Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobini tashkil qilishning maqsadi, vazifalari hamda xususiyatlari


Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobining tashkiliy jihatlari va bosh hisobchisining majburiyatlari, huquqlari va javobgarligi



Yüklə 355,62 Kb.
səhifə6/7
tarix05.08.2023
ölçüsü355,62 Kb.
#138750
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobining tashkiliy-uslu-azkurs.org

Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobining tashkiliy jihatlari va bosh hisobchisining majburiyatlari, huquqlari va javobgarligi.


    • Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobining tashkiliy jihatlari va bosh hisobchisining majburiyatlari, huquqlari va javobgarligi.

  • O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuniga hamda Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro‘yxatga olingan) muvofiq byudjet tashkilotining bosh hisobchisi,

  • hisobchilari mazkur tashkilot rahbari tomonidan qonunchilikka muvofiq lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

  • Agarda tegishli qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tashkilotlarning bosh hisobchilari o‘zlarining tizimidagi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini yuritilishini va moliyaviy hisobotlarni to‘g‘ri tuzilishini muntazam nazorat qilib turishlari lozim.

  • Bosh hisobchi boshchilik qiladigan tashkilotning buxgalteriyasi mustaqil tarkibiy bo‘linma hisoblanadi.

  • Tashkilot bosh hisobchisi bevosita mazkur tashkilot rahbariga bo‘ysunadi. Buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish masalalari bo‘yicha esa, tashkilotning rahbaridan tashqari yuqori tashkilot bosh hisobchisiga ham bo‘ysunadi hamda tashkilotda buxgalteriya hisobini yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishiga hamda yuqoridagi Yo‘riqnoma, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarilishiga javobgar bo‘ladi.

  • Bosh hisobchi buxgalteriya xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim uchun alohida belgilaydi. Buxgalteriyada xizmat vazifalari funksional belgilarga qarab taqsimlanadi, ya’ni xodimlarning har bir guruhiga yoki alohida bir xodimga ishning hajmiga qarab, ma’lum bir soha biriktiriladi.

Bosh hisobchining pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, saqlash va sarflash bo‘yicha qonunchilikka zid bo‘lgan operatsiyalar bilan bog‘liq hujjatlarni ijroga qabul qilishi hamda rasmiylashtirishi taqiqlanadi.


  • Bosh hisobchining pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, saqlash va sarflash bo‘yicha qonunchilikka zid bo‘lgan operatsiyalar bilan bog‘liq hujjatlarni ijroga qabul qilishi hamda rasmiylashtirishi taqiqlanadi.

  • Agarda, tashkilot rahbari tomonidan bosh hisobchiga ijro etishi uchun berilgan farmoyish (buyruq) yuzasidan bosh hisobchi va tashkilot rahbari o‘rtasida ushbu farmoyishni (buyruqni) buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishning belgilangan tartibiga yoki qonunchilikka muvofiqligi borasida ziddiyat (kelishmovchilik) yuzaga kelsa, bosh hisobchi ushbu farmoyish (buyruq)ni ijro etmay turib, zudlik bilan tashkilot rahbariga mazkur holat yuzasidan asoslangan yozma axborot beradi. Bosh hisobchi tomonidan yozma ravishda axborot berilishiga qaramasdan tashkilot rahbari qayta yozma farmoyish (buyruq) bergan hollarda, bosh hisobchi ushbu farmoyish (buyruq)ni bajaradi. Bunda ushbu harakatni sodir bo‘lganligi uchun javobgarlik to‘liq tashkilot rahbariga yuklatiladi.

  • Shundan so‘ng, tashkilot rahbari o‘zi qabul qilgan qaror to‘g‘risida yozma ravishda uch kunlik muddat ichida yuqori tashkilotga yoki tegishli moliya organiga habar berishi shart. Shunday xabarni olgan yuqori tashkilot yoki tegishli moliya organi belgilangan tartibda uni ko‘rib chiqadi va tegishli chora-tadbirlarni ko‘radi.

  • Bosh hisobchiga uning hisob va hisobot bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan topshiriqlarni berish mumkin emas. Shuningdek, bosh hisobchiga pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklar uchun bevosita moddiy javobgarlik bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni yuklash mumkin emas. Unga banklar va boshqa tashkilotlardan bevosita pul mablag‘larini olish taqiqlanadi.

Yüklə 355,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin