Qayta chaqirib olinmaydigan prefaksiyalar ularni muomalaga chiqargan korporatsiya faoliyat yuritayotgan muddatgacha soʻndiril-maydi. Shu bilan, qayta chaqirib olinmaydigan prefaksiyalar oʻz navbatida shakllangan kapital tarkibini belgilangan bir muddatga muzlatib qoʻyadi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyador-larning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan aksiyalar egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar boʻlib, ular turiga koʻra oddiy va imtiyozli boʻlishi mumkin.
Imtiyozli aksiyalar oʻz egalariga jamiyat foyda koʻrish-koʻrmas-ligidan qatʻiy nazar muayyan dividendlar olish huquqini beradi. Mam-lakatimiz qonunchiligiga koʻra aksiyadorlik jamiyatining imtiyozli aksiyalari boʻyicha dividendlarni qimmatli qogʻozlar bilan toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar oldindan belgilab qoʻyil-maydi. Ularning miqdori jamiyat tomonidan olinadigan foydaga bogʻliq va aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilanadi.
Aksiyalar obligatsiyalarga qaraganda yuqori riskli qimmatli qogʻozlar hisoblanadi. Dividendlardan va aksiyalar bahosi oʻsishi hisobiga shakllanadigan yuqori foyda olish imkoniyati investorlarni jalb qilishga xizmat qiladi. Aksiyalarning yuqori daromadliligi odatda qarz majburiyatlari bilan taqqoslaganda inflyatsiyadan yaxshigina himoyani taʻminlaydi.