b) o‘tkazish sanasiga tushgan daromadlar, ochilgan byudjet mablag‘lari ajratmalari yoki
moliyalashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan summalar va kassa xarajatlari;
v) byudjetning ijro etish jarayonida byudjetlar o‘rtasida yuzaga kelgan hisob-kitoblar
(olingan va berilgan ssudalar va mablag‘lar hamda o‘zaro hisob-kitoblar).
Byudjetlar tasdiqlangandan keyin qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar oqibatida quyi
byudjetlardan yuzaga kelgan qo‘shimcha daromadlarni undirish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro
hisob-kitoblarga o‘tkaziladigan summalarning miqdori, yangi qonunchilikka binoan hisoblab
chiqilgan tegishli daromad manbai bo‘yicha mazkur quyi byudjetga kelib tushgan summa bilan
hisobot yilida shu byudjetga ushbu daromad manbai bo‘yicha kelib tushishi ko‘zda tutilgan
tushumlar summasi o‘rtasidagi farq sifatida belgilanadi.
Byudjet tashkilotlari, korxonalari va xo‘jalik birlashmalarini moliyalashtirishni bir
byudjetdan boshqa byudjetga o‘tkazishda ushbu byudjet tashkilotlari, korxonalari va xo‘jalik
birlashmalari bo‘yicha yil boshidan boshlab amalga oshirilgan xarajatlari byudjetda ko‘zda
tutilgan yillik ajratmalarning summalari to‘liqligicha moliyalashtirish amalga oshiriladigan
byudjetda aks ettirilishi kerak.
Bir byudjetdan ikkinchi byudjetga xarajatlarni o‘tkazganda, yuqori moliya organi quyi
moliya organiga byudjet tashkilotlari, korxonalari va xo‘jalik birlashmalarini bir byudjetdan
moliyalashtirish to‘xtatilganligi va ikkinchi byudjetdan moliyalashtirish boshlanganligi
belgilangan sanani ma’lum qiladi.
Moliyalashtirish bo‘yicha bir byudjetdan ikkinchi byudjetga o‘tkazilgan korxonalar va
tashkilotlar o‘tkazish sanasiga buxgalteriya hisobotini tuzadilar (yillik hisobot shakli hajmida) va
uni oldingi va yangi yuqori organlariga taqdim qiladilar. Keyinchalik hisobot faqat bo‘ysunadigan
yangi yuqori organga taqdim qilinadi.
Xarajatlar o‘tkazilgan byudjetning ijro etilishi bo‘yicha hisobni amalga oshiradigan moliya
organi, ushbu to‘g‘risida ma’lumot olishi bilan o‘tkazilayotgan byudjet tashkilotlari, korxonalari
va xo‘jalik birlashmalari bo‘yicha tegishli byudjet mablag‘larini oluvchidan quyidagilarni talab
qilib olishi kerak:
a) tasdiqlangan smetani;
b) o‘tkazish sanasiga xarajatlar smetasini ijro etilishi bo‘yicha tuzilgan hisobotni.
Xarajatlarni bir byudjetdan ikkinchi byudjetga o‘tkazishda (kapital qo‘yilmalardan tashqari),
o‘zaro hisob-kitoblarga o‘tkazilayotgan byudjet tashkiloti, korxonasi yoki xo‘jalik birlashmasini
moliyalashtirish uchun byudjetda nazarda tutilgan barcha yillik byudjet mablag‘ ajratmalari
o‘tkaziladi.
O‘zaro hisob-kitoblarga quyidagilar ham o‘tkazilishi kerak:
a) respublikaga bo‘ysunishdan mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazilganda - o‘tkazish kunida
respublika byudjeti bo‘yicha tashkilotlar, korxonalar va xo‘jalik birlashmalariga ochilgan
ajratmalar summalari (jumladan ochilgan ajratmalarning ishlatilmagan qoldiqlari);
b) mahalliy bo‘ysunishdan respublika bo‘ysunishiga yoki viloyat, shahar va tuman
chegarasida bir mahalliy bo‘ysunishdan boshqa mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazishda -
moliyalashtirish hisobiga o‘tkazish kunida mahalliy byudjet mablag‘lari depozit hisobvarag‘idan
byudjet tashkilotlari, korxonalari va xo‘jalik birlashmalarining byudjet mablag‘lari bo‘yicha
o‘tkazilgan mablag‘lar summasi.
Dostları ilə paylaş: