Byudjet hisobi


Boshqa pul mablag‘lari 13 “Boshqa pul mablag‘lari” schyotida quyidagi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/138
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175620
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   138
Byudjet hisobi G\'aniyev 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Boshqa pul mablag‘lari 13 “Boshqa pul mablag‘lari” schyotida quyidagi 
subschyotlarda yuritiladi. 
130 “Akkreditivlar”; 
131 “Yo‘ldagi pul mablag‘lari”; 
132 “Pul ekvivalentlari”. 


130 “Akkreditivlar”
subschyotida moddiy qimmatliklar yetkazib berganliklari, 
shuningdek ishlar, xizmatlar bajarilganligi uchun boshqa shaharlardagi mol yetkazib beruvchilar 
va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro tuzilgan shartnomalar asosida qo‘yilgan akkreditivlar summasi 
hisobga olinadi. Bu subschyotning debet tomonida akkreditiv qilingan mablag‘lar summasi , kredit 
tomonida akkreditiv qilingan mablag‘ni hisobdan chiqarilishi yoki qaytarilishi aks ettiriladi. 
Akkreditivlar byudjet mablag‘lari hisobidan ham, byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 
ham 
qo‘yilishi 
mumkin.
130 “Akkreditivlar” subschyoti bo‘yicha analitik hisob qo‘yilgan har bir akkreditiv bo‘yicha 292-
son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da yuritiladi. 
131 “Yo‘ldagi pul mablag‘lari”
subschyotida saqlash joyidan chiqib ketgan, ammo 
mo‘ljallangan joyiga yetib bormagan pul mablag‘lari (inkassatorga berilgan tashkilotlarning naqd 
pul mablag‘lari, pul o‘tkazmalari va boshqalar) hisobga olinadi. 
Ushbu subschyot tranzit subschyot hisoblanadi va pul mablag‘larining harakati ustidan 
uzluksiz nazoratni o‘rnatish uchun bog‘lovchi vazifasini bajaradi. 
Yo‘ldagi pul mablag‘larining analitik hisobi ularning turlari bo‘yicha yuritiladi. 
132 “Pul ekvivalentlari” 
subschyotida dam olish uylari, sanatoriylar, turistik bazalar uchun 
berilgan puli to‘langan yo‘llanmalar, pochta orqali jo‘natilgan pullar uchun xabarnomalar, pochta 
markalari, mehnat daftarchalari blankalari hamda ularga ilova qilingan varaqlar va boshqalar 
hisobga olinadi. 
Bunday hujjatlarni kassaga qabul qilish va kassadan berish kassa orderlari bilan 
rasmiylashtiriladi. Bu operatsiyalarning hisobi pul mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalardan alohida 
holda yuritiladi.Bu schyotni debet tomonida pul ekvivalentlari tushumi, kredit tomonida hisobdan 
chiqarilishi aks ettiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin