1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SH.V.G’ANIYEV, R.A. MANNAPOVA
“BYUDJET HISOBI”
FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARINI
BAJARISH BO’YICHA
USLUBIY QO’LLANMA
(sirtqi bo’lim)
Bilim sohasi:
200000
– Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
Ta’lim sohasi:
110000 – Pedagogika
230000 – Iqtisod
Ta’lim yo’nalishi:
5230600 – Moliya
5230900– Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar
bo’yicha)
TOSHKENT - 2019
3
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy
va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo’yicha
mustaqil faoliyat
ko’rsata
oladigan, o’z bilimi va malakasini mustaqil
ravishda oshirib boradigan,
masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to’g’ri aniqlab,
taxlil
qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassisllarni
tayyorlash asosiy
vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar
bilan kengayib
borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg’ulotlari
paytida talabalarga etkazish qiyin.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug’ullansa va o’z
ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o’zlashtirishi mumkin. Talabalarning
asosiy bilim, ko’nikma va malakalari mustaqil ta’lim
jarayonidagina shakllanadi,
mustaqil faoliyat ko’rsatish qobiliyati rivojlanadi
va ularda ijodiy ishlashga
qiziqish paydo bo’ladi.
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil
qilish va buning uchun barcha zaruriy
shart-sharoitlarni yaratish, dars
mashg’ulotlarida talabalarni o’qitish bilan bir qatorda ularni ko’proq o’qishga
o’rgatish, bilim olish yo’llarini ko’rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo’llanma
berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.