Byudjet daromadlarini shakllantirish va undan samarali foydalanish mexanizmini takomillashtirish masalalari Tursunmurodova Sh – tmi magistranti



Yüklə 315,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix12.10.2023
ölçüsü315,06 Kb.
#154140
  1   2   3
byudjet daromadlarini shakllantirish va undan samarali foydalanish



Byudjet daromadlarini shakllantirish va undan samarali foydalanish 
mexanizmini takomillashtirish masalalari 
Tursunmurodova Sh – TMI magistranti 
Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini o’z vaqtida va to’liq ijobiy hal 
etish ma’lum moliyaviy asosni talab etadi. Aynan moliyaviy asosning markaziy 
bo’g’inini davlat byudjeti tashkil etadi. Davlat moliyasini sog’lomlashtirish, davlat 
byudjeti daromadlarining barqarorligi, ularni shakllantirish manbalari mukammal 
nisbati va butligini ta’minlash O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan 
byudjet tizimidagi islohotlarning hozirgi bosqichida yanada muhim ahamiyat kasb 
etmoqda. 
Davlat byudjeti tizimidagi moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil etish 
pirovardida byudjet ijrosini ijobiy natijaga erishishida muhim omil bo’lib hizmat 
qiladi. Davlat byudjetining to’g’ri va oqilona tashkil etilishi, nafaqat, mamlakat 
makroiqtisodiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi, balki xo’jalik 
sub’ektlarining iqtisodiy faoliyatiga har tomonlama ta’sir etish orqali 
mamlakatning iqtisodiy yuksalishiga olib keladi. Bu holat, o’z navbatida mamlakat 
moliya tizimi barqarorligida muhim o’rin tutadi. Shu boisdan, davlat byudjeti 
daromadlarini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish va byudjet daromadlari 
barqarorligini ta’minlash dolzarb masalalardan biridir. Bu borada O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev quyidagilarni ta’kidlab o’tdilar: 
“Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o’sishning 
yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada 
mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo’lishini 
ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir”. 
1
Davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash hozirgi davrning dolzarb 
masalalaridan biri ekanligi yuqorida keltirilgan fikrlardan ko’rinib turibdi. 
Ushbu maqsadga erishish uchun byudjet daromadlarini oshirishning asosiy 
yo’nalishlarini aniqlash hamda byudjet-soliq siyosati yaxlitligini ta’minlash 
muhim vazifa hisoblanadi. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti mablag’larini 
shakllantirish va undan maksimal darajada samarali foydalanishga erishish davlat 
moliyasini boshqarish tizimining asosiy vazifalari biri hisoblanadi. Ma’lumki, 
o’tgan davr ichidagi barqaror byudjet tizimini to’liq shakllantirish sohasidagi 
barcha ishlarimiz va tajribalarimiz bu sohadagi jahon tajribasi bilan uyg’unlashdi, 
bu esa O’zbekiston Respublikasining «Byudjet Kodeksida» o’zining huquqiy 
aksini topdi.
 
1
Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining 
kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Toshkent: “O’zbekiston”, 2017. 8-bet
.


2013 yil 26 dekabrda O’zbekiston Respublikasining «Byudjet Kodeksi»gi 
qabul qilinishi O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimi tuzilishi hamda uni 
boshqarish asoslarini hamda davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish 
va ijro etish tartibini va Davlat byudjetining daromadlarini shakllantirish hamda uning 
xarajatlarini amalga oshirish printsiplarini yanada takomillashtirishga zamin yaratdi. 
Shuningdek, mazkur Kodeks davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar 
o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni hamda davlat byudjeti mablag’lari bilan 
operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida hisobga olish, hisobot va nazorat qilish 
tartibini belgilaydi.
Mamlakatimizda 
2017-2021 
yillarda 
O’zbekiston 
Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ham 
xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining 
barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad 
qismini 
mustahkamlashga 
qaratilgan 
byudjetlararo 
munosabatlarni 
takomillashtirish masalasi ustvor yo’nalish sifatida belgilangan.
2
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda moliya tizimini 
samarali tashkil etishga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur 
islohotlar doirasida 2017-2018 yillarga mo’ljallangan strategiya qabul qilingan
bo’lib uni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan davlat dasturi tayyorlangan.
Moliya tizimining muhim bo’g’ini hisoblangan byudjet tizimini isloh 
qilishda quyidagi yo’nalishlarni ko’rishimiz mumkin: 
- Iqtisodiyotdagi soliq yukini qisqartirish siyosatini amalga oshirish 
jarayonida davlat byudjetning daromadlarini samarali shakllantirish va uning 
manbalari tarkibini optimallashtirish; 
- daromadlarni davlat byudjetning turli bo’g’inlari xarajat majburiyatlariga 
asoslangan holda taqsimlanish mexanizmini samarali shakllantirish, 
- davlat byudjeti xarajatlarini manzilli va maqsadliligini oshirishni ta’minlash. 
Ulardan iloji boricha iqtisod qilingan holda zaruriy ehtiyojlarni moliyalashtirishga 
yo’naltirish hisoblanadi.
- davlat byudjeti ijrosini gaznachilik tizimiga o’tkazish va shu yo’l bilan 
byudjet ijrosining samarali tizimini shakllantirish. 
Ayni paytda byudjet-soliq siyosati ishlab chiqarishni o’stirishga va uning 
samaradorligini oshirishga, soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish maqsadida 
yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarini ko’paytirishga qaratilgan bo’lishi 
lozim. Byudjet-soliq siyosatining xususiyati shundan iboratki, u nafaqat davlatning 
daromadlar bazasini ta’minlash va kelib tushgan pul mablag’larini xarajat qilish
2
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbek iston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha 
harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. 2017 yil 7 fevral.
 


balki jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikni hamda inflyatsiyaning past darajasini, 
aholining optimal bandligini ta’minlashi zarur.
Byudjet-soliq siyosati keng ma’noda makroiqtisodiy barqarorlik va 
mustahkam iqtisodiy o’sish, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarini ta’minlash, 
tashqi iqtisodiy faoliyatni va bosqichma-bosqich valyuta bozorini erkinlashtirish, 
aholining barqaror moddiy farovonligini ta’minlash va aholining ijtimoiy 
himoyasini oshirish kabi umumdavlat makroiqtisodiy vazifalarni ta’minlashga 
yo’naltirilgan. Byudjet-soliq siyosati amaliyotda amalga oshirish nuqtai nazaridan 
birlamchi vazifalar o’rtasida to’g’ri muvofiqlikni aniqlash muhim hisoblanadi. 
Mamlakatimizda soliq siyosatining eng muhim ustuvor yo’nalishlari 
iqtisodiy siyosatning ustuvorligi, milliy boylikni tejash, milliy iqtisodiyotning 
o’sish darajasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg’unlashtirish, ikkiyoqlama 
soliqqa tortishning oldini olishga qaratilgan xalqaro kelishuvlar ijrosini, soliq 
to’lovchilarning ishchanlik kayfiyati, moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojlarini 
ta’minlash, milliy dasturlarni amalga oshirish hamda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning strategik yo’nalishlari va tamoyillariga asoslangan holda olib 
borildi.
2018 yilgi byudjet va soliq siyosatini takomillashtirishning asosiy 
yo’nalishlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan hamda 2017-2021 
yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi 
bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan 
holda shakllantirilgan bo’lib, quyidagilarni nazarda tutdi:
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanat 
va barqaror iqtisodiy o’sishni saqlab qolish;
xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganligini saqlab qolgan holda Davlat 
byudjeti balansliligini ta’minlash;
mahalliy byudjetlarning daromadlar qismini mustahkamlash va kelgusida 
mahalliy byudjetlarni shakllantirish va ijro etishda mahalliy organlarning rolini 
yanada oshirishga yo’naltirilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish va 
boshq.
Mamlakatimiz davlat byudjeti daromadlari tarkibida ham bilvosita soliqlar 
ulushi yuqori ulushi tashkil etadi. Xususan, 2018 yilda jami byudjet daromadlarida 
bilvosita soliqlarning ulushi 52,2 foizni tashkil etgan holda 2013 yilga nisbatan 1,1 
foizli punktga oshgan. 
 
Mazkur tendentsiyaning mavjudligi davlat byudjeti daromadlarini 
shakllantirishning hozirgi holati nuqtai-nazaridan ijobiy hisoblanadi. Buning 
sababi shundaki, qo’shilgan qiymat solig’i va aktsiz solig’i iqtisodiy 
kon’yunkturaning o’zgarishlariga bevosita bog’liq bo’lmagan barqaror daromad 


manbalari hisoblanadi va egri soliqlar bo’yicha tushumlarning asosiy qismini 
tashkil etadi.
 
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliq turlarining roli haqida 
so’z yuritadigan bo’lsak, soliqlarni guruhlari bo’yicha tahlil qilish maqsadga 
muvofiq bo’ladi. Jadval ma’lumotlarini o’rgangan holda bevosita soliqlarning 
davlat byudjeti daromadlari va YaIMdagi ulushi va dinamikasini yanada yaqqolroq 
ko’ramiz.


Yüklə 315,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin