadigan foyda soligʻining stavkasi necha foiz? 20 foiz


  54. Tijorat banklari uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining stavkasi necha foiz? 20 foiz


  55. Dividendlar va foizlar kurinishidagi daromadlar boʻyicha foyda soligʻining asosiy stavkasi necha foiz? 5 foiz


  56. Bino va inshoatlar uchun amartizatsiyaning yillik eng yuqori normasi necha foiz? 3 foiz


  57. Foydaga soliq solish obyekti nima? Soliq to'lovchi tomonidan olingan foyda soliqqa tortiladi.


  58. Aktsiz solig’i O’zbekiston Respublikasida qachon joriy etilgan? 1992 yil 1 yanvar


  59. Keltirilgan bandlardan qaysi biri aksiz soligʻiga xos hisoblanadi? Bilvosita soliq


  60. “Aksiz” soʻzi qanday ma’noni anglatadi? fransuz tilidan olingan boʻlib, “kesmoq, kesib olmoq” maʼnolarini bildiradi.


  61. Aktsiz solig’i stavkalari va aktsiz to’lanadigan tovarlar ro’yxati kim tomonidan belgilanadi? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan


  62. Aktsiz solig’i quyidagilarning qaysilariga solinmaydi? Aksiz to'lanadigan tovarlar eksporti


  63. Aktsiz solig’i stavkalari va aktsiz to’lanadigan tovarlar ro’yxati kim tomonidan belgilanadi? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan


  64. Aktsiz solig’i stavkalari qanday belgilanadi? Tovar qiymatiga nisbatan foiz va naturada ifodalangan o‘lchov birligiga mutlaq ko‘rsatkichlarda


  65. Aktsiz solig’ining to’lovchilari bo’lib kimlar hisoblanadi? Aksiz to'lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar yuridik shaxslar


  66. Aksiz soligʻining qanday stavkalari mavjud? Aralash, qattiq va advalor


  67. Aksiz soligʻi obyekti bo’lib nimalar hisoblanadi? aktsiz to'lanadigan tovarlardan o'z ehtiyojlari uchun foydalanish


  68. Aksiz soligʻi obyekti bo’lib hisoblanmaydiganlarga qaysilar kiradi? ixtisoslashtirilgan gaz ta'minoti korxonalari orqali aholiga maishiy ehtiyojlar uchun suyultirilgan gaz sotish


  69. Aksiz soligʻi toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga qaysi soliq turi tatbiq etilmaydi? Aylanma solig'i qo'llanilmaydi


  70. Tabiiy gazga nisbatan belgilangan aksiz soligʻi stavkasi? 20%


  71. Aksiz soligʻiga polietilen granulalari uchun stavka qancha qilib belgilangan? 30%


  72. Aksiz soligʻi solish maqsadida mobil aloqa xizmatlari uchun stavka necha foiz qilib belgilangan? 20%


  73. Aksiz soligʻi solish maqsadida zargarlik buyumlari uchun stavka necha foiz qilib belgilangan? 25%


  74. Qaysi tovarlar Oʻzbekiston Respublikasining aksiz markalari bilan markalanmaydi? Respublika hududida ishlab chiqarilgan va olib kelingan pivo


  75. Aksiz soligʻi stavkalari qaysi me’yoriy hujjat bilan belgilanadi?. O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonuni bilan


  76. Foyda solig’ini to’lovchilari bo’lib kimlar hisoblanadi? O'zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari, NNTlar


  77. Yuridik shaxslarning asosiy vositalariga yillik amortizatsiya me’yorlari qaysi hujjatda keltirilgan? Soliq kodeksida


  78. 2020 yilda foyda solig’i stavkasi necha foiz etib belgilandi? 15 foiz


  79. 2022 yil uchun foyda soligining bazaviy stavkasi necha foiz qilib belgilandi? 15 foiz


  80. 2022 yil uchun qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar va baliq xujaliklari uchun foyda soligining stavkasi necha foiz qilib belgilandi? qishloq xo‘jaligi korxonalari va baliqchilik xo‘jaligi uchun daromad solig‘i stavkasi 0 foiz miqdorida belgilandi.


  81. 2022 yil uchun tijorat banklari uchun foyda soligining stavkasi necha foiz qilib belgilandi? Tijorat banklari uchun yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi 20 foiz etib belgilandi.


  82. 2022 yil uchun asosiy faoliyat turi mobil aloqa xizmatlari ko'rsatuvchi yuridik shaxslar uchun foyda soligining stavkasi necha foiz qilib belgilandi? Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi 20 foiz miqdorida belgilandi.


  83. 2021 yil uchun tsement (klinker) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchilar uchun foyda soligining stavkasi necha foiz qilib belgilandi? Asosiy faoliyati sement (klinker) ishlab chiqarish bo‘lgan shaxslar uchun yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi 20 foiz miqdorida belgilandi.


  84. Foyda solig'ining soliq solish ob’ekti nima? Soliq kodeksining 295-moddasiga muvofiq, soliq to'lovchi tomonidan olingan foyda daromad solig'i bo'yicha soliq solish ob'ekti hisoblanadi.


  85. Tekin olingan mol-mulk (xizmatlar) foyda solig’i ob’ekti hisoblanadimi? ha


  86. 2022 yil uchun qo’shilgan qiymat soligining stavkasi necha foiz qilib belgilandi? 15%


  87. 2023 yil uchun qo’shilgan qiymat soligining stavkasi necha foiz qilib belgilanishi kutilmoqda? 12%


  88. Jami daromadi bir milliard so’mdan oshmagan tadbirkorlar QQS va Foyda solig’ini to’lash o’rniga qaysi soliqni to’lovchisi bo’ladi? Daromad solig’i Aylanma soliq


  89. O’zbekiston Respublikasining rezidenti bo’lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i stavkasi necha foiz? 12 foiz


  90. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 sentyabrdagi PF-5837-son “O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga asosan 2019 yilning 1 oktyabridan qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi necha foiz etib belgilandi? 15 foiz




  91. Qo‘shilgan qiymat solig‘I (QQS) ob’ektiga nimalar kiradi? soliq solinadigan aylanma, soliq solinadigan import
  92. Mahalliy soliqlar qaysi soliqalr kiradi? Yer solig'i, mulk solig'i


  93. Boqimanda bu? qonunchilikda belgilangan muddatlarda to‘lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasi


  94. Soliq to’lovchilarning joylashishi mezoniga ko’ra qaysi soliq turlari stavkalari tabaqalashtirilgan? Qat’iy belgilangan soliq


  95. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi tarkibi nimadan iborat? Ish haqi shaklidagi daromadlar, mulkiy daromadlar, moddiy ne'matlar va boshqa daromadlar ko'rinishidagi daromadlar


  96. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining nechanchi moddasida soliqlar va yig`imlarning turlari keltirilgan? 17-modda


  97. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining Maxsus qismida qaysi masalalar yoritilgan? Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar va ularning elementlari


  98. Soliqlar to`lovchilar subyektiga ko’ra qanday guruhlanadi? Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar


  99. Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilari bolib kimlar hisoblanadi? Soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan umumiy daromadi bir milliard so‘mdan oshmaydigan yuridik shaxslar.


  100. Aylanmadan olinadigan soliq tatbiq etilmaydigan soliq toʻlovchilar toʻgʻri keltirilgan javobni tanlang? Aksiz to'lanadigan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi va tog'-kon sanoati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslarga;


  101. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga 50 gektar va undan ortiq sugʻoriladigan ekin maydoni mavjud boʻlsa qaysi soliq turi tatbiq etilmaydi? Aylanma soliq


  102. Aholisi soni yuz ming nafar va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda chakana savdo sohasidagi soliq toʻlovchilar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi necha foiz qilib belgilangan? 4 foiz


  103. Lombard xizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi necha foiz qilib belgilangan? 25 foiz


  104. Aholisi soni yuz ming nafar va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda joylashgan ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi necha foiz qilib belgilangan? 3 foiz


  105. Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash muddatlari toʻgʻri koʻrsatilgan javobni tanlang? tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq deklaratsiyasini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.


  106. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan yuridik shaxslar (bojxona brokerlari) uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasini toʻgʻri koʻrsatilgan javobni tanlang? 5 foiz.


  107. Borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda joylashgan chakana savdo korxonalari uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi necha foiz qilib belgilangan? 1 foiz.


  108. Elektron tijorat subyektlarining Milliy reyestriga kiritilgan soliq toʻlovchilar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi necha foiz qilib belgilangan? 2 foiz.


  109. Soliq kodeksiga asosan mol-mulk soligʻi toʻlovchilari boʻlgan yuridik shaxslar toifasini aniqlang? O‘zbekiston Respublikasida soliqqa tortiladigan mol-mulkka ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan norezident yuridik shaxslar.


  110. 2022 yilda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi necha foiz? 1,5 %


  111. Oʻz vaqtida ishga tushirilmagan uskunalarga qanday tartibda soliq hisoblanadi? O'z vaqtida ishga tushirilmagan asbob-uskunalar soliq solish ob'ektiga kiritilmaydi.


  112. Soliq kodeksiga binoan quyidagilardan qaysilari yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi obyekti tarkibiga kiradi? Temir yo'llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek, ushbu ob'ektlarning tarkibiy qismi bo'lgan inshootlar.


  113. Qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida koʻrsatilgan turar-joy mulklari, ushbu koʻchmas mulk foydalanishga topshirilgandan keyin qachondan boshlab soliq solish obyektiga aylanadi? Qurilish tashkiloti yoki quruvchilar binosining balansida qayd etilgan turar-joy mulki foydalanishga topshirilgandan keyin olti oy o‘tgach soliqqa tortiladi.


  114. Qurilishi tugallanmagan obyektlarning, qurilishning normativ muddati belgilanmagan boʻlsa, qurilishi tugallanmagan obyektlarga mol-mulk soligʻini hisoblash qaysi muddatdan soʻng kiritiladi? Ushbu ob'ektlar vakolatli organdan ruxsatnoma olingan kundan boshlab yigirma to'rt oy ichida qurib bitkazilmaydi.


  115. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bazasi qanday aniqlanadi? O'rtacha yillik qoldiq qiymatiga nisbatan aniqlanadi.


  116. Normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bazasi qanday aniqlanadi? O'rtacha yillik qiymatga nisbatan aniqlanadi.


  117. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning bazaviy soliq stavkasi necha foiz belgilangan? Yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig'ining bazaviy stavkasi 2%.


  118. Normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan qurilish obyektlarining yuridik shaxslarning mol-mulk soliq stavkasini aniqlang? Normativ (belgilangan) muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari uchun soliq stavkasi 4 foiz miqdorida belgilandi.


  119. Soliq kodeksiga asosan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining nominal quvvati 0.1 MVt va undan koʻp boʻlgan taqdirda bunday manbalardan energiya ishlab chiqaruvchilariga yuridik shaxslarning mol mulk soligʻidan imtiyoz necha yil qilib belgilangan? Ularga foydalanishga kiritilgan kundan boshlab 10 yil muddatda imtiyozli davr beriladi.


  120. Jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻini soliq davri uchun toʻlash muddati qachon? Soliq 15-apreldan 15-oktabrgacha teng ulushlarda toʻlanadi


  121. 2022 yilda soliq qonunchiligiga asosan shaharlarda joylashgan jismoniy shaxslarning 200 kv.m dan oshiq va 500 kv.m gacha boʻlgan turar joylari va kvartiralari uchun mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi qancha? 0,37 yoki 0,25


  122. 2022 yilda soliq qonunchiligiga asosan shaharlarda joylashgan jismoniy shaxslarning 500 kv.m dan ortiq boʻlgan turar joylari va kvartiralari uchun mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi qancha? 0,49


  123. Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash boʻyicha organlar belgilangan kadastr qiymati boʻlmasi shartli kiymati qancha miqdorda olinadi? Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida 210 000, 0 ming so‘m, boshqa shaharlar va qishloq joylarda 84 000,0 ming so‘m.


  124. Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan unda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmat koʻrsatish) uchun foydalangan taqdirda mol-mulk soligʻi stavkasi qanday hisoblanadi? jismoniy shaxslar uchun belgilangan stavka boʻyicha


  125. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda belgilangan tartibda roʻyxatga olinmagan yangi qurilgan turar joylar boʻyicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulk shartli qiymatining necha barobari miqdoridan kelib chiqib soliq hisoblanadi? 2 marta


  126. Yangi imoratlar, binolar va inshootlar boʻyicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq qachondan boshlab toʻlanadi? mulk huquqi paydo boʻlgan oydan boshlab toʻlanadi


  127. Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash maqsadida soliq solinmaydigan maydon necha kvadrat metr qilib belgilandi? 60


  128. Jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarishda kadastr hujjatlarida belgilangan kadastr qiyimatiga nisbatan belgilanadigan eng kam me’yor qancha miqdorni tashkil qiladi? 42 000, 0 ming so‘m (qirq ikki million so‘m)


  129. Soliq kodeksining 421-moddasida belgilangan imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilgan soliq solish obyektlariga nisbatan qoʻllaniladimi? Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun imtiyozlar mavjud emas


  130. Meros boʻyicha oʻtgan mol-mulk uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq merosxoʻrlar tomonidan qachondan boshlab toʻlanadi? Mulkiy huquqlar ular paydo bo'lgan oydan boshlab to'lanadi


  131. Soliq toʻlovchi mol-mulk soligʻidan imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgani holda Toshkent shahrida hamda Toshkent viloyatida turar joy obyekti boʻlganda soliq imtiyozi qaysi biriga tadbiq etiladi? soliq toʻlovchining ixtiyoriga koʻra faqat bitta obyektga


  132. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan, kimlar yuridik shaxslardan olinadigan yer soligi toʻlovchisi hisoblanadi? Yer uchastkalariga mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijaraga berish huquqi asosida egalik qiluvchi yuridik shaxslar, O‘zR. Norezidentlar yuridik shaxslardan er solig'ini to'lovchilardir.


  133. Qanday obyekt yuridik shaxslarning yer soliq solish obyekti hisoblanadi? Yuridik shaxslarga mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijaraga berish asosidagi yer uchastkalari.


  134. Yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq toʻlovchiga oʻtgan boʻlsa, oʻsha yer uchastkalari qachondan soliq bazasi sifatida qaraladi? Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq olingan oydan keyingi oydan boshlab hisoblanadi.


  135. Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq bazasi yer uchastkasi maydoni qaysi oydan e’tiboran kamaytiriladi? Yer uchastkasining maydoni kamaytirilganda soliq solinadigan baza yer uchastkasi maydoni qisqartirilgan oydan boshlab kamaytiriladi.


  136. Yuridik shaxslarda soliq imtiyoziga boʻlgan huquq vujudga kelgan taqdirda, soliq bazasi qaysi oydan e’tiboran kamaytiriladi? Agar yuridik shaxs soliq imtiyoziga ega bo'lsa, soliq solinadigan baza huquq paydo bo'lgan oydan boshlab kamayadi.


  137. Tasdiqlangan loyihaga muvofiq melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan sugʻoriladigan yerlar − ishlar boshlanganidan e’tiboran necha yil muddatga imtiyoz ega? Besh yil muddatga.


  138. Qayta tiklanadigan manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar qayta tiklanadigan energiya manbalari (nominal quvvati 0.1 MVt va koʻproq) uskunalari bilan band yer uchastkalari boʻyicha ular foydalanishga kiritilgan vaqtdan necha muddatga soliqdan ozod etiladi? O‘n yil muddatga.


  139. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi hisoboti soliq organlariga qanchon taqdim etiladi? Joriy soliq davrining 10 yanvarigacha.


  140. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha yer soligʻi hisoboti soliq organlariga qanchon taqdim etiladi? Joriy soliq davrining 1 mayigacha.


  141. Toshkent shahrida joylashgan yuridik shaxslar uchun yer soligʻini hisoblashda nechta hudud mavjud? 1, 2,3,4,5 -mintaqalar.


  142. Jismoniy shaxsga yer ajratilgan holda u ushbu yerdan foydalanmasa yer soligʻi toʻlaydimi? Belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i yerdan foydalanish faktidan qat’i nazar, jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadi.


  143. Qanday fuqarolarga yer soligʻidan imtiyoz beriladi? I va II guruh nogironlari, yolg‘iz pensionerlar, boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar


  144. Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan noturar joy obyektlari uchun yer soligʻidan imtiyoz mavjudmi? Imtiyoz berilmaydi


  145. Soliq kodeksining 429-moddasiga asosan yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda yer soligʻining summasiga ekvivalent miqdorda: yuridik shaxslarga - nechchi baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi? toʻrt barobar miqdorda


  146. Soliq kodeksining 437-moddasiga asosan yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda yer soligʻining summasiga ekvivalent miqdorda: jismoniy shaxslarga - nechchi baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi? uch barobar miqdorda


  147. Noturar joy obyekti koʻp qavatli binoda joylashgan boʻlsa mazkur noturar obyektidan yer soligʻi qanday hisoblanadi? Qavatlar soniga bo'lish yo'li bilan hisoblangan


  148. Jismoniy shaxslarning yer soligʻini soliq davri uchun toʻlash muddati qachon? 15 apreldan 15 oktyabrgacha teng ulushlarda amalga oshiriladi


  149. Soliq toʻlovchi yer soligʻidan imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgani holda Toshkent shahrida hamda Toshkent viloyatida turar joy obyekti boʻlganda soliq imtiyozi qaysi biriga tadbiq etiladi? soliq toʻlovchining ixtiyoriga koʻra faqat bitta obyektga


  150. Fuqarolarga uy joy qurish uchun ajratilgan yerlar boʻyicha belgilangan normativdan ortiq yer maydonlari uchun bazaviy soliq stavkalariga qancha koʻpaytiruvchi koeffitsent qoʻllagan holda soliqlar hisoblanadi? 1,5


  151. Soliq organlari har yili qaysi muddatda soliq summasi va uni toʻlash muddatlari koʻrsatilgan toʻlov xabarnomasini jismoniy shaxslarga topshiradi? 1 martdan kechiktirmay


  152. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti deb nimaga aytiladi? Yer usti va yer osti manbalaridan foydalaniladigan suv resurslari.


  153. Quyidagilardan qaysilari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi? GESlarda gidravlika turbinalarini ishlatish uchun foydalaniladigan suv resurslari.


  154. Suv resurslarining soliq bazasi deb nimaga aytiladi? Ishlatilgan suv hajmi.


  155. Suv resurslarining soliq bazasi qanday tartibda aniqlanadi? Suv hajmi suvdan foydalanishni hisobga olish hujjatlarida aks ettirilgan suv hisoblagichlari ko'rsatkichlari asosida aniqlanadi.


  156. Soliq organlariga vodoprovod tarmogʻiga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan kelib tushadigan suv xajmlari nisbati toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma kim tomonidan va qachon taqdim etiladi? Suv ta'minotini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar soliq organlariga joriy soliq davrining 15 yanvariga qadar taqdim etiladi.


  157. Soliq organlari suv hajmlari nisbati toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani olgandan keyin qancha muddat ichida soliq toʻlovchilariga yetkazib beradi? Soliq to'lovchiga ushbu ma'lumot haqida uch kun ichida xabar berilishi kerak.


  158. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi qanday tartibda aniqlanadi? Soliq solinadigan baza va qat’iy belgilangan soliq stavkalari asosida hisoblab chiqiladi.


  159. Belgilangan limitlar doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkasi miqdori qaysi Qonun hujjatiga asosan belgilanadi? O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonuni.


  160. Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoboti qaysi muddatlarda taqdim etadi? soliq davridan keyingi yilning 20 yanvarigacha.


  161. xoʻjaliklari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini toʻlash qaysi muddatlarda amalga oshiriladi? soliq davridan keyingi yilning 1 mayigacha.


  162. Suv resurslaridan hujjatlarsiz foydalanilganda qanday ta’sir choralar koʻriladi? Soliq kodeksining 445-moddasiga asosan suv resurslaridan ruxsatnomasiz foydalanganda belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.


  163. 2022 yilda Avtotransport vositalarini yuvishga ixtisoslashgan korxonalar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari har kub metr uchun qanday belgilangan? Yer usti suv manbalari bo‘yicha – 1 380, yer osti suv manbalari – 1 730 ta.


  164. 2022 yilda Sanoat korxonalari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari har kub metr uchun qanday belgilangan? 520-620 so`m


  165. Soliq davrida Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining (bhm) ikki yuz baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) boʻnak toʻlovlari – qaysi muddatda va qanday ulushda toʻlanadi? har oyning 20-kunidan kechiktirmay yillik soliq summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida.


  166. Yer qa’ridan foydalanuvchilar quyidagi soliqlar va maxsus toʻlovlarni toʻlaydilar:...? yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq; - qo'shimcha foyda solig'i; - bonus (imzoli va tijoratbop topilma bonuslar).


  167. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni Soliq solish obyekti bu...? Foydali qazilmalarni qazib olish (qazib olish) hajmi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solish ob’ekti hisoblanadi.


  168. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi qaysi hujjatga asosan belgilanadi? Prezident qaroriga asosan


  169. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni Soliq solish bazasi qanday aniqlanadi? YQFsb = TMo`rb x Vtm,bu yerda: YQFsb – yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bazasi; TMo`rb – hisobot davrida kavlab olingan yoki ajratib olingan tayyor mahsulot hajmining o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymati yoki foydali qazilmalarni kavlab olishning ishlab chiqarish tannarxi; Vtm – hisobot davrida kavlab olingan (ajratib olingan) jami tayyor mahsulot hajmi.


  170. Yuridik shaxslar uchun Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisobot davri qanday? 1 oy


  171. Jismoniy shaxslar uchun Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisobot davri qanday? Kalendar yili


  172. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq davrini aniqlang? Kalendar yili soliq davri hisoblanadi


  173. Yer qa’ridan foydalanganli uchun soliqni yuridik shaxslar tomonidan toʻlash muddatini koʻrsating? to'lov muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi


  174. Yer qa’ridan foydalanganli uchun soliqni yuridik shaxslar tomonidan hisob-kitobni taqdim etish muddatini koʻrsating? yilning har oyi, hisobot davridan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay, bosqichma-bosqich yakunlanadi.


  175. Yer qa’ridan foydalanganli uchun soliqni jismoniy shaxslar tomonidan hisob-kitobni taqdim etish muddatini koʻrsating? yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay


  176. Yer qa’ridan foydalanganli uchun soliqni jismoniy shaxslar tomonidan toʻlash muddatini koʻrsating? soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay


  177. 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oyiga necha soʻm etib belgilandi? 747 300 so`m


  178. 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oyiga necha soʻm etib belgilandi? 920 000 so`m


  179. Ijtimoiy soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan javobni belgilang. Paxta terimida mavsumiy qishloq xo'jaligi ishlariga jalb qilingan shaxslar


  180. Qaysi javobda ijtimoiy soliqning soliq solish obyekti koʻrsatilgan? Ish beruvchining mehnat xarajatlari


  181. Ijtimoiy soligʻini toʻlovchilar kimlar? Yuridik va jismoniy shaxslarning ayrim toifalari


  182. Ijtimoiy soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun pasaytirilgan soliq stavkalari kaysi meyoriy xujjatga asosan belgilanishi mumkin? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq


  183. Ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ijtimoiy soliq stavkasini necha foiz? 4,7 foiz


  184. Davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan korxonalarga ijtimoiy soliq stavkasi necha foiz? 12 foiz


  185. Byudjet tashkilotlariga ijtimoiy soliq stavkasi necha foiz? 25 foiz


  186. Yakka tartibdagi tadbirkorlar ijtimoiy soliqni qancha miqdorda toʻlaydilar? Oyiga asosiy hisob-kitob summasining 1 barobaridan kam bo'lmagan miqdorda


  187. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ijtimoiy soliq qaysi muddatda toʻlanadi? har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilayotgan oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay


  188. Dehqon xoʻjaliklarining a’zolari tomonidan ijtimoiy soliq qaysi muddatda toʻlanadi? hisobot yilining 1 oktyabriga qadar


  189. “Usta-shogird” maktablari oʻquvchilari tomonidan ular yigirma besh yoshga toʻlguniga qadar ishlagan davrida yiliga qancha miqdorda ijtimoiy soliq toʻlanadi. asosiy hisob-kitob summasining 2,5 barobaridan kam bo'lmagan miqdorda


  190. “Hunarmand” uyushmasining hunarmandchilik faoliyati subyektlari boʻlgan, qishloq tumanlarida roʻyxatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan a’zolari tomonidan oʻz faoliyatining dastlabki ikki yilida oyiga qancha miqdorda ijtimoiy soliq toʻlanadi. asosiy hisob-kitob summasining 50 foizi miqdorida


  191. Yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan oyiga qancha miqdorda ijtimoiy soliq toʻlanadi? asosiy hisob-kitob summasining 50 foizi miqdorida


  192. “SOS – Oʻzbekiston Bolalar mahallalari” uyushmalari uchun ijtimoiy soliq stavkasi necha foiz? 7 foiz


  193. Byudjet tashkilotlari ijtimoiy soliq tushumlarining necha foizi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga taqsimlanadi? 99,2 foiz


  194. Byudjet tashkilotlari boʻyicha ijtimoiy soliq tushumlarining necha foizi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga taqsimlanadi? 0,4 foiz


  195. Byudjet tashkilotlari ijtimoiy soliq tushumlarining necha foizi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga taqsimlanadi? 0,4 foiz


  196. Jismoniy shaxslar daromad solig’i stavkasi qaysi stavka turiga mos keladi? Progressiv Proportsional


  197. O’zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to’g`risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan? 1997 yil 29 avgust


  198. Qaysi vakolatli organ soliq turlarini joriy etish huquqiga ega? O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi


  199. Qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchi yoki uni to’lashni ixtiyoriy tanlagan YaTTlar uchun QQS stavkasi qancha? 15 foiz


  200. Korxonalarning soliq majburiyatiga nimalar kiradi? Soliq va yig‘imlarni to‘g‘ri hisoblash va o‘z vaqtida to‘lash


  201. Soliq nazoratiga to’g’ri ta’rif berilgan javobni belgilang? Soliq to'lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish


  202. Soliq nazorati qaysi shakllarda amalga oshiriladi? Soliq tekshiruvlari, soliq monitoringi


  203. Soliq tekshiruvlari nechta turdan iborat? Kameral soliq tekshiruvi, sayyor soliq tekshiruvi, soliq tekshiruvi


  204. QQS va foyda solig’ini ixtiyoriy to’layotgan YaTT joriy soliq davri yakunlari bo’yicha daromadlari 1 mlrd. so’mdan oshmasa, qachondan aylanmadan olinadigan soliqni to’lashga qayta o’tishga haqli? kamida 12 oydan keyin


  205. Soliq davri davomida tovarlarni realizatsiya qilishdan olgan jami daromadi 1 mlrd. so’mdan oshgan YaTT qachondan QQS va foyda solig’ini to’lashga o’tadi? bunday o'sish sodir bo'lgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab


  206. Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soddalashtirilgan tartibdagi foyda solig’i bazasi jami daromadning necha foizi miqdorida belgilanadi? 25 foiz


  207. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan foyda solig’i bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini qo’llash uchun soliq organlariga qanday xujjat taqdim etiladi? xabarnoma


  208. Foyda solig’i bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlagan yangidan ro’yxatdan o’tkazilgan YaTTlar qachondan ushbu tartibni qo’llay oladi? faoliyat boshlangan paytdan boshlab


  209. Foyda solig’i bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlagan foyda solig’ini to’lashga ixtiyoriy o’tgan YaTTlar qachondan ushbu tartibni qo’llay oladi? soliq solinadigan bazani soddalashtirilgan hisoblash uchun ariza topshirilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab.


  210. YaTTlar foyda solig’i bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibidan ixtiyoriy voz kechgan holda umumiy tartibiga qachondan boshlab o’tadi? keyingi soliq davridan boshlab


  211. YaTTlar tomonidan foyda solig’i bazasini hisoblab chiqarishning umumiy tartibiga o’tish to’g’risidagi bildirishnoma soliq organiga qachongacha taqdim etiladi? soliq davri boshlanishidan kamida 1 oy oldin


  212. 2020 yilda soliqni hisoblash va to’lashning soddalashtirilgan tartibi bo’yicha nima o’zgartirishlar kiritildi? 2020 yilda hisoblash va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi bekor qilindi.


  213. 2020 yilda yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik a’zolari uchun daromad solig’i qaysi tartibda to’lanadi? Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari o‘z xohishlariga ko‘ra jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini (qat’iy miqdorda) yoki yillik yalpi daromad deklaratsiyasiga muvofiq haqiqatda olingan daromadlari summasidan kelib chiqqan holda soliq to‘lash huquqiga ega.


  214. Fiskal siyosatning ajralmas va asosiy bo’lagi bo’lib qaysi siyosat hisoblanadi? Soliq siyosati


  215. Soliq siyosati barqarorligini ta’minlashda nima ishlab chiqilishi lozim? strategiya va taktika


  216. Soliq siyosati strategiyasi? Uzoq muddatli soliqda iqtisodiy munosabatlarning asosiy yo'nalishlari va chora-tadbirlari


  217. Soliq siyosati taktikasi? qisqa muddatli va kichik hajmdagi moliyaviy chora-tadbirlar


  218. Soliq solish printsiplari (majburiyligi. Soliq solishning aniqligi printsipi. Soliq solishning adolatliligi printsipi. Soliq tizimining yagonaligi printsipi. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi printsipi. Soliq to’lovchining haqligi prezumptsiyasi printsipi.) majburiyligi. Soliq solishning aniqligi printsipi. Soliq solishning adolatliligi printsipi. Soliq tizimining yagonaligi printsipi. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi printsipi. Soliq to’lovchining haqligi prezumptsiyasi printsipi


  219. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida soliq tizimiga tegishli moddalarni ko’rsating. 51, 123-moddalar


  220. Amaldagi Soliq Kodeksi necha moddadan iborat? 483 ta


  221. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi quyidagilarning qaysi birining huquqlarini, majburiyatlarini, vazifalarini belgilaydi? Soliq to'lovchilar


  222. Soliq imtiyozining turlarini ko’rsating? Soliqdan batamom ozod etish, soliqdan vaqtincha yoki qisman ozod etish, soliq bazasini kamaytirish, soliq solish usulini tanlash huquqi


  223. Soliq majburiyati deganda nima tushunasiz? Soliq to'lovchining soliq qonunchiligiga muvofiq vujudga keladigan majburiyati.


  224. Soliq ma’murchiligi deganda nima tushunasiz? Soliq huquqi normalari asosida soliq siyosatini amalga oshirishga xizmat qiluvchi, soliq organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi soliq munosabatlarini boshqarish tizimi.


  225. Soliq ma’murchiligi elementlari? Soliq tizimi va soliq organlarining tuzilishi, soliq hisobotlarini tekshirish va tahlil qilish, soliq imtiyozlarini berish tartibi, soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik, soliq prognozlari va statistikasini yuritish, soliqni tartibga solish.


  226. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan soliq nazorati qanday shakllarda amalga oshiriladi? soliq tekshiruvlari va soliq monitoringi


  227. Soliq to‘lash uchun daromadning miqdori, manbai, mulk hajmi va boshqalar xususida yozilgan ariza nima deyiladi? Deklaratsiya


  228. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq vakolatli organlarga qaysi organlar kiradi? yig'imlarni undirish funktsiyasini bajaruvchi tashkilotlar


  229. Royalti bu nima? Har qanday nomoddiy aktivlardan foydalanish yoki foydalanish huquqi uchun to‘lov


  230. Xodimlar tomonidan ish beruvchidan soliq davri mobaynida qiymati qancha bo‘lgan natura shaklida olingan sovg‘alari soliqqa tortilmaydi?


  231. Xodimlar tomonidan ish beruvchidan soliq davri mobaynida qiymati qancha bo‘lgan moddiy yordam soliqqa tortilmaydi? 2,11 baravarigacha


  232. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʼzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi toʼgʼrisida»gi PF-5468-son farmoni qachon qabul qilingan? 29.06.2018 y


  233. Nazorat-kassa texnikasining yoki hisob-kitob terminali qoʼllanilishi majburiy boʼlgani holda, qoʼllamasdan xizmatlar koʼrsatganlik, rad etganlik qancha miqdorda jarimaga tortiladi? besh million so‘m jarima solinadi


  234. Soliq organlarida roʼyxatga olinmagan NKMni qoʼllagan yoki kvitantsiyalar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni berganlik qancha miqdorda jarimaga tortiladi? yetti million so‘m jarima solinadi


  235. Davlat byudjeti qaysi organ tomonidan qabul qilinadi? O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan


  236. Qaysi soliq davlat byudjeti daromadlarida eng yuqori salmoqni tashkil etadi? Qo‘shilgan qiymat solig‘i


  237. Soliqqa tortishning kadastrli usulining o’ziga xos xususiyati nimada? Soliq to'lash vaqtining daromad olish vaqti bilan hech qanday aloqasi yo'q.


  238. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan soliq yuki qaysi darajada aniqlanadi? Mikrodarajadagi soliq yuki.


  239. Oʼzbekiston Respublikasi qaysi qonuniga yoki Prezidentining qaysi qaroriga asosan 2021 yil byudjet parametrlari tasdiqlandi? O`RQ-657-son 25.12.2020


  240. Soliqlarning qanday o’ziga xos belgilari mavjud? Majburiyat, davlat byudjetiga kiritish, qat’iylik, tengsizlik


  241. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash muddatlarini o’tkazib yuborilgan har bir kuni uchun qancha miqdorda penya hisoblanadi. 0,045


  242. “Soliq yukini kamaytirish hisobiga barchaga bir xil adolatli soliq rejimini joriy etish, soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish lozim” - degan fikr kimga tegishli. Mirziyoyev Sh.


  243. Qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblashda nollik stavka qachon qo’llaniladi? Chet el valyutasida eksport uchun tovarlarni sotish


  244. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi “O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi to’g’risida”gi PF-5468-sonli Farmonida nechta tizimli muammo ko’rsatib o’tilgan? 7 ta


  245. “Fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida to’lashdan manfaatdor bo’lishi kerak”, - degan fikr kimga tegishli. Mirziyoyev Sh.


  246. Resurs soliqlariga qaysi soliqlar kiradi? yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq.


  247. O’zbekiston Respublikasining “2022 yil uchun O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to’g’risida”gi O’RQ-741-sonli Qonuni qachon qabul qilingan? 2021 yil 29 dekabr


  248. Iqtisodiyotni rivojlantirish va tartibga solishda ayrim soha va tarmoqlarga beriladigan imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar nima deyiladi? Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga boshqa soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan afzalliklar, shu jumladan soliqni to‘lamaslik yoki ularni kamroq miqdorda to‘lash imkoniyati soliq imtiyozlari deb e’tirof etiladi.


  249. Jismoniy shaxslarning ish haqidan hisoblangan daromad soligʼining summasini davlat byudjetiga oʼtkazib beruvchi shaxs bu? Soliq agenti


  250. 1990 yillarning boshida mamlakatimizda QQS necha foiz etib belgilangan edi? 30%


  251. 2018 yilda jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq stavkalari necha foiz etib belgilangan edi? 1 barobari 0% 2-5 barobari 7.5% 6-9 barobari 16.5% 10 barobari 22.5 %


  252. Tovarlar narxiga kiritilgan va xaridor tomonidan toʼlanadigan soliqlar quyidagicha nomlanadi:


  253. Soliq (yigʼim) toʼlamaganlik uchun jarimaning miqdori qancha? to‘lanmagan soliq summasining qirq foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi


  254. Xizmatlar koʼrsatishda mustaqil ravishda shaxsiy mehnati bilan ishtirok etadigan, oʼz faoliyatidan daromad oladigan, YaTT sifatida roʼyxatga olinmaydigan va yollanma xodimlar mehnatidan foydalanmaydigan jismoniy shaxslar nima deb ataladi? Oʼzini oʼzi band qilgan shaxslar


  255. Oʼzini oʼzi band qilgan shaxslar qanday tartibda roʼyxatdan oʼtishi mumkin? oʼzini oʼzi band qilgan shaxs maxsus mobil ilova yoki soliq toʼlovchining shaxsiy kabineti orqali yoxud davlat soliq xizmati organiga kelgan holda roʼyxatdan oʼtishi mumkin.


  256. Oʼzini oʼzi band qilgan shaxs sifatida roʼyxatdan oʼtishning afzalliklari nimada? Uydan ishlashning qonuniy imkoniyati,Tasdiqlangan ish staji va pensiya,Rasmiy daromad,minimal soliq, o'ziga o'zi xo'jayin,Mijozlar bazasini kengaytirish,minimal xujjatlar


  257. 2020 yilda yagona ijtimoiy toʼlov oʼrniga joriy etilgan soliqni nomi? Ijtimoiy soliq


  258. 2020 yilda yagona soliq toʼlovi oʼrniga joriy etilgan soliq nomi? Aylanmadan olinadigan soliq


  259. 2020 yilda jismoniy shaxslarning deklaratsiya topshirish muddati qachon? 1 avgust


  260. 2022 yilda jismoniy shaxslarning deklaratsiya topshirish muddati qachon? 1- aprel


  261. Jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga berilgan mol-mulki uchun daromad soligʼi necha foiz? 12%


  262. Kimning taʼlim kontrakti uchun oʼtkazilgan ish haqlaridan daromad soligʼi ushlanmaydi? 1) fuqaro o‘zining kontraktiga o‘tkazsa; 2) ota-onalar 26 yoshga to‘lmagan farzandining kontraktiga o‘tkazsa; 3) 26 yoshga to‘lmagan er yoki xotin turmush o‘rtog‘ining kontraktiga o‘tkazsa.


  263. Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs nima deb ataladi? Yakka tartibdagi tadbirkor


  264. Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad soligʼi iqtisodiy mohiyatiga koʼra qanday soliq? To`g`ri soliq


  265. Tovarlarni eksport qilishda qoʼshilgan qiymat soligʼi qanday stavkada hisoblanadi? nol daraja


  266. Ipoteka kreditlarini va ular boʼyicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida jami qancha soʼmgacha boʼlgan miqdorda qoplashga yoʼnaltirilganda daromad soligʼidan imtiyoz qoʼllaniladi? 15 million so`mdan oshmagan taqdirda


  267. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi stavkalari qaysi meʼyoriy hujjat bilan belgilanadi? O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan


  268. Oʼzbekiston Respublikasining rezidenti boʼlgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi stavkasi necha foiz? 12 foiz


  269. Rezident jismoniy shaxslarning dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlariga necha foizlik stavkada soliq solinadi? 5 foiz


  270. Norezident jismoniy shaxsning dividendlar va foizlar tarizidagi daromadlariga necha foizlik stavkada soliq solinadi? 10 foiz


  271. Norezident jismoniy shaxsning fraxtdan olinadigan daromadlariga necha foizlik stavkada soliq solinadi? 6 foiz


  272. 2022 yil 1 maydan Norezident jismoniy shaxsning mehnat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar boʼyicha olingan daromadlariga necha foizlik stavkada soliq solinishi belgilanmoqda? 12 foiz


  273. Toʼlov manbaida hisoblab chiqarilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi soliq agenti tomonidan qachon toʼlanadi? Pul mablag’larini olish uchun xizmat ko’rsatuvchi bankka xujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda; To’lov natura xolida amalga oshirilgan bo’lsa oy tugaganidan keyin besh kun ichida, agar bunday to’lovga qonun xujjatlarida ruxsat berilgan bo’lsa


  274. Daromadlar natura shaklida amalga oshirilganda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi qachon toʼlanadi? 1-fevraldan


  275. Daromadlar boʼyicha soliq solishdan ozod etilgan shaxslar soliq imtiyoziga boʼlgan huquq yoʼqotilgan taqdirda soliq agentiga qancha muddatda maʼlum qilishi kerak. soliq to‘lovchi imtiyozga bo‘lgan huquqni yo‘qotgan paytidan e’tiboran o‘n besh kun ichida


  276. Jismoniy shaxslar tomonidan jami yillik daromad toʼgʼrisidagi deklaratsiya qachongacha taqdim etiladi? 1 apreldan kechiktirmay


  277. Rezidentga aylangan chet ellik jismoniy shaxs oldingi soliq davri uchun jami yillik daromadi toʼgʼrisida deklaratsiyani qachongacha taqdim etadi? 1 apreldan kechiktirmay


  278. Deklaratsiyada aniqlangan xatolar toʼgʼrisida xabarnomani olgan soliq toʼlovchi necha kun ichida deklaratsiyaga zarur boʼlgan oʼzgartirishlarni kiritishi shart? 5 kun ichida


  279. Oʼzbekiston Respublikasining rezidenti boʼlgan jismoniy shaxslar deklaratsiya asosida hisoblab chiqarilgan soliqni qaysi sanasidan kechiktirmay toʼlashlari kerak? 1- iyun


  280. Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar dastlabki tarzdagi deklaratsiyani qaysi muddatda taqdim etadi? ijaradan daromad olingan kundan boshlab birinchi oy tugaganidan keyin kunlar


  281. Mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara toʼlovining eng kam stavkalari qaysi qaysi meʼyoriy hujjat bilan belgilanadi? O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonuni bilan


  282. Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar soliqni taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya asosida qachon toʼlaydi? har oyda daromad olingan oydan keyingi oyning 15-kuniga qadar


  283. Mol-mulk ijarasi boʼyicha yil mobaynida toʼlangan va yilik hisoblangan soliq summalari oʼrtasidagi farq qachongacha soliq toʼlovchidan undirilishi yoki unga qaytarilishi lozim?


  284. Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar jami yillik daromad toʼgʼrisidagi deklaratsiyani qachongacha topshiradi? 1 apreldan kechiktirmay


  285. Ijaraga beruvchi jismoniy shaxs koʼchmas mulk ijara shartnomasini shartnoma tuzilgan kundan eʼtiboran necha kundan kechiktirmay soliq organida hisobga qoʼyishi shart? 10


  286. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi necha yildan ortiq boʼlmagan muddatga tuziladi? 5 yildan ortiq bo`lmagan muddatga


  287. Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar deklaratsiya asosida necha foizlik daromad soligʼini toʼlaydi? 12


  288. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼini toʼlashning necha xil tartibi mavjud? 4 yoki 3 xil


  289. Faoliyat koʼrsatayotgan tadbirkorlik subʼektlari daromad soligʼini toʼlash tartibini tanlash toʼgʼrisidagi bildirish xatini belgilangan muddatda taqdim etmasa qanday tartibda soliq toʼlaydi? Jarima asosida to`laydi


  290. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼining qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soliq summalari qaysi meʼyoriy xujjat bilan tasdiqlanadi? O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonuni bilan


  291. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan daromad soligʼini qatʼiy belgilangan miqdorlarda toʼlash muddati qachon? har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilayotgan oyning 15-kunidan kechiktirmay


  292. Yangi roʼyxatdan oʼtgan tadbirkorlik subʼektlari qatʼiy belgilangan miqdordagi daromad soligʼini qaysi oydan boshlab toʼlaydi? tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab


  293. Daromad soligʼini deklaratsiya asosida toʼlaydigan faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar dastlabki tarzdagi deklaratsiyani qachongacha topshirishi lozim?


  294. Daromad soligʼini deklaratsiya asosida toʼlashni tanlagan yangi roʼyxatdan oʼtgan tadbirkorlik subʼektlari dastlabki tarzdagi deklaratsiyani qachongacha topshirishi lozim? tadbirkorlik subyekti davlat ro’yxatidan o’tkazilgan oyning oxiriga qadar dastlabki deklaratsiyani taqdim etadi.


  295. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan deklaratsiya asosida daromad soligʼini toʼlash muddatlari qachon? har oyda daromad olingan oydan keyingi oyning 15-kuniga qadar


  296. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan jami yillik daromad toʼgʼrisidagi deklaratsiyani qachongacha taqdim etadi? hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay


  297. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan deklaratsiya asosida toʼlanadigan daromad soligʼi stavkasi qaysi meʼyoriy hujjat bilan belgilangan? O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan


  298. Yakka tartibdagi tadbirkorlar deklaratsiya asosida daromad soligʼini necha foizlik stavkada toʼlaydi? bazaviy hisoblash miqdorining 50% to'laydi


  299. Tovarlarni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari yuz million soʼmdan oshgan yakka tadbirkorlar qachongacha soliq toʼlash tartibini tanlash boʼyicha bildirishnomani yuborishi lozim? yil yakunlariga koʻra – hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay


  300. Daromadlari yuz million soʼmdan oshgan yakka tadbirkorlar soliq toʼlash tartibini tanlash boʼyicha bildirishnomani taqdim etmasa qanday soliq toʼlaydi? yagona soliq to'lovini to'lashga o'tadi 4% YAST TO'LADI


  301. Soliq majburiyati printsipi berilgan qatorni toping. Har bir shaxs qat’iy belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashi shart


  302. Soliqqa tortishning to`g`rilik prinsipi berilgan qatorni toping. soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar aniq boʻlishi kerak


  303. Soliqqa tortishning adolatlilik prinsipi berilgan qatorni toping. Soliq solish umumiydir


  304. Soliq tizimining bir xillik prinsipi berilgan qatorni toping. Soliq tizimi O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha soliq to‘lovchilar uchun bir xil


  305. Soliq qonunchiligining shaffofligi prinsipini ifodalovchi qatorni toping. soliq masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e'lon qilinishi shart


  306. Soliq to'lovchining huquq prezumptsiyasi tamoyilini beradigan qatorni toping. Soliq qonunchiligidagi barcha tuzatib bo‘lmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to‘lovchi foydasiga izohlanadi.


  307. O‘zbekistonda 2020-yilda 13 tadan necha turdagi soliqlar kamaytirildi? 9 ta



Yüklə 29,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin