Byudjet tushunchasi haqida Byudjet hisobining ijrosi. Ijro sohasining maqsad va vazifalari



Yüklə 42,76 Kb.
səhifə1/4
tarix27.12.2023
ölçüsü42,76 Kb.
#199819
  1   2   3   4
Byudjet hisobining ijrosi sohasidagi maqsadi va vazifalari


MAVZU: Byudjet hisobining ijrosi sohasidagi maqsadi va vazifalari
REJA:

  1. Byudjet tushunchasi haqida

  2. Byudjet hisobining ijrosi.

  3. Ijro sohasining maqsad va vazifalari.

Byudjet hisobi va nazorati -byudjet tizimi byudjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni o‗zgartiruvchi operatsiyalarning holati to‗g‗risidagi axborotni to‗plash, ro‗yxatdan o‗tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidir.
―Byudjet hisobi va nazorati‖ fanini o‘qitishning maqsadi - talabalarga byudjet tizimi byudjetlarida hisobni tashkil etish haqida nazariy bilimlar berish, ularda mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning bugungi bosqichida O‘zbekiston Respublikasida byudjet sohasidagi siyosatining asosiy yo‘nalishlari va ularni hayotga tadbiq etish yo‘llari hamda byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha nazoratni tashkil etish borasida asosiy ko‘nikmalarni hosil qilishdan iborat.
Byudjet hisobi va nazoratini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga byudjet ijrosi jarayoni bo‗yicha to‗liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat.
Byudjet ijrosi jarayonida nazoratning maqsadi – Byudjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirishni xaqqoniyligini aniqlash va tahliliy axborotlarni shakllantirishdan iborat bo‗lib quyidagi vazfilarni o‗z ichiga oladi:
1. Byudjet daromadlari va xarajatlarining rejalashtirilishi hamda uning ma‘lumotlari haqqoniyligini aniqlash;
2. Byudjet ijrosi jarayonida muomalalarni to‗liq va to‗g‗ri hujjatlashtirilishini aniqlash;
3. Davlat maqsadli jamg‗armalari byudjeti daromadlari va harajtlarini rejalashtirish hamda ushbu ma‘lumotlarning haqqoniyligini aniqlash
4. Byudjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisob hisobvaraqlarini yuritilish holati va haraktini to‗g‗riligini aniqlash;
5. Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirilishi va natijalarni shakllantirilishi to‗g‗riligini tekshirish;
6. Mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi to‗liq hamda aniq ma‘lumotlarni shakllantirilishini tekshirish;
7. Byudjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma‘lumotlarini to‗g‗ri umumlashtirilishi va hisobtlarni haqqoniyligini tekshirish;
8. Tekshiruv natijalarini umumlashtirish.

Yüklə 42,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin