Byudjet tashkilotlarida smetalar hamda shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi


hisob-kitoblar va asoslantirishlar bilan tasdiqlanmagan summalarni xarajatlar smetalarida qabul qilishga yo‘l qo‘ymaslik



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə6/6
tarix20.11.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#164841
1   2   3   4   5   6
Byudjet tashkilotlarida smetalar hamda shtatlar jadvalini tuzish (1)

hisob-kitoblar va asoslantirishlar bilan tasdiqlanmagan summalarni xarajatlar smetalarida qabul qilishga yo‘l qo‘ymaslik.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti tasdiqlangandan so‘ng unga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘limlari o‘z tasarruflarida bo‘lgan tashkilotlar xarajatlar smetalariga kerakli tuzatishlar kiritadilar. Shundan keyin O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘limlari ular tomonidan ilgari belgilangan tashkilotlar smetalari bo‘yicha yillik mablag‘lar miqdorlarini budjet bo‘yicha barcha smetalar xarajatlari umumiy summalariga mos keladigan qilib aniqlik kiritadilar. Bunda, tegishli tuzatishlar o‘zlarida qoladigan nusxalarga kiritiladi. Shundan keyin O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘limlari belgilangan yillik budjetning choraklar (oylar) bo‘yicha taqsimotiga amal qilgan holda, hajmlari budjet bilan har bir chorakka (oyga) alohida belgilangan xarajatlarning umumiy summasi, shuningdek ish haqi, ish beruvchilarning ajratmalari, kapital qo‘yilmalar va boshqa turdagi xarajatlar summasi budjetning tasdiqlangan choraklar (oylar) bo‘yicha taqsimotiga to‘g‘ri kelishini hisobga olgan holda tashkilotlarning xarajatlar smetasi bo‘yicha qabul qilingan yillik xarajatlar summasini choraklar (oylar) bo‘yicha bo‘lishlari kerak.
Xarajatlar smetasini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining yoki tegishli viloyatlar, shaharlar, tumanlar Xalq deputatlari kengashlari sessiyalarining budjet haqidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab ikki hafta muddat ichida (agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa) va tegishli budjetlarda turuvchi tashkilotlar uchun xarajatlar tasnifi moddalari bo‘yicha bo‘lingan holda amalga oshiriladi hamda smetalarni tasdiqlagan tashkilot rahbari (yoki rahbar o‘rinbosari) imzosi bilan, tasdiqlangan kuni ko‘rsatilgan holda, shuningdek ushbu tashkilotning muhri smetaning barcha nusxalariga bosilib, bir paytning o‘zida xarajatlar smetasi bo‘yicha umumiy summasini yuqori o‘ng burchagida shtatdagi xodimlarning mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining umumiy summasini ajratib ko‘rsatgan holda rasmiylashtiriladi.
Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin