KIRISH
“Byudjet hisobi” fanining asosiy maqsadi – talabalarda moliya organlari,
g‘aznachilik va xududiy bo‘linmalarida Davlat byudjetining
kassa ijrosi hisobi
hamda byudjet tashkilotlarida smetalar ijrosi hisobi bo‘yicha nazariy - amaliy
bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga byudjet hisobi fanining predmeti,
metodi va
uslubiy asoslari, moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida
buxgalteriya hisobini tashkil
etishning uslubiy asoslari, G’azna ijrosi sharoitida
Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari kassa ijrosi hisobi, byudjet ssudalari va
byudjetlar o’rtasida sodir bo’ladigan hisoblashishlar hisobi, byudjet ijrosi natijalari
hisobi va hisobotlari, byudjet tashkilotlarida buxgalteriya
hisobini tashkil etish,
uning nazariy-uslubiy asoslari, byudjet tashkilotlarida byudjet va byudjetdan
tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar
smetalari hamda shtatlar
jadvalini tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi, asosiy vositalar va nomoddiy
aktivlar hisobi,
tovar moddiy zahiralar hisobi, byudjet tashkilotlarida moliyaviy
aktivlar hisobi, turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi, xodimlar va
stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi, byudjet tashkilotlarida moliyaviy
natijalar hisobi, byudjet tashkilotlari moliyaviy hisobotlarining tarkibi va ularni
shakllantirish haqida nazariy-amaliy bilimlarni o‘rgatishdan iborat.
Fannining o`quv uslubiy majmuasining tarkibiy tuzilishi ma`ruza
matnlari,
amaliy mashg`ulot uchun materiallar, mustaqil ta`limni bajarish bo`yicha uslubiy
ko’rsatmalar,
glossariy, fanining o`quv dasturi, fanining ishchi o`quv dasturlari,
talabalar bilimini baholash mezoni, tarqatma
materiallar hamda test kabi
materiallardan iborat.
Dostları ilə paylaş: