Mazkur kreditorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-shakl) va balans (1-shakl)da aks ettirilgan
180–“Boshqa hisob-kitoblar” subschyotining hisobot davriga mavjud kredit qoldig‘iga mos
bo‘lishi lozim;
“Yuqoridagi aks ettirilganlardan tashqari boshqa hisob-kitoblar bo‘yicha kreditorlik qarzlar”
qatorida yuqorida keltirilmagan boshqa kreditorlik qarzlar aks ettiriladi;
“Hammasi” qatorida tashkilotning barcha mavjud kreditorlik qarzlari aks ettiriladi.
"Jami qarzdorlik" ustuni bo‘yicha tashkilotning byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari
hisobidan hisobot davriga mavjud debitorlik va kreditorlik qarzlarning jami summasi ko‘rsatiladi.
"Byudjet hisobidan" ustuni bo‘yicha "Jami qarzdorlik" ustunida ko‘rsatilgan summaning
byudjet hisobiga vujudga kelgan qismi, "Byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan" ustuni
bo‘yicha esa, tashkilotning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga vujudga kelgan qismi
ko‘rsatiladi.
Agarda, yuzaga kelgan debitorlik qarzni byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga aniq
ajratishning imkoni bo‘lmasa, u holda ushbu debitorlik qarz byudjet hisobidan o‘tkazilgan mablag‘
doirasida byudjet hisobidan ko‘rsatiladi. Debitorlik qarzning qolgan (byudjetdan oshgan) qismi
byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga yoziladi.
Agarda, yuzaga kelgan kreditorlik qarzni byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga
aniq ajratishning imkoni bo‘lmasa, u holda ushbu kreditorlik qarz xarajatlar tasnifining tegishli
moddasini byudjet bo‘yicha qoldiq limit mablag‘i doirasida mazkur xarajatlar tasnifining tegishli
moddasi bo‘yicha byudjet hisobidan ko‘rsatiladi. Kreditorlik qarzning qolgan (byudjet limitidan
oshgan) qismi byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga yoziladi.
"Shundan muddati o‘tgan qarzdorlik - jami" ustunida "Jami qarzdorlik" ustunida ko‘rsatilgan
qarzdorlikdan muddati o‘tkazib yuborilgan, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda
so‘ndirilmagan qarzning umumiy summasi, "Byudjet hisobidan" ustunida byudjet mablag‘lari
hisobiga vujudga kelgan qismi, "Byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan" ustunida esa,
tashkilotning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga vujudga kelgan qismi ko‘rsatiladi.
"Shundan Respublika tashqarisida" ustunida muddati o‘tgan qarzdorlikning O‘zbekiston
Respublikasi hududidan tashqaridagi qismi ko‘rsatiladi.
"Izoh" ustunida qo‘shimcha izohlar keltiriladi.
Zarurat tug‘ilgan taqdirda tashkilotlarga hamda hisobot oluvchilarga (tegishli moliya
organlariga) ushbu hisobot shaklida hisobot oluvchilar tomonidan qarzdorlik bo‘yicha talab
qilingan qo‘shimcha ma’lumotlar olish imkonini beruvchi qo‘shimcha rekvizitlar qo‘shish huquqi
beriladi.
Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi
oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi.
Quyida byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan debitorlik va kreditorlik qarzlar
to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ko‘rsatkichlarini tegishli hisob registrlari va boshqa hujjatlar bilan
o‘zaro muvofiqlik jadvalini keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: