O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
O.M. MIRTAZAEV
EPIDEMIOLOGIYADAN
AMALIY MASHG’ULOTLAR UCHUN
QO’LLANMA
TIBBIYOT INSTITUTLARINING
TALABALARI UCHUN
Toshkent – 2009
2
Ushbu qo’llanma Toshkent Tibbiyot Akademiyasining «Epidemiologiya»
kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor O.M.MIRTAZAEV tahriri
ostida tayyorlangan.
Taqrizchilar:
Tibbiyot fanlari doktori, professor M.M.HAKIMOV
Tibbiyot fanlari doktori, professor A.S.NE’MATOV
3
Ushbu amaliy mashg’ulotlar uchun qo’llanma epidemiologiyadan o’zbek
tilida yozilgan birinchi qo’llanmadir. Kitobda keltirilgan materiallar
epidemiologiya fanining zamonaviy yutuqlari haqidagi ma’lumotlarga asoslanib
qiziqarli qilib berilgan. Qo’llanmada umumiy va xususiy epidemiologiyaga
bag’ishlangan ikkita bo’lim mavjud. Umumiy epidemiologiya bo’limida
epidemiologiya fani, epidemik jarayon, epidemiologik tekshiruv usullari, infeksiya
manbai, yuqish yo’llari va yuqtirish omillari, yuqumli kasalliklarga qarshi kurash
chora-tadbirlari batafsil bayon qilingan. Shuningdek, ushbu bo’limda dezinfeksiya,
dezinseksiya, deratizatsiya va sterilizatsiya hamda yuqumli kasalliklarning maxsus
profilaktikasi mavzulariga alohida e’tibor berilgan.
Xususiy epidemiologiya bo’limida esa oshqozon-ichak, havo-tomchi, qon va
tashqi qoplamalar infeksiyalarining har birining epidemiologiyasi va profilaktikasi
batafsil yoritilgan.
Amaliy mashg’ulotlar uchun qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni
saqlash, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari 2006 yilda tasdiqlagan, tibbiyot
institutlari talabalarini epidemiologiyadan o’qitish o’quv dasturiga mos holda
yozilgan.
Tuzuvchi mualliflar: t.f.d., prof. Mirtazaev O.M. (umumiy epidemiologiya),
t.f.d., dotsent Umirov S.E. (14,15,17 mavzular), t.f.n., dotsent Yldashev A.V. (22
mavzu) katta o’qiituvchi Sattarova N.A. (11,12,13-mavzular), katta o’qituvchi
Toshboev B.Yu., (18,24-mavzular), assistent Mirzaboev D.S. (16, 19-mavzular),
assistent Saidkasimova N.S. (23-mavzu) assistent Martinenko N. (20-mavzu)
assistent Mustanov A.Yu. (21-mavzu), assistent Rasulov Sh.M. (25-mavzu).
4
SO’Z BOSHI
Tibbiyot institutlari o’quv rejasida epidemiologiya fani asosiy fanlar
orasidan o’rin olgan. Shu bois ushbu fanni bo’lg’usi oliy malakali vrachlarga
o’qitish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda va aholi orasida ularni kamaytirishda
epidemiologaya fanining va ushbu sohadagi vrachlarning erishgan yutuqlari
ko’pchilikka ma’lum. Ammo hozirgi kunda, ya’ni insoniyat XXI asrga qadam
qo’yayotgan bir davrda ham aholi orasida ba’zi bir yuqumli kasalliklar ko’plab
qayd qilinmoqda, ba’zilari esa batamom tugatilgan emas.
Yuqumli kasalliklarni aholi orasida batamom tugatish yoki yanada
kamaytirish sanitariya - epidemiologiya sohasida xizmat qilayotgan vrachlarning
bilim saviyasiga va ularning ish faoliyatiga bevosita bog’lik. Bu esa o’z navbatida
bo’lg’usi vrachlarning epidemiologiya fanini chuqur bilishlarini, ushbu fanga oid
nazariy bilimlarni amaliyotga to’liq tadbiq qilishlarini taqozo qiladi.
Amaliy mashg’ulotlar uchun qo’llanmada har bir mavzuning maqsadi,
mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt, mashg’ulotni o’tkazish rejasi, muhokama
qilinadigan savollar, talaba bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar, talaba
bajaradigan mustaqil ish hamda talabalarning mustaqil o’qishlari uchun ushbu
mavzuga taalluqli zamonaviy adabiyotlar materiallari tartib bilan batafsil bayon
etilgan.
Toshkent Tibbiyot akademiyasi Epidemiologiya kafedrasi xodimlari 50
yildan ortiqroq muddat mobaynida epidemiologiya fanini o’qitib kelmoqdalar.
Mana shu o’tgan davrda doimo, uzluksiz ravishda, ushbu fanni talabalarga
o’qitishning yangi-yangi, mukammallashgan usullari ishlab chiqilib o’quv
jarayoniga tadbiq qilingan.
Ushbu qo’llanmani yozishda kafedra xodimlarining ko’p yillik pedagoglik
mahorati natijalari ham hisobga olindi. Undan tashqari respublikamizda sog’liqni
saqlash tizimini isloh qilish jarayonida tayyorlanayotgan umumiy amaliyot
vrachlari tayyorlash dasturi ham inobatga olindi.
Ushbu qo’llanma tibbiyot institutlarida epidemiologiya fanini o’qitishda va
o’quv jarayonini takomillashtirishda pedagoglarga hamda talabalarga katta yordam
beradi deb ishonch bildiramiz. Qo’llanma o’zbek tilida tayyorlanayotgan birinchi
kitob bo’lganligi tufayli, ba’zi bir xato va kamchiliklardan xoli bo’lmasligi
mumkin. Kitobxonlarning tanqidiy mulohazalari va maslahatlari uchun oldindan
bo’lsada o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Professor O. M. Mirtazaev
5
Dostları ilə paylaş: |