1-MAVZU: “BYUDJET HISOBI” FANIGA KIRISH. FANNING MAZMUNI,
PREDMETI VA USULLARI
REJA:
1.Byudjet hisobining predmeti va metodi
2. Byudjet hisobining byudjet ijrosi sohasidagi vazifalari.
3.Byudjet hisobi sub’ektlari va ob’yektlarining iqtisodiy mazmuni.
4.Byudjet hisobining boshqa maxsus fanlar bilan aloqasi.
5.Byudjet hisobini horijiy mamlakatlarda yuritish amaliyoti.
1.Byudjet hisobining predmeti va metodi.
Byudjet hisobining predmeti
bu byudjet ijrosi jarayonida byudjet mablag’lari va ularni
manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir.
Byudjet hisobi
bu byudjet ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi bo’lib, Davlat byudjeti, Davlat
maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalari byudjeti ijrosi jarayonida
hisobga olinadigan
moliyaviy, nomoliyaviy hamda moliyaviy majburiyatlar xolati bo’yicha pul o’lchovida
axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olishning tartiblashtirilgan tizimidir.
Byudjet hisobini yuritishdan maqsad
foydalanuvchilarga byudjet ijrosi jarayoni bo’yicha
to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat.
Byudjet
hisobi
Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari
jamg’armalari byudjeti ijrosi bo’yicha yuritiladi
va byudjetlar ijrosi holati haqida ma’lumotlarni
shakllanishini ta’minlaydi.
Byudjet
hisobining
Dostları ilə paylaş: