Byudjet hisobi


Byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisobotlari axborot imkoniyatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/138
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175620
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138
Byudjet hisobi G\'aniyev 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

12.Byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisobotlari axborot imkoniyatlari 
Ma’lumki, amaldagi qonunchilikka muvofiq byudjet tashkilotlari o‘zlariga yuklatilgan 
vazifalarni bajarishlari uchun byudjet hamda byudjetdan tashqari mablag‘lardan foydalanadilar. 
Mazkur mablag‘larni maqsadli sarflanishini taxlil qilish hamda kelasi moliya yili uchun byudjet 
tashkilotlariga byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetalarini tuzish uchun 
moliyaviy hisobot ma’lumotlari taxliliga asoslaniladi. 
Davlat byudjetining kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan loyihasini tayyorlashda va qabul 
qilishda ham o‘tgan davr uchun byudjet ijrosi hisoboti ma’lumotlariga asoslanshini o‘zi byudjet 
ijrosi hisoboti ma’lumotlarini naqadar ahamiyatli ekanligidan dalolat beradi. 
Shu o‘rinda byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan va taqdim qilinadigan moliyaviy 
hisobotlarni axborot imkoniyatlarini quyidagi jadval orqali keltiramiz. 
Byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan va taqdim qilinadigan moliyaviy 
hisobotlarni axborot imkoniyatlari 
т/р 
Hisobotninig nomi 
Axborot imkoniyatlari 

Balans(1-shakl) 
Byudjet tashkilotining hisobot davriga moliyaviy 
holatini kompleks taxlilini amalga oshirish mumkin. 
Jumladan, nomoliyaviy aktivlarining hisobot yili boshiga va 
hisobot davri oxiriga qoldig‘i, bu esa hisobot davrida byudjet 
tashkilotining nomoliyaviy aktivlarini qancha summada 
ko‘payganligi 
yoki 
kamayganligini 
bildiradi. 
Ularning (asosiy vositalarning) eskirishi va qoldiq qiymati 
(mos ravishda hisobot davrining boshiga va oxiriga) 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 
Moliyaviy aktivlarining har bir turi bo‘yicha hisobot 
davri boshiga va oxiriga qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 
Debitorlik va kreditorlik qarzlarning hisobot davri boshiga 
va oxiriga bo‘lgan qoldiq summasi, bu esa byudjet tashkiloti 
tomonidan debitorlik va kreditorlik qarzlarni kamaytirish 
bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlarni taxlil qilishda yordam 
beradi. 
Byudjet tashkilotining joriy yilga va o‘sib oruvchi 
yakun bilan moliyaviy natijalarini xolati, bu esa, byudjet 
tashkilotini xar bir daromadlar (tushumlar) turi bo‘yicha 
moliyaviy holatini taxlil qilish imkonini yaratadi. 
Bundan tashqari, byudjet tashkilotining balansdan tashqari 
schyotlarida aks ettirilgan mol-mulklari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar aks ettiriladi. 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin