08.09.2023-yil Mavzu: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’limiy imkoniyatlari bilan tanishish Ishdan maqsad: axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’limiy imkoniyatlari bilan tanishish va ularning qo’llanilish sohalarini o’rganish.
Nazariy ma’lumot Tizimli dasturning muhim sinflaridan biri ya’ni, xizmat ko’rsatuvchi dasturlar ya’ni, utilitlar deb ataladi. Utilitlar lotincha “utilitas”- “foydali” degan ma’noni bildiradi. Demak bu dasturlar operatsion sistemaning imkoniyatlarini to’ldiradi, kengaytiradi. Yoki mustaqil, muhim masalalarni yechishga qaratilgandir. Ular jumlasiga:
Nazorat dasturlari(testlash va tashhislash dasturlari)
Kiritish va chiqarish qurilmalari, operativ xotirani boshqarish bo’yicha operatsion tizimning imkoniyatlarini kengaytiradi. Drayver dasturlari yordamida kompyuterga yangi qurilmalarni ulash va ulardan foydalanish yoki mavjudlaridan nostandart foydalanish mumkindir.
Upakovka dasturlari(arxivatorlar)
Bu dasturlar disklarga axborotlarni siqish yordamida yozish va bir qancha fayl nusxasini bitta arxiv faylga birlashtirish imkonini beradi.
Antivirus dasturlari
Antivirus dasturlari kompyuterga virus yuqishining oldini olish maqsadida yoki yuqilgan virus alomatlarini bartaraf etish uchun xizmat qiladi.
Optimizatsiya va disk muhitini nazorat qilish dasturlari.
Axborotlarni tiklash, formatlash va himoya etish dasturlari.