aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.
3. Byudjet tashkilotlarida yuritiladigan hisob hujjatlari hamda registrlari shakllari.
3. Byudjet tashkilotlarida yuritiladigan hisob hujjatlari hamda registrlari shakllari.
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi memorial order shaklida olib boriladi. Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi bo‘yicha tartiblashtirilib,
quyidagi doimiy raqamli memorial order — jamlanma qaydnomalar bilan rasmiylashtiriladi: 1-memorial order – kassa operatsiyalari bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 381-son shakl; 2-memorial order – byudjet mablag‘larining harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381- on shakl;
3-memorial order – byudjetdan tashqari mablag‘lar harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son shakl;
5- memorial order – ish haqi va stipendiyalar bo‘yicha hisob-kitob varaqalari yig‘indisi, 05-son shakl;
6- memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob- kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 408-son shakl;
8- memorial order – hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 386-son shakl;
9- memorial order – asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga ko‘chirilishi bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl;
11- memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir jamlanma qaydnoma, 398- son shakl;
12- memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 411-son shakl;
13- memorial order – materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396-son shakl;
15-memorial order – ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha qaydnoma, 406-son shakl.